Sx =M – X yoki Sx = -Xn Agar mamlakat eksportiga nisbatan ko‘proq import qilsa, unda daromadlarning bir qismi xorijda qoladi va keyinchalik undan xorijiy sheriklar tomonidan mamlakatimizda ko‘chmas mulk va moliyaviy aktiv sotib olishda foydalaniladi.
Har qanday holatda ham barcha turdagi jamg‘armalarning umumiy yig‘indisi investitsiyalarga teng bo‘ladi:
Sp + Sg + Sx = (Y + TR + N –T ) -C + (T – TR – N )) - G + (-Xn) yoki
Sp + Sg + Sx = Y - C - G – Xn S = C + I + G +Xn - C - G - Xn S = I Demak, iqtisodiyotdagi investitsiya xarajatlari nafaqat ichki jamg‘armalar hisobiga, balki tashqi dunyo jamg‘armalari hisobiga ham amalga oshirilishi mumkin. Mamlakatda investorlarga kafolatlangan yuqori foyda olishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar xorijiy investorlar oqimining o‘sishiga olib keluvchi muhim shartlardan biridir.
2.4-jadval O‘zbekiston iqtisodiyotida jamg‘arma va investitsiyaning muvozanat tahlili, YaIMga nisbatan foizda22