222
Amaliyotda, ba’zi hollarda qurilishda narxlarni aniqlashda
tarmoqdagi ishchilar
o’rtacha oylik ish xaqi fondidan kelib chiqib aniqlanadi.
Loyiha tugallanishining ikkinchi bosqichi bo’lib kontraktni tugallanishi
hisoblanadi. Kontrakt tugallanishining asosiy bosqichlari bo’lib:
- moliyaviy hisobot berilishini tekshirish;
- pasport joriy qilish;
- bajarilmagan majburiyatlarni aniqlash;
- bajarilmagan ishlarni tugallanishi;
- kafolatli xizmat va
oxirgi hisoblash;
Moliyaviy hisobot berilishini tekshirish buyurtmachi va pudratchining
hisobotiga tegishli.
Buyurtmachining moliyaviy hisobotini tekshirish quyidagilarni o’z ichiga
oladi:
- tugallangan ishlarning hajmini to’liq fakturaga
yozilishini tekshirishni;
- mavjud hujjatlarni o’zgartirilishi bo’yicha tekshirish;
- buyurtmachi orqali ushlab qolinishlar summasi nazorati.
Pudratchining moliyaviy hisobotini tekshirish quyidagilarni o’z ichiga oladi:
- yetkazib beruvchi va subpudratchilarni soliq to’lovlarini tekshirish;
- yetkazib beruvchining soliq to’lovlarini muddatini uzaytirilishini izlash;
- ushlab qolinishga muvofiq tasdiqlash.
Bunday tekshirishlar loyiha bo’yicha oxirgi moliyaviy hisobotlarni olish
imqoniyatini beradi.
Pasport joriy qilish kontraktni tugallanishini asosiy elementlarni biri bo’lib
hisoblanadi. Uni joriy qilishda bir nechta hujjatlarni joriy qilish kerak. Masalan, xom
ashyo va materiallarini texnik sharoitini ifodalovchi hujjatlar.
Bajarilmagan majburiyatlar kontrakt tugallanish jarayonida to’liq bajarilishi
shart. Ish olib boruvchi hamma savollarga muzokara orqali javob topishi kerak.
Tekshirish jarayonida quyidagilar o’rnatiladi:
- ortiqcha kuchayishni va yopilishni talab qilmaydi ishlar hajmini;
- kelishilgan ishlarni tugallanishini talab qiluvchi ish xajmlarini.
224
Loyiha tugallangandan so’ng, unga ketgan pul mablag’larini ortiqchaligini yoki
iqtisod qilinganligi xaqida yakuniy hisobot tuziladi. Agarda qurilish jarayonida
pudratchi ma’lum bir
miqdorda iqtisod qilsa, u holda u taqdirlanadi.
Loyiha tugallanishida asosiy qism bo’lib, idora xodimlarining loyiha rahbari
bahosi hisoblanadi.
Kafolatli xizmat ko’rsatish loyiha bo’yicha guruhiy holda emas, balki
funksional guruhlar, javobgar va kafolatli xizmat ko’rsatilgandan keyin shartnoma
tugallanganda amalga oshiriladi.
Bu guruhga quyidagilar kiradi:
- texnik ma’lumot;
- jihoz;
- asbob-uskunalar;
- ekspluatatsiya bo’yicha
rahbariyat;
- chizmalar;
- firma ta’minotchilarining har xil materiallari.
Kafolatli xizmat ko’rsatish sharoiti shartnomada kelishiladi. Qurilgan ob’ekt
o’rnatilgan shakllar asosida o’zlashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: