20.2. Mandell Flemingning ochiq iqtisodiyot modeli Ichki muvozanat- inflatsiya jarayonlari mavjud bo‘lmagan (yoki uning barqaror past darajasidagi) to‘liq bandlik sharoitida talab va taklifning balanslashganligidir.
Qisqa muddatli davrda ichki muvozanat muammosi, birinchi navbatda, budjet-soliq va pul-kredit siyosati vositasida yalpi talabni tartibga solish orqali ta’minlanadi.
284
Tashqi muvozanatqayd qilingan, yoki suzib yuruvchi valuta kursi sharoitida to‘lov balansining nolga teng qoldig‘ini ta’minlab turilishni anglatadi. Alohida holatlarda bu muammo ikki o‘zaro mustaqil qismga bo‘linadi:
joriy operatsiyalar balansining belgilangan holatini ta’minlab
turish;
valuta zahiralarining aniq belgilangan miqdorini saqlab turish. Tashqi va ichki muvozanatni ta’minlab turish usullari bir xil: budjet-
soliq va pul-kredit siyosati. Ayrim hollarda mustaqil usul sifatida almashinuv kursi siyosati ham ajratib ko‘rsatiladi.
Tashqi muvozanatni ta’minlash kapital harakatining mobilligi (mamlakatlararo kapital quyilishi jarayonining ichki foiz stavkasining jahon foiz stavkasiga nisbatan o‘zgarishiga javoban keskinlashuvi) sababli murakkablashadi.
Ichki va tashqi muvozanatni ta’minlash muammosi tovar, pul va valuta bozorlarining amal qilishiga ta’luqlidir.
Ichki va tashqi muvozanatni ta’minlash makroiqtisodiy tartibga solishning muhim muammosi sifatida yuzaga chiqadi, chunki u ichki va tashqi o‘zgaruvchilarning bir-biriga o‘zaro ta’sirini va qayta ta’sirini ko‘zda tutishni talab etadi.
Ochiq iqtisodiyotda iqtisodiy siyosat tahlili Mandell-Fleming modeliga asoslangan holda amalga oshiriladi. Bu model qisqa muddatda iqtisodiyotni muvozanatlashtirishni ifodalaydi va kichik ochiq iqtisodiyot uchun IS-LM modelining modifikatsiya qilingan shakli hisoblanadi. Ikkala model ham baholarning o‘zgarmasligini nazarda tutadi va yalpi talab hajmining o‘zgarishi sabablarini tushuntiradi. Ular o‘rtasidagi asosiy farq shundaki, IS-LM modeli-yopiq iqtisodiyot modeli, Mandell-Fleming modeli esa ochiq iqtisodiyot modeli ekanligidadir.106 Ichki va tashqi muvozanat muammosi, ko‘pincha, IS-LM modelining modifikatsiya qilingan shakli vositasida, unga uchinchi- BB egri chizig‘i qo‘shilib tahlil qilinadi. BB egri chizig‘i to‘lov balansining muvozanatli darajasini tasvirlaydi. Model ham qayd qilingan, ham erkin
suzib yuruvchi valuta kursi rejimlari uchun va kapital mobilligining turli darajalariga moslab tuziladi.
Bir vaqtning o‘zida ichki va tashqi muvozanatga erishish muammosini quyidagi yondoshuv asosida ko‘rib chiqamiz (20.1- rasm).