3-BOB: BOZOR IQTISODIYOTINING DAVRIY RIVOJLANISHI. ISHSIZLIK
Reja: 3.1. Iqtisodiy davrlar va iqtisodiy tebranishlarning sabablari. 3.2. Ishsizlik tushunchasi va ishsizlik darajasining o‘lchanishi. 3.3. Ishsizlikning iqtisodiy oqibatlari. A. Ouken qonuni. 3.4. O‘zbekiston Respublikasida ishsizlikni kamaytirish va aholining ish bilan bandligini ta’minlash siyosatining xususiyatlari. 3.1. Iqtisodiy davrlar va iqtisodiy tebranishlarning sabablari Mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanish tarixini o‘rganish, ulardan
hech biri uzoq muddatda bir tekis rivojlanmaganligi, aksincha, barcha malakatlar uchun davriy rivojlanish xos ekanligini ko‘rsatadi. Ishlab chiqarish, bandlilik va inflatsiya darajasining davriy tebranishga iqtisodiy davr (sikl)lar deyiladi. Ayrim iqtisodiy davrlar boshqalaridan o‘tish davrining davomiyligi va faolligi bilan farq qiladi. Shunga qaramasdan ularning barchasi bir xil bosqichlardan tashkil topadi (3.1-rasm).