Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti d. Yu. Xujamkulov, D. A. Ismailov investitsiya loyihalarini


-BOB. INVESTITSIYA LOYIHALARI MARKETINGI



Download 2,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/292
Sana01.01.2022
Hajmi2,16 Mb.
#286999
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   292
Bog'liq
INVESTITSIYA LOYIHALARINI BOSHQARISH3

5-BOB. INVESTITSIYA LOYIHALARI MARKETINGI 
 
5.1. Bozorni tadqiq qilishning zamonaviy konsepsiyasi mohiyati 
 
Marketing  –  insonning  ayirboshlash  vositasida  talab  va  ehtiyojni  qondirishga 
qaratilgan faoliyati. Marketing tarkibiga bozorni o’rganish. Iste’molchi buyurtmasiga 
ko’ra mahsulotlar assortimentini rejalashtirish, bozorni egallash, reklama, tovarlar va 
xizmatlarni  ishlab  chiqaruvchidan  iste’molchiga  yetkazib  berish  bilan  bog’liq 
tadbirkorlik  faoliyati  kiradi.  Marketing  konstruktor,  muxandis,  iqtisodchi  va  boshqa 
mutaxassislarga  bozor  ehtiyojlari  bilan  tanishish,  iste’molchi  ushbu  mahsulotning 
qanday  bo’lishini  istashi,  unga  qancha  xaq  to’lashi,  u  kim  uchun  zarurligi  xaqida 
muloxaza yuritish imkonini beradi. 
Bozor  sharoitida  korxonani  boshqarish  marketingni  ishlab  chiqarish  siklining 
boshiga  qo’yadi,  chunki  xo’jalik  qarorlarini  qabul  qilish  asosida  ishlab  chiqarish 
imkoniyatlari  emas,  balki  bozor  talablari,  xaridor  ehtiyojlari  yotadi.  Oxir  natijada 
korxona  ko’lami,  korxonani  boshqarish  tashkiliy  tarkibini,  boshqaruv  tamoyil  va 
usullarini, xizmat ko’rsatish yo’nalishlarini bozor belgilaydi. 
Bozor munosabatlari sharoitida korxona bozor konyukturasi, bo’lajak sheriklar 
imkoniyatlari, narxlar o’zgarishi xaqida axborot olish asosida o’z ishlab chiqarishini 
moddiy-texnikaviy  ta’minlash  va  kapital  qurilishni  tovarlar  va  xizmatlar  bozoridan 
(bevosita ishlab chiqaruvchidan, ulgurji savdoda, shu jumladan, yarmarka, kimoshdi 
savdosi, hamda  moddiy-ta’minot va boshqa vositachi tashkilotlardan) resurslar sotib 
olish  yo’li  bilan  amalga  oshiradi.  Natijada  korxonaning  reja-iqtisod,  texnika, 
texnologiya,  ta’minot  va  sotuv  bo’limlari  vazifalari    o’zgaradi.  Chunki,  korxona 
muxandis-texniklari  resurslardan  qay  darajada  foydalana  olish  imkoniyatiga  ega 
ekanliklarini  bilishlari,  bozor  ta’siridan  erkin  bo’lishlari  uchun  korxonada  bozor 
iqtisodiyoti, korxona ishlab chiqarish va moliya siyosati masalalari bo’yicha axborot 
manbaasi, bo’lgan maxsus marketing xizmatini tashkil etish ehtiyoji vujudga keladi. 


90 
 
Marketing  bo’limi  bozorni,  ijtimoiy  talab  holati  va  o’zgarishi,  konyukturani 
o’rganish  natijasida  korxonada  ishlab  chiqariladigan  mahsulot  zarurligi,  istiqboli 
masalasini hal etadi. 
Korxonani  marketing  vositasida  boshqarish  ancha  mushkul  bo’lib,  katta 
xajmda  reja-hisob  kitoblarini,  kadrlarni  qayta  tayyorlashni,  boshqaruv  vazifa  va 
usullarini tubdan o’zgartirishni talab qiladi. Faqat korxona, butun iqtisodiyot xo’jalik 
mexanizmini  tubdan  qayta  qurishi  asosidagina  marketing  tendensiyasini  qo’llash 
mumkin.  Aks  xolda  korxona  tez  o’zgaruvchan  talabga  moslasha  olmay  raqobat 
kurashiga  bardosh    bera  olmaydi.  Bu  korxona  foyda  ko’rmasligi  va  undan  kelib 
chiquvchi  boshqa  oqibatlarga  olib  keladi.  Chunki,  faqat  iste’molchilar  ehtiyojini 
hisobga  olib,  fan-texnika  taraqqiyoti  yutuqlaridan  foydalana  olgan  korxonagina  o’z 
mahsulotini sotishdan foyda olishi mumkin. 
Bu ma’noda amerikalik avtomobil magnati G. Fordning fikrini ta’kidlab o’tish 
zarur.  Undan  qanday  qilib  millioner  bo’lganligini  so’raganlarida  quyidagicha  javob 
bergan:  «Juda  oson.  Men  o’z  avtomobillarimni  bozorda  boshqalarga  nisbatan 
arzonroq  sotib,  o’z  ishchilarimga  boshqalarga  nisbatan  ko’p  xaq  to’laganman». 
Bunday  xolda  u  sinishi  kerak  edi,  lekin,  u  raqobatchilarini  bozordan  siqib  chiqarib 
bozorni egallagani uchun millioner bo’ldi. 
Tovar  pul  munosabatlari  jamiyatni  o’z-o’zini  boshqarish  mexanizmi  bilan 
qurollantirgani  uchun  bebaho  xususiyatga  ega.  Tartibga  solinuvchi  bozor  xo’jalik 
faoliyatini iste’molchiga qaratish, tashkiliy tizimlar, boshqaruv tamoyili va usullarini 
qayta qurish, korxona maqsad va vazifalarini o’zgartirishni talab qiladi. 
Marketing  talabni  qondirishga  qaratilgan  faoliyat  bo’libgina  qolmay,  balki 
talabga  ta’sir  ham  qilishdir.  Xo’sh,  bu  ta’sir  qanday  bo’lishi  kerak,  boshqa 
mahsulotlar  ishlab  chiqarishga  o’tish  va  yangi  talabni  vujudga  keltirish  kerakmi? 
Marketing  faoliyatining  bu  aniq  maqsadlarini  -  bozorda  mavjud  bo’lgan  vaziyatni 
hisobga  olish  bilan,  xaridorlar  qiziqish  darajasi  bilan,  korxonaning  o’z  iqtisodiy  va 
ijtimoiy  vazifalari  bilan,  u  yoki  bu  bozorga  kirishi  bilan  aniqlanadi.  Shunday  qilib, 
talab marketing maqsadini, shu bilan birga kerakli marketing strategiyasini tanlashga 


91 
 
imkon  beradi.  Bir  necha  talab  darajasini  va  unga  mos  keluvchi  bir  qancha 
strategiyasini aloxida ajratib ko’rsatish mumkin.  
Amerikalik  iqtisodchi  Filipp  Kotler  o’zining  mashxur  «Marketing  bo’yicha 
boshqaruv» qo’llanmasida marketing turlarining klassifikatsiyasini bergan. Quyidagi 
talab darajasi va unga mos keluchi marketing strategiyasini ko’rib chiqamiz. 
Marketing  strategiyasi  jamiyat  va  korxona  jamoasining  uzviy  manfaatlari 
ishlab chiqarish samaradorligi masalalarini hal qilishga xizmat qilish kerak. 
Marketing  strategiyasi  bosqichlarini  sxema  tarzida  ifodalash  mumkin  (5.1-
rasm). 

Download 2,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   292




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish