S = Sp + Sg + Sx
Bu yerda: Sp - xususiy jamg‘armalar; Sg - davlat jamg‘armalari;
Sx - boshqa mamlakatlar jamg‘armalari.
Bunda xususiy jamg‘armalar daromadlar (Y), transfert to‘lovlari (TR), davlat zayomlari bo‘yicha foizlar yig‘indisidan (N) soliqlar (T) va iste’mol (C) xarajatlari yig‘indisini ayirish natijasiga teng bo‘ladi.
Sp = (Y + TR + N - T) – C
Davlat jag‘marmalari quyidagi miqdorga teng bo‘ladi:
Sg = (T - TR - N) – G
Agar davlat jamg‘armalari nolga teng bo‘lsa, davlat budjeti muvozanatlashgan, jamg‘arishning manfiy miqdori budjet taqchilligini (BT) bildiradi:
BT = - Sg
Bu yerda: BT – budjet taqchilligi miqdori.
N. Gregory Mankiw. Macroeconomics. 8 th edition. Harvard University. (NY.: Worth Publishers, 2013): 70
38
Boshqa mamlakatlarning jamg‘armalari tashqi dunyoning bizning importimiz hisobiga olgan daromadlaridan ularning bizning eksportimizga sarflangan harajatlarini ayirib topiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |