5.2-jadval
OTB tomonidan ko‘rsatilgan moliyaviy operatsiyalar, mln. AQSh dollarida
Yillar
2014y. 2015y. 2016y. 2017y. 2018y.
1.
Davlatlar kafolati bilan bog‘liq
moliyaviy ta’minotlar
14463 14600 13429 16450 15990
1.1. Kreditlar
10410 10580 10457 11740 11205
1.2.
Kapital (aktsiyalar)ga
investitsiyalar
-
150
-
-
-
1.3. Grantlar
952
614
670
849
405
1.4. Texnik kafolatlar
171
137
146
149
148
1.5.
Qo‘shilgan qiymatli to‘g‘ridan-
to‘g‘ri qo‘shma moliyalashtirish
2930
3119
2155
3712
4232
2.
Davlatlar kafolatisiz berilgan
moliyaviy ta’minotlar
3474
5774
7496
4541
6935
2.1. Kreditlar
815
1250
916
1425
1714
2.2.
Kapital (aktsiyalar)ga
investitsiyalar
235
44
131
142
185
2.3. Kafolatlar
190
267
128
35
20
2.4.
Taklif etilgan uzluksiz (zanjirli)
moliyalashtirish
-
-
200
-
-
2.5. Texnik yordam
2
8
5
6
11
2.6.
Qo‘shilgan qiymatli to‘g‘ridan-
to‘g‘ri qo‘shma moliyalashtirish
2232
4205
6117
2933
5006
Jami
17936 20374 20925 20991 22925
Manba: Osiyo taraqqiyot banki hisobotlari va ma’lumotlari asosida
hisoblangan.
OTB faoliyatining xususiyati shundan iboratki, u o‘z kreditlarining 30 foizini
imtiyozli shartlarda maxsus fonddan beradi. U ushbu mablag‘larni Evropa
bozorlariga yo‘naltirib, ularni rivojlanayotgan mamlakatlarga 25-40 yilga
mo‘ljallangan uzoq muddatli kreditlarga aylantiradi. Bunda bank imtiyozli foiz
stavkalarini ko‘zda tutadi. Kreditlar, shuningdek, tijorat shartlarida yoki yuqori
101
bozor foiz stavkasi bo‘yicha 10-25 yil muddatga oddiy jamg‘armalardan ham
beriladi.
2018-yilda OTBning moliyaviy operatsiyalari 22,9 mlrd. AQSh dollariga etib,
shundan 13,7 mlrd. AQSh dollari OTBning odiy kapital resurslari hisobidan va 9,2
mlrd. AQSh dollari esa boshqa hamkorlar bilan birgalikda qo‘shma moliyalashtirish
hisobiga amalga oshirildi. Davlatlar kafolati bilan bog‘liq moliyaviy operatsiyalar
15,9 mlrd. AQSh dollariga etgan bo‘lsa, bunday kafolatlarsiz amalga oshirilgan
moliyaviy operatsiyalar 6,9 mlrd. AQSh dollarini tashkil etgan (5.2-jadval).
Bundan tashqari, OTB tomonidan berilayotgan kreditlarning aksariyat qismini
investitsion kreditlar tashkil qiladi. Bu esa OTBning tijorat banklaridan
farqlantiruvchi muhim jihat hisoblanadi. Chunki tijorat banklarida uzoq muddatli
resurslar taqchilligi mavjud bo‘lganligi tufayli ular tomonidan berilgan kreditlarning
asosiy qismini qisqa muddatli kreditlar tashkil etadi. Shuning uchun OTBni
investitsion loyihalarni moliyalashtirishdagi roli tobora oshib bormokda.
Moliyaviy operatsiyalarning asosiy qismi Janubiy-Sharqiy Osiyo va Markaziy
va G‘arbiy Osiyo mamlakatlari bilan amalga oshirilgan.
OTB tomonidan 2018-yilda ajratilgan moliyaviy resurslarning asosiy qismi
energetika, transport va moliya sohasini rivojlantirish maqsadlariga berilgan
kreditlarning hissasiga to‘g‘ri keldi. Ushbu sohalarga berilgan kreditlarning miqdori
5,02 mlrd. dollarni tashkil qildi. Bu esa, 2018-yilda OTB tomonidan berilgan
kreditlarning 23 foizini tashkil qiladi.
Shuningdek, OTB energetika, moliya tizimi, sanoat va savdo, davlat sektorini
boshqarish, suv ta’minoti va boshqa mahalliy infratuzilma hamda xizmatlar, qishloq
xo‘jaligi va tabiiy resurslar, ko‘p tarmoqli sektor, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy
himoya, ta’lim sohalarini ham rivojlantirishga katta e’tibor bergan.
Islom taraqqiyot banki (ITB) – 1974-yilda tashkil topgan. Unga islom diniga
e’tiqod qiluvchi 56 ta mamlakat, ya’ni Islom anjumanining deyarli barcha a’zolari
kiradi. Nizom kapitalining miqdori 150 mlrd. AQSh dollarga etgan.
49
Bank o‘z
49
The Board of Governors of the IDB, during its 38th Annual Meeting, 11-12 Rajab 1434H (21-22 May 2013)
Dushanbe, Tajikistan;. Islamic Development Bank, Annual Report: 1434H (2013); Sha’ban 1435H (June 2014).
102
faoliyatini 1134 ta xodim, islom dinori asosidagi hisob-kitoblar bilan musulmon
kalendari bo‘yicha hijriy yil asosida boshqaradi.
ITBning maqsadi a’zo-mamlakatlarning rivojlanish loyihalarini, tashqi savdoni
kreditlash va savdo, sanoat kompaniyalari kapitallarini investitsiyalashdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |