10.4. Davlat budjetining soliqlarga ko‘ra tarkibi.Soliq yuki.
Respublikamizda 1992 yilda jami 24 turdagi soliqlar va yig‘imlar amalda bo‘lgan bo‘lsa ularning soni 2000 yili 17 tagacha, 2017 –yilga kelib esa 10 tagacha qisqardi. Soliqlar turining qisqarishi ayrim soliqlarning bekor qilinishi, ayrimlarini esa qo‘shib yuborish-unifikatsiya qilish hisobiga ta’minlandi. Masalan ijtimoiy infratuzilma solig‘iga obodonlashtirish yig‘imi qo‘shib yuborilgan bo‘lsa, 2006 yilda ekologiya solig‘i mutlaq bekor qilindi.
2000-2017 yillarda foyda solig‘i stavkasi 31 %dan 8 foizga tushirildi, Shuningdek, tadbirkorlik sub’ektlaridan olinadigan yagona soliq unifikatsiya qilindi, ya’ni unga nobudjet davlat jamg‘armalariga o‘tkaziladigan majburiy to‘lovlardan yagona yo‘l jamg‘armasi, maktab ta’limini rivojlantirish jamg‘armasiga ajratmalar ham qo‘shib yuborildi.
10.4-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |