19.4. Xarid qobilyati pariteti Bu savolda nominal kurslarga xarid qobiliyati pariteti qanday ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini ko‘rib chiqamiz.
Xarid qobilyati pariteti konsepsiyasi narxlarning tenglashuvi nazariyasiga asoslanadi. Ya’ni, bir xil tovar turli joylarda har xil narxlarda
276
sotilishi uzoq davom etmaydi Agarda, AQSh dollariga mamlakat ichida chet mamlakatlarga nisbatan ko‘proq mahsulot sotib olish mumkin bo‘lsa, u holda mamlakat ichkarisida sotib olingan mahsulotni chetga sotish orqali foyda olish mumkin. Oqibatda foyda olish maqsadida xorijga tovar olib chiqish ko‘payadi va baholar tenlashishiga sabab bo‘ladi.
Xarid qobiliyati pariteti konsepsiyasiga ko‘ra valuta kursi doimo turli mamlakatlarda baholar darajasining o‘zgarishi natijasida kelib chiqadigan farqni qoplash uchun zarur bo‘lgan darajada o‘zgaradi. Ya’ni: