1 2
3 4
5.1-rasm. Marketing bosqichlari
1-bosqich – talab konyukturasini o’rganish. Korxona bozordagi iqtisodiy
vaziyatni xar tomonlama o’rganadi, talab konyukturasini, shuningdek, xaridor
imkoniyatlarini o’rganadi.
2-bosqich – bozor sig’imini o’rganadi. Korxona ko’zda tutilgan savdo sig’imini
aniqlaydi. Bu ushbu sohaga kapital sarflash uchun turtki bo’lib xizmat qiladi.
Marketing
strategiyasini
ishlash
Talab kon-
yunkturasini
o‘rganish
Korxona maq
sadi va imko-
niyatlarini
aniqlash
Bozorni taxlil
etish
Yangi texnika
va texnolo-
giyani joriy
qilish
Savdo faoliyatini
boshqarish
Bozorga kirib
borish. Tovar
xarakati turini
tanlash
Reklama va
bozorni rag‘-
batlantirish
Tovar assor-
timentini
boshqarish
Savdodan keyingi
xizmat ko’rsatish
Marketing faoliyatini
nazorat qilish
92
3-bosqich – mavjud bozor sharoitida korxona maqsad va imkoniyatlarini
aniqlash. Bozor ehtiyojlarini bilish ularni korxona imkoniyatlari bilan taqqoslashga
imkon beradi.
4-bosqich – marketing reja va strategiyasini ishlash. Ham maqsadga
erishishning umumiy strategiyasi, ham korxona yo’nalishi va bo’linmalari uchun
batafsil reja sifatida ishlanadi.
5-bosqich – ilmiy-texnik va tajriba konstruktorlik ishlari. 4 ta bosqichda
rivojlanish yo’llari belgilangandan so’ng bevosita sotish uchun mahsulot ishlab
chiqarishga ilmiy-tadqiqot, tajriba va konstruktorlik ishlari, texnologiya, ishlab
chiqarish rejasi, tajriba ishlab chiqarish va x.k.ga o’tiladi. Nixoyat, mahsulot
yaratildi.
6-bosqich – mahsulotni bozorga kiritish. Buning eng muhim sharti bozorga
chiqishning eng maqbul yo’lini tanlash bilan birga, narx siyosatini ham belgilashdir.
7-bosqich – reklamayu bozorda o’ylab samarali ish yuritmay muvaffaqiyatga
erishib bo’lmaydi. Tovar xaqida xaridorlarga axborot berish va uni sotib olishga
undash - murakkab va ma’suliyatli vazifa bo’lib, u bilan bir vaqtda savdoni
rag’batlantirish xaqida ham g’amxo’rlik qilish kerak.
8-bosqich – mahsulot assortimentini boshqarish. Talab xaridorning assortiment
o’zgarishiga talabi o’zgarishini o’rganish. Assortimentni o’zgartirish, bozorga taklif
etilgan dastlabki variantga tuzatish kiritish.
9-bosqich – savdo faoliyatini boshqarish. Savdo, yukni tashish, yuklarni
qadoqlashga aloxida e’tibor beriladi.
10-bosqich – savdodan keyingi xizmat ko’rsatish, iste’molchiga servis xizmati
ko’rsatish, tovardan foydalanishda ko’maklashish.
11-bosqich – marketing faoliyatini nazorat qilish. Butun faoliyat dasturini
nazorat qilish. Oxirgi bosqichning tugashi, birinchi bosqichning boshlanishini
bildiradi.
Marketing strategiyasini bilish «marketingni boshqarish» tushunchasiga ta’rif
berishga imkon yaratadi. Marketingni boshqarish - bu ishlab chiqarish va bozorni
foyda olish, savdo xajmini oshirish, bozordagi xissasini oshirish maqsadida xaridorlar
93
bilan foydali ayirboshlashni ta’minlash, mustaxkamlash maqsadida o’rganish va taxlil
etishdir.
Biznes-rejalarda marketing strategiyasini shakllantirish maqsadida quyidagi
savollarni yoritilishi shartdir:
- tanlangan bozor xaqida ma’lumotlar;
- tanlangan bozor segmentlari;
- tanlangan bozor xajmi va o’sishi sur’atlari;
- tanlangan bozor rivojlanish tendensiyasi
- raqiblar: nomi; xajmi; bozordagi xissasi; afzalligi va kamchiliklari; biznes
tendensiyasi, to’g’ri va yondashma raqobatni baholash; bular korxonaning qay
darajada raqobatbardoshligani bildiradi.
- xaridorlar, ularning mahsulot to’g’risidagi fikrlari, sotib olishning asosiy
sabablari;
- xaridorlar, bozor segmenti bo’yicha mahsulot realizatsiya xajmi va foyda
taxlili;
- korxonaning xozirgi kundagi va kelgusida ko’zlangan bozordagi xissasi;
- kafolat va sotishdan keyingi xizmatlar sohasidagi siyosati;
- baho va kredit siyosati;
- reklama strategiyasi va uni, bozorda xarakat qilish usuli;
- mahsulot (ko’rsatilgan xizmat)lar uchun marketing sarflari;
- joylarni tanlash taxlili;
- marketingning tadqiqotlar o’tkazishning aniq usullari;
- bahoni shakllanishi, bozor taxlilidan kelib chiqib uni belgilash
,
ishlab
chiqarilayotgan mahsulot va ko’rsatilayotgan xizmat xarajatlariga asoslash;
- tovarlar
tashqi ko’rinishi, mahsulotlar sifatga tavsifnomasi;
- mahsulotni taqsimlash usuli va yo’llari.
- sotish strategiyasi;
- imkoniyatli xaridorlar soni va ularni qayerda joylanishi;
- qaysi bozorlarni to’g’ridan-to’g’ri sotish bo’yicha qamrab olish mumkin,
qaysilarini tovar xom ashyo birjalari, brokerlar va distribyutorlar orqali;
94
- qay tartibda reklama tanlangan va bozorga moslashtirilganmi.
Yuqoridagi ma’lumotlar
ilmiy jixatdan asoslangan bo’lishi foydadan xoli emas.
Bozorni tadqiq qilish - marketing tadqiqotlarining ma’lum bir qismidir, xolos.
Faqatgina shartli ravishdagina ularni marketing tadqiqotlarining asosi deb qabul
qilish mumkin. Bozorni tadqiq qilish jarayonida quyidagilar aniqlanadi:
bozorga kiritilayotgan yoki unda mavjud bo’lgan mahsulotning mumkin
bo’lgan sotish miqdori;
tovarning iste’mol xususiyatidagi va boshqa xarakteristikalarining
o’zgarishi tendensiyasi;
yoshi, jinsi, xududiy, ijtimoiy, oilasidagi kishilar soni, o’zini tutishi,
daromadi darajasi bo’yicha iste’molchilar guruhini aniqlash;
assortimentni rejalashtirishda, sotish va reklamani tashkil qilishda
xaridorlarning istagini aniqlash;
mahsulotning sotilishi miqdori, uning umumbozor sig’imidagi ulushi
(xududlar va segmentlar bo’yicha ham);
firmaning raqobatdoshligini va uning bozordagi o’rni.
Ko’rinib turibdiki, bozor to’g’risidagi ma’lumotlar miqdori katta va turli
xarakterga ega. Shuning uchun bozorni tadqiq qilishda turli bilim sohalarining
mutaxassislari qatnashadilar va bu tadqiqotlar ancha qimmatga tushadi, lekin,
firmalar bozorni iloji boricha tezroq o’zlashtirish maqsadida xarajatlardan
qochmaydilar, chunki raqobatchilar bozorda yangi raqobatchi paydo bo’lishini oldini
olish uchun qarshi choralar ko’radilar. Shuning tadqiqotlar jarayoni, ayniqsa, uning
natijalari olinganidan keyin va firma ularni marketing konsepsiyasini asoslash uchun
qabul qilingandan so’ng tovarni sinovli sotishni tashkil qilish boshlanadi. Bu
jarayonning asosiy vazifasi, firmaning bozordagi samarali o’rnini aniqlovchi o’ziga
xos omillarni o’rganishdir.
Bozorni marketing nuqtai nazaridan o’rganish o’z oldiga kompaniyalar, firma
(korxona) tovarlarini samarali sotish imkonini, uning kengayish uchun yangi
segmentlar, sifatini yaxshilash, zaxiralar va yangi tovarlar yaratishni, iste’molchilar
talabini qondirish va yuqori foyda olishni maqsad qilib qo’yadi. Bu maqsadni amalga
95
oshirish uchun chuqur marketing tadqiqotlari amalga oshiriladi. Bozorni marketing
nuqtai nazaridan tadqiq qilishning vazifasi, ishlab chiqarish va unda chiqadigan
tovarlarning bozor va iste’molchining yuqori talablariga moslashtirishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |