Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti g’. E. Zaxidov, M. T. Asqarova, Z. A. Djumayev, L. F. Amirov, H. A. Hakimov makroiqtisodiyot darslik toshkеnt – 2019


-jadval Iqtisodiy faoliyat turlari tasniflagichi bo‘yicha iqtisodiyot



Download 1,19 Mb.
bet13/238
Sana31.12.2021
Hajmi1,19 Mb.
#201641
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   238
Bog'liq
Makro2019 4

2.2-jadval
Iqtisodiy faoliyat turlari tasniflagichi bo‘yicha iqtisodiyot

tarmoqlari bo‘yicha YaIM tuzilmasi (yakunga nisbatan% da)14


Ko‘rsatkichlar

2000

2005

2010

2015

2016

2017

2018




1. YaIM, jami

100,

100,

100,

100,

100,

100,

100,




0

0

0

0

0

0

0













Tarmoqlarning yalpi

87,5

89,4

87,2

90,4

90,8

88,5

88,8




qo`shilgan qiymati




























Mahsulotlarga sof

12,5

10,6

12,8

9,6

9,2

11,5

11,2




soliqlar




























2. Tarmoqlarning yalpi

100,

100,

100,

100,

100,

100,

100,




qo`shilgan qiymati

0

0

0

0

0

0

0




Qishloq, o`rmon va baliq

34,4

29,5

32,9

34,1

34,0

34,0

32,4




xo`jaligi




























Sanoat (qurilishni

23,1

29,1

26,0

26,2

26,6

27,9

32,0




qo`shgan holda)




























Xizmatlar

42,5

41,4

41,1

39,7

39,4

38,1

35,6








































  1. O‘zbekiston iqtisodiyoti. 2018 yil uchun axborot tahliliy byulleten, Toshket- 2019., 17 b. 27

Qayd etish joizki, 2019 yil yanvar oyida Davlat statistika qo`mitasi tomonidan 2017 yil uchun YaIM ko`rsatkichi keng miqyosda qayta ko`rib chiqildi va bu asosan qishloq xo`jaligi tarmog`i ma`lumotlaridagi o`zgarishlar natijasida kelib chiqdi. Bu o`zgarishlar, bir necha yillar davomida qishloq xo`jaligida ishlab chiqarish hajmini hisoblashda bozor narxlariga nisbatan sezilarli darajada past bo`lgan narxlardan foydalanilganligi bilan izohlanadi.
Ushbu muammoni bartaraf etish maqsadida qishloq xo`jaligi mahsulotlarining barcha turlari bo`yicha o`rtacha yillik narxlar qayta ko`rib chiqilib, bozor narxlariga o`tkazildi. Bunda qishloq xo`jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish miqdori, ya`ni natura ko`rinishidagi hajmlari o`zgarmadi. Masalan, 2017 yil uchun qayta baholashga qadar 1 kg donning o`rtacha yillik narxi 648 so`mni tashkil qilgan bo`lsa, qayta baholashdan keyin 1686 so`mni, sabzavotlar qayta baholashga qadar – 895 so`mni, qayta baholashdan keyin – 2547 so`mni, poliz ekinlari qayta baholashga qadar – 865 so`mni, qayta baholashdan keyin – 1128 so`mni, tirik vazndagi mol go`shti qayta baholashga qadar – 5986 so`mni, qayta baholashdan keyin – 17470 so`mni; sut qayta baholashga qadar – 577 so`mni, qayta baholashdan keyin – 1678 so`mni tashkil etdi.
Qishloq xo`jaligi mahsulotlarining o`rtacha yillik narxlari qayta hisoblab chiqilganidan so`ng ushbu tarmoqning yalpi qo`shilgan qiymati hajmi 43,1 trln. so`mdan 91,0 trln. so`mga va mos ravishda, YaIM hajmi 254,0 trln. so`mdan 302,5 trln. so`mga oshdi (+47,9 trln. so`m qishloq xo`jaligi hisobiga, +0,6 trln. so`m boshqa tarmoqlarga kiritilgan aniqliklar hisobiga). Shu bilan birga, qayta hisoblash natijasida YaIMning o`sish sur`atlari 5,2 % dan 4,5 % gacha pasaydi. Shuningdek, qishloq xo`jaligining YaIM tarmoqlari bo`yicha tarkibidagi ulushi 19,7 % dan 34,0 % gacha o`sdi, sanoatning ulushi 27,2 % dan 22,2 % gacha, qurilishning ulushi 6,9 % dan 5,7 % gacha, xizmatlar sohasining ulushi 46,2 % dan 38,1 % gacha kamaydi.
Qayd etib o`tish lozimki, mahsulotlarga sof soliqlar ko`rsatkichidagi o`zgarishlar Milliy hisoblar tizimi va Davlat moliyasi statistikasi ma`lumotlari o`rtasidagi o`zaro muvofiqlikni ta`minlash maqsadida amalga oshirilganligi bilan izohlanadi.

28


Jahon tajribasida qabul qilinganidek, dinamik qatorlarda o`zaro muvofiqlikni ta`minlash maqsadida 2014-2016 yillar uchun YaIMni qayta baholash ishlari amalga oshirildi.
Ta`kidlash lozimki, uzoq davrlar uchun statistik ko`rsatkichlarni bunday qayta hisoblash ishlari tez-tez amalga oshirilmaydi va ular, odatda, uslubiy yondashuvlardagi sezilarli o`zarishlar bilan bog`liqdir.
YaIMni xarajatlar bo‘yicha hisoblash. Bu usul yakuniy foydalanish usuli deb ham yuritilib, unda YaIMni hisoblash uchun yakuniy mahsulotlarni sotib olishga qilingan barcha xarajatlar o‘zaro qo‘shib chiqiladi. Bu xarajatlar quyidagicha guruhlanadi:
Uy xo‘jaliklarining iste’mol xarajatlari (C):


  1. uzoq muddat foydalaniladigan iste’mol buyumlari sotib olishga;




  1. kundalik foydalaniladigan iste’mol buyumlari sotib olishga;




  1. iste’mol xizmatlari to‘loviga.


Yalpi ichki xususiy investitsiya xarajatlari (I):


  1. asbob-uskunalar, mashinalarni yakuniy sotib olishga;




  1. korxonalar, inshootlar, turarjoy binolarini qurishga sarflangan;




  1. tovar zahiralari o‘rtasidagi farqlar yoki zahiralarning o‘zgarishi. Tovar va xizmatlarning davlat xaridi (G).

Bu guruh xarajatlariga mahalliy va markaziy boshqaruv hokimiyati idoralari tomonidan korxonalarning pirovard mahsulotlari va resurslari xaridi (avtomobil yo‘llari va pochta muassasalari qurilishi, davlat korxonalarida to‘lanadigan ish haqi) xarajatlari kiritiladi. Lekin shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, bu xarajatlarga davlat transfert to‘lovlari kiritilmaydi.15


Sof eksport (Xn): mamlakatning import va eksport operatsiyalari bo‘yicha xarajatlar o‘rtasidagi farq.
YaIMni xarajatlar orqali hisoblash formulasini quyidagicha tasvirlash mumkin:
YaIM = C + I + G + Xn
O‘zbekiston Respublikasida yaratilgan YaIMning foydalanish (xarajatlarga ko‘ra) tarkibi tahlili (2.3-jadval) shuni ko‘rsatadiki uy





  1. N. Gregory Mankiw. Macroeconomics. 8 th edition. Harvard University. (NY.: Worth Publishers, 2013): 27

29


xo‘jaliklarining iste’mol xarajatlari YaIM tarkibidagi eng salmoqli komponent ekan. Bu ko‘rsatkichning YaIMdagi ulushiga ko‘ra O‘zbekiston Rossiya Federatsiyasi, Yaponiya va Ispaniya davlatlariga yaqin turadi. Yalpi jamg‘arish, yoki yalpi investitsiyalar ulushi kattaligi bo‘yicha ikkinchi komponent bo‘lib 2017 yilda YaIMning 27,6 %ini (shu jumladan asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar 26,1 %ni, zahiralarning o‘zgarishi 1,5 % ni tashkil etgan. Taqqoslov uchun maqlumotlar keltiradigan bo‘lsak, 2017 yil yakunlariga ko‘ra, yalpi investitsiyalarning YaIMdagi ulushi Rossiya Federatsiyasida 24,1%ni, Yaponiyada 24,0 foizni, Ispaniyada 20,6%ni, Xitoy Xalq Respublikasida esa 44,4 foizni tashkil etgan.

Download 1,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish