Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti g’. E. Zaxidov, M. T. Asqarova, Z. A. Djumayev, L. F. Amirov, H. A. Hakimov makroiqtisodiyot darslik toshkеnt – 2019



Download 1,19 Mb.
bet209/238
Sana31.12.2021
Hajmi1,19 Mb.
#201641
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   238
Bog'liq
Makro2019 4

Konvertirlanmaydigan valuta – bu, faqatgina ichki to‘lovlarga xizmat qiladigan va xorijiy valutaga ayirboshlanmaydigan milliy valutadir.
Konvertirlashni ichki va tashqi konvertirlashga ham ajratish mumkin. Ichki konvertirlash rezidentlarining mamlakat ichkarisida xorijiy valutani sotib olishi, uni saqlab turishi va u bilan ayrim operatsiyalarni olib borishini imkoniyatini aks ettiradi. Tashqi konvertirlashda xorijda to‘lovlarni amalga oshirishga va moliyaviy aktivlarni ushlab turishga ruxsat etiladi. Valutalarni konvertirlash ko‘pgina mamlakatlar olib borayotgan iqtisodiy siyosatlarning muhim maqsadi hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasida valyuta siyosati uning asosiy tamoyillari, ya’ni milliy valyutamiz so‘mning almashuv kursi barqarorligini hamda ichki valyuta bozorida talab va taklifning mutanosibligini ta’minlash maqsadlaridan kelib chiqib amalga oshirilmoqda.
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida valyutani tartibga solishda zamonaviy bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish bo‘yicha belgilangan vazifalardan kelib chiqib, 2017 yil I yarim yilligi davomida amaldagi valyutani tartibga solish tizimini tubdan isloh

266


qilishga yo‘naltirilgan keng qamrovli islohotlarga tayyorgarlik ishlari amalga oshirildi.
Mazkur islohotlar tamoyillarini ishlab chiqishda, asosiy e’tibor, valyuta bozorini yanada liberallashtirish, shu jumladan, milliy valyuta kursini belgilashning bozor mexanizmlarini joriy qilish, yuridik va jismoniy shaxslarning valyuta mablag‘larini erkin tasarruf qilish huquqlarini ro‘yobga chiqarish hamda barcha tadbirkorlik sub’ektlariga tashqi savdo faoliyatini amalga oshirishda teng sharoitlar yaratishga qaratildi.
Xususan, valyuta siyosatini liberallashtirish borasidagi dastlabki qadam sifatida respublika eksport salohiyatini oshirish va mahalliy eksport qiluvchi korxonalar faoliyatini rag‘batlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 30 iyundagi «O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida»gi 449-sonli qarori qabul qilinib, unga ko‘ra birjadan tashqari valyuta bozoridagi valyuta oldi-sotdi operatsiyalari tijorat banklari tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida bozor kursi bo‘yicha amalga oshirilishi tartibi joriy qilindi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28 iyuldagi «Mahalliy eksport qiluvchi korxonalarni rag‘batlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-3157-sonli Qaroriga binoan 2017 yil 1 avgustdan boshlab xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) eksport qilishdan tushadigan valyuta tushumining 25 foizini majburiy sotish talabi bekor qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 sentabrdagi «Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF-5177- sonli Farmonining qabul qilinishi bilan esa mamlakatimizda valyutani tartibga solish tizimini tubdan isloh qilish bo‘yicha islohotlarning faol bosqichiga o‘tildi.
Mazkur Farmonga muvofiq, 2017 yilning sentabr oyidan boshlab milliy valyutaning almashuv kursini faqatgina bozor mexanizmlari asosida, ya’ni valyuta bozorida chet el valyutalariga bo‘lgan talab va taklifga asosan belgilash tartibi joriy qilindi.

267


So‘nggi yillarda valyuta siyosati uning asosiy tamoyillari, ya’ni milliy valyutamiz so‘mning almashuv kursi barqarorligini hamda ichki valyuta bozorida talab va taklifning mutanosibligini ta’minlash maqsadlaridan kelib chiqib amalga oshirilmoqda.
Bunda asosiy e’tibor inflyasion jarayonlarni jilovlashga, milliy valyuta almashuv kursi keskin tebranishlarining oldini olishga hamda eksportni qo‘llab-quvvatlashga qaratilayapti. Eksportni rag‘batlantirish maqsadida so‘mning AQSH dollariga nisbatan kursini bosqichma-bosqich pasaytirish choralari ko‘rilayapti (2.2-jadval).
2018 yilda ichki valyuta bozorida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar va aholi tomonidan xorijiy valyutani sotib olish va sotish operatsiyalari hajmi hamda valyuta bozori ishtirokchilari soni oshganligi kuzatildi.
Xususan, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan sotib olingan jami valyuta hajmi 2017 yilga nisbatan 1,5 barobarga yoki 6,7 mlrd. AQSh dollaridan 10,4 mlrd. AQSh dollarigacha oshgan bo‘lsa, ular tomonidan sotilgan valyuta miqdori 2 barobarga yoki 3,2 mlrd. AQSh dollaridan 6,5 mlrd. AQSh dollarigacha ko‘paygan. Bunda, ichki valyuta bozorida xorijiy valyutani xarid qilgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar soni hisobot yili mobaynida 2 200 tadan 5 100 tagacha, yoki 2,3 barobarga ko‘paygan.


Download 1,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish