Mandell Flemingning ochiq iqtisodiyot modeli
Ichki muvozanat - inflyatsiya jarayonlari mavjud bo’lmagan ( yoki uning barqaror past darajasidagi) to’liq bandlik sharoitida talab va taklifning balanslashganligidir. Qisqa muddatli davrda ichki muvozanat muammosi, birinchi navbatda, byudjet-soliq va pul-kredit siyosati vositasida yalpi talabni tartibga solish orqali ta’minlanadi.
Tashqi muvozanat qayd qilingan, yoki suzib yuruvchi valyuta kursi sharoitida to’lov balansining nolga teng qoldig’ini ta’minlab turilishni anglatadi. Alohida holatlarda bu muammo ikki o’zaro mustaqil qismga bo’linadi:
a) joriy operatsiyalar balansining belgilangan holatini ta’minlab turish;
b) valyuta zahiralarining aniq belgilangan miqdorini saqlab turish.
Tashqi va ichki muvozanatni ta’minlab turish usullari bir xil: byudjet-soliq va pul-kredit siyosati. Ayrim hollarda mustaqil usul sifatida almashinuv kursi siyosati ham ajratib ko’rsatiladi.Tashqi muvozanatni ta’minlash kapital harakatining mobilligi ( mamlakatlararo kapital quyilishi jarayonining ichki foiz stavkasining jahon foiz stavkasiga nisbatan o’zgarishiga javoban keskinlashuvi) sababli murakkablashadi. Ichki va tashqi muvozanatni ta’minlash muammosi tovar, pul va valyuta bozorlarining amal qilishiga ta’luqlidir.Ichki va tashqi muvozanatni ta’minlash makroiqtisodiy tartibga solishning muhim muammosi sifatida yuzaga chiqadi, chunki u ichki va tashqi o’zgaruvchilarning bir-biriga o’zaro ta’sirini va qayta ta’sirini ko’zda tutishni talab etadi.
Ochiq iqtisodiyotda iqtisodiy siyosat tahlili Mandell-Fleming modeliga asoslangan holda amalga oshiriladi. Bu model qisqa muddatda iqtisodiyotni muvozanatlashtirishni ifodalaydi va kichik ochiq iqtisodiyot uchun IS-LM modelining modifikatsiya qilingan shakli hisoblanadi. Ikkala model ham baholarning o’zgarmasligini nazarda tutadi va yalpi talab hajmining o’zgarishi sabablarini tushuntiradi. Ular o’rtasidagi asosiy farq shundaki, IS-LM modeliyopiq iqtisodiyot modeli, Mandell-Fleming modeli esa ochiq iqtisodiyot modeli ekanligidadir.
Ichki va tashqi muvozanat muammosi, ko’pincha, IS-LM modelining modifikatsiya qilingan shakli vositasida, unga uchinchi- VV egri chizig’i qo’shilib tahlil qilinadi. VV egri chizig’i to’lov balansining muvozanatli darajasini tasvirlaydi. Model ham qayd qilingan, ham erkin suzib yuruvchi valyuta kursi rejimlari uchun va kapital mobilligining turli darajalariga moslab tuziladi.Bu bobda biz Mandell-Fleming modelini quramiz va keyingi paragraflarda turli xil siyosatlarning ta’sirlarini o’rganish uchun bu modeldan foydalanamiz. Ko’rib turganingizdek, Mandell-Fleming modeli biz oldingi boblarda foydalangan komponentlardan qurilgan. Asosiy taxmin: mukammal kapital oqimga ega bo’lgan kichik ochiq iqtisodiyotMukammal kapital oqimga ega bo’lgan kichik ochiq iqtisodiyot haqidagi farazlardan boshlaymiz. bu faraz shundan iboratki mamlaktdagi foiz stavkasi r, jahon foiz stavkasi r* bilan belgilanadi. Matematik jihatdan, buni quyidagicha yozishimiz mumkin :
r = r*.
Bu jahon foiz stavkasi egzogen o’zgaruvchidir, chunki biz ko’rayotgan mamlakat dunyo iqtisodiyoti bilan shunchalik kichikki, u dunyo moliyaviy bozoridan qarz olishi yoki qarz berishi jahon foiz stavkasiga hech qanday ta’sir qilmaydi.Mukammal kapital oqimi to'g'risidagi fikrlar oddiy tenglama bilan ifodalansada, bu tenglama ko’rsatadigan takomillashgan jarayonning ko’rinishini yo’qotmaslik muhim hisoblanadi. Faraz qiling, birorta vaziyat sodir bo’ldi buning natijasida jahon foiz stavkasi ko’tariladi. Kichik ochiq iqtisodiyotda, mamlakatdagi foiz stavkalari qisqa muddatga biroz ko’tarilishi mumkin ammo bu vaziyat sodir bo’lishi bilan xorijliklar bu mamlakatga qarz berishni boshlashadi (misol uchun shu mamlaktning obligatsiyalarini sotib olish bilan). Kapitalni kirib kelishi mamlakat ichidagi foiz stavkasini r* ga tomon pasaytiradi. Xuddi shuningdek, agar har qanday hodisa mamlakat foiz stavkasini pasaytirishni boshlasa, kapital yuqoriroq foiz topish maqsadida chetga oqib chiqib ketardi va bu Kapital oqimi ichki foiz stavkasini yana r* gacha qaytaradi. Bundan keyin r = r* tenglama kapitalning xalqaro oqimi ichki foiz stavkasini jahon foiz stavkasi bilan teng saqlab turishga yetadi degan tahminni yuzaga chiqaradi.
Tovarlar bozori va IS egri chizig’i
Mandell-Fleming modeli tovar va xizmatlar bozorini IS-LM modeliga qaraganda ko’proq tasvirlab beradi va sof export uchun yangi termin qo’shadi. Ayniqsa, tovarlar bozori quyidagi tenglama bilan ifodalanadi.
Y=C(Y-T) + I(r) + G + NX(e).
Bu tenglama shuni bildiradiki, jami daromad Y iste’mol C, investitsiya I, davlat xarajatlari G va sof exportning NX yig’indisiga teng. Iste’mol sof daromadga (Y-T) to’g’ri proporsianal, Investitsiya foiz stavkasiga teskari proporsianal. Sof export valyuta kursiga (e) tengkari bog’liq. Oldingiga o’xshab, biz valyuta kursini (e) har bir milliy valyutaga to’g’ri keladigan xorijiy valyutalar miqdori sifatida bilamiz – misol uchun (e) 100 yena bir dollar bo’lishi mumkin). Agar e nominal valyuta kursi bo’lsa, real valyuta kursi eP/P* ga teng, bu yerda P mahalliy narx darajasi va P* xorijiy narx darajasi. Mandell-Fleming modeli mamlakatdagi va jahon narxlari darajasi o’zgarmas degan farazga asoslanadi, shuning uchun real valyuta kursi va nominal valyuta kursi bir biriga to’g’ri proporsional. Bu degani, mahalliy valyutaning qadri oshsa, xorijiy tovarlar mahalliy tovarlarga qaraganda arzonroq bo’ladi va bu eksportni pasayiradi va importni oshiradi. Yuqoridagi tovarlar bozori muvozanatining tovar va xizmatlarga va xarajatlarga ta’sir qiladigan ikkita moliyaviy o’zgaruvchisi (foiz stavkasi va valyuta kursi) mavjud, ammo vaziyatni mukammal kapital oqimi to’g’risidagi tahmindan foydalanib soddalashtirish mumkin. Demak, r = r*. quyidagi tenglama kelib chiqadi
Y = C(Y − T ) + I(r*) + G + NX(e).
Keling IS* tenglamasiga qaraylik. Biz bu tenglamani grafikda tasvirlashimiz mumkin, bunda gorizontal o’qda daromad, vertikal o’qda valyuta kursi berilgan. Bu chiziq 12-1 rasmning (c) panelida ko’rsatilgan. IS* egri chizig’i pastga qaragan chunki yuqoriroq valyuta kursi sof eksportni kamaytiradi, bu esa o’z navbatida jami daromadlarni pasaytiradi. Buning qanday ishlashini ko’rish maqsadida, 14-1 rasmning boshqa panellari sof eksport va keyns xochi bilan birga olib boriladi IS egri chizig’ini keltirib chiqarish uchun. (a) panel, valyuta kursidagi e1 dan e2 ga ko’tarilish sof eksportni NX(e1) dan NX(e2) ga pasaytiradi. (b) panel, sof eksportdagi kamayish rejalashtirilgan xarajatlar grafigini pastga ko’chiradi va bu daromadni Y1 dan Y2 ga kamaytiradi. IS* egri chizig’i valyuta kursi (e) va daromad (Y) o’rtasidagi bog’liqlikni umumiylashtiradi.
Pul bozori va LM*egri chizig’i
Mandell-Fleming modeli IS-LM modelidan tanish bo’lgan pul bozori tenglamasini ko’rsatib beradi.
M/P = L(r, Y).
Bu tenglik real pul taklifi M/P talabga L(r, Y) tengligini ko’rsatadi. Real pulga talab foiz stavkasiga teskari bog’liq va daromadga to’g’ri bog’liq. Pul taklifi M egzogen o’zgaruvchi hisoblanadi va Markaziy bank tomonidan boshqariladi. Mandell-Fleming modeli qisqa muddatli tebranishlarni tahlil qilish uchun yaratilganligi, P narx darajasi tashqi belgilangan deb faraz qilinadi. Yana bir bor, mahalliy foiz stavkasi bilan jahon foiz stavkasiga teng degan farazlarni qqqkeltiraQqqqqqqqqqqqqqqqqqqqqqqqqqmiz. Shuning uchun r = r* ga teng.
M/P = L(r*, Y ).
LM tenglamasini ko’raylik. Biz buni grafikda ifodalashimiz mumkin, 14-2
rasm (b) paneli. LM egri chizig’i vertical chunki valyuta kursi LM tenglamasiga
kirmaydi. Jahon foiz stavkasi berilgan, LM tenglamasi yalpi daromadni belgilaydi.
14-2 rasm LM egri chizig’i qanday qilib jahon foiz stavkasidan kelib chiqqani va
LM egri chizig’i qanday qilib foiz stavksi va daromadni bir biriga bog’lashini
ko’rsatadi.
Qismlarni birlashtirish.Mandell-Fleming modeliga ko’ra, mukammal capital
oqimiga ega kichik ochiq iqtisodiyot ikkita tenglama bilan tasvirlanishi mumkin:
Y = C(Y − T ) + I(r*) + G + NX(e) IS*,
M/P = L(r*, Y ) LM*.
Birinchi tenglama tovarlar bozoridagi muvozanatni ko’rsatadi, ikkinchisi pul
bozoridagi muvozanatni ko’rsatadi.
Egzogen o’zgaruvchilar bular fiscal siyosat G va T, monetar siyisat M,
narx darajasi P, jahon foiz stavkasi r*. Endogen o’zgaruvchilar daromad Y va
valyuta kursi e.
14-3 rasm shu ikkita bog’liqlikni ko’rsatadi. Iqtisodiyot uchun muvozanat
nuqtasi IS chizig’I va LM egri chizig’i kesishgan joydir. Bu kesishgan joy ham
tovarlar bozori ham pul bozoridagi muvozanat ta’minlangandagi daromad
darajasi va valyuta kursini ko’rsatadi. Mandell-Fleming modelidan biz yalpi
daromad Y va valyuta kursining e siyosiy o’zgarishlarga qanday javob berishini
ko’rsatish uchun foydalanamiz.
Rasm
Do'stlaringiz bilan baham: |