14.5-jadval
O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sish omillari va ularning YaIMdagi hissasi86
№
|
Omillar
|
2009-2012
|
2013-2014
|
2015-2017
|
|
|
|
|
|
1.
|
Taklif omillari
|
62
|
55
|
53
|
|
|
|
|
|
2.
|
Talab omillari
|
22
|
25
|
26,5
|
|
|
|
|
|
3.
|
Taqsimot omillari
|
16
|
20
|
20,5
|
|
|
|
|
|
Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, omilli tahlillar shuni ko‘rsatadiki uzoq muddatli iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda uning bilvosita ya’ni talab va taqsimot omillari uning bevosita omillari, ya’ni taklif omillaridan ko‘proq samara berar ekan.
2009 yilda bevosita va bilvosita omillarning ulushi mos ravishda 62 va 38 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2015 yilda ushbu nisbat mos ravishda 53 va 47 foizni tashkil etgan. Bunga o‘z navbatida ichki va tashqi talabni rag‘batlantirish bilan bog‘liq chora tadbirlar sezilarli ta’sir ko‘rsatgan.
Макроэкономика. Теория и российская практика: учебник / Думная Н.Н., Грязнова А.Г. под ред. — Москва
: КноРус, 2016., 187-188 с.с
Hakimov H.A. Iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda talab va taqsimot omillarining ta’sirini oshirish yo‘llari (O‘zbekiston Respublikasi misolida). “Makroiqtisodiyot” mutaxassisligi magistri akademik darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya. T.: TDIU, 2017 y- 40b.
Kelgusi yillarda esa bu nisbat yanada ortishi kutilmoqda, bunga eng avvalo makroiqtisodiy siyosatda yuzaga keladigan o‘zgarishlar ta’sir etishi prognoz qilinmoqda.
14.3. Iqtisodiy o‘sishning E.Domar modeli
Iqtisodiy o‘sish moldellari yalpi ishlab chiqarishning uzoq muddatli
ko‘payishi taklif omillariga tayangan holda tahlil etish imkonini beradi. Boshqa iqtisodiy modellar singari iqtisodiy o‘sish modellari ham
real jarayonlarni abstrakt va soddalashgan ko‘rinishda, shartli tarzda grafiklarda va tenglamalarda aks ettiradi.
Iqtisodiy o‘sishning keynscha va neokllasik modellari mavjud.
Keynscha modellarning mohiyati quyidagicha:
ularning barchasi Keynsning yalpi talb to‘g‘risididagi bosh g‘oyasiga tayanadi. Ya’ni ularni tuzishda mualliflar iqtisodiyotni uzoq muddatli mutanosib rivojlanishining hal qiluvchi sharti yalpi talabni oshirish deb qarashgan;
iqtisodiy o‘sishning asosiy omili investitsiyalar hisoblanadi, boshqa ishlab chiqarish omillari e’tiborga olinmaydi;
Keynscha iqtisodiy o‘sish modelidan soddarog‘i 40-yillarda E. Domar tomonidan taklif etilgan model hisoblanadi.
Keyns o‘z tahlilida investitsiyalarnig yalpi talabga ta’sirini qrgangani o‘oldaa, yalpi taklifga ta’sirini ko‘rib chiqmaydi. Undan farqli tarzda Domar modelida mehnat bozorida ortiqcha taklif mavjud, bu baholarn barqaror xolatida ushlab turadi, nvestitsion lag «0» ga teng, kapital quyilmalarni ng chegaraviy unumdorligi doimiy deb olinadi.
E.Domar investitsiyalarni ham talab ham taklif omili deb qaraydi. Ya’ni investitsiyalar nafaqat multiplikativ ta’sir ko‘rsatib yalpi talabni oshiradi, balki ishlab chiqarish quvvatlarini yuzaga keltirib, ishlab chiqarishni rivojlantiradi, tovarldar taklifini oshiradi . Shunday ekan, yalpi talabning o‘sishi yalpi taklifning o‘sishiga teng bo‘lishi uchun investitsiyalar qanday o‘sishi kerak degan savol paydo bo‘ladi. Bu savolga javob topish uchun Domar uch tenglamani o‘z ichiga olgan tenglamalar sistemasini tuzdi:
taklif tenglamasi;
talab tenglamasi;
talab va taklif tengligini ifodalovchi tenglama.
Taklif tenglamasida investitsiyalar ishlab chiqarish omillarining qanchaga qo‘shimcha o‘sishini ko‘rsatadi . Agar berilgan sharoitda
investitsiyalar I o‘ssa, yalpi ishlab chiqarish K α miqdorga o‘sadi:
Ys= K α , K investitsiyalar hisobiga ta’minlanganligi uchun
tengikni:
Ys= I α deb yozish mumkin. , bunda,α – kapital quyilmalar (investitsiyalar)ning chegaraviy unumdorligi. Agar bir yilda yalpi ishlab chiqarishni 1 mlrd. so‘mga oshirish uchun 4 mlrd so‘m investitsiya talab etilsa α =0,25 bo‘ladi. α= Ys / I bir so‘mlik investitsiya hisobiga yaratilgan yangi mahsulot miqdorini ko‘rsatadi.
2. Talab tenglamasi quyidagi ko‘rinishga ega
Yd= I (1/ μ) , bu yerda 1/ μ – xarajatlar multiplikatori, μ–
jamg‘arishga chegaralangan moyillik.
Bu tenglama milliy daromad Yd, yoki yalpi talab qo‘shimcha investitsiyalarning multiplikativ ko‘payishiga teng miqdorda o‘sishini ko‘rsatadi.
Ishlab chiqarish to‘plangan jami kapital bilan ta’minlanishi, milliy daromad esa qo‘shimcha investitsiyalarning multiplikativ ta’siri ostida ko‘payishi sababli taklif tenglamasida jami investitsiyalar, talab tenglamasida esa qo‘shimcha investitsiyalargina ko‘rib chiqilaadi.
Daromadlar va ishlab chiqarish quvvatlarining qo‘shimcha o‘sish sur’atlari tengligi tenglamasi:
Do'stlaringiz bilan baham: |