Valuta konvertirlashuvi deganda uni boshqa xorijiy valutalarga almashish qobiliyati tushiniladi. Hozirgi paytda ular erkin konvertirlanadigan, qisman konvertirlanadigan va konvertirlanmaydigan valutalarga ajratiladi.
Erkin konvertirlanadigan valuta – bu, amaldagi kurs bo‘yicha har qanday boshqa xorijiy valuta erkin va cheklanmagan miqdorda ayirboshlanadigan valutadir. Bunga misol qilib AQSh, Yevropa hamjamiyatiga a’zo mamlakatlar, Yaponiyalar valutalarini kiritish mumkin.
Qisman konvertirlanadigan valuta – bu, faqat ba’zi xorijiy valutalarga almashtiriladigan va xalqaro to‘lov oborotini qisman qamrab oladigan milliy valutadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |