19.5. Makroiqtisodiy siyosatning nominal
va real valuta kurslariga ta’siri
Real valuta kurslari jamg‘arma va sarmoyalar o‘rtasidagi farqni ko‘rsatuvchi vertikal to‘g‘ri chiziq va sof eksport miqdorini ko‘rsatuvchi, o‘ngdan pastga egilgan egri chiziq kesishgan nuqtada tenglikka erishadi (19.2-rasm). Ushbu nuqtada xorijga kredit berish sifatida ko‘rsatilgan milliy valuta taklifi, xorijliklarning ushbu mamlakatdan sof eksportni sotib olishi uchun zarur bo‘ladigan milliy valuta talabi bilan kesishadi. Bu shuni bildiradiki, real valuta kursi kapital bilan bo‘ladigan operatsiyalar bo‘yicha milliy valuta taklifini joriy operatsiyalar uchun unga bo‘lgan talabni tenglashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |