5-BOB. O’ZBEKISTON BANKLARINING XALQARO MOLIYA
INSITUTLARI BILAN O’ZARO XAMKORLIGI
91
5.1
. Banklarning xalqaro moliya institutlari bilan xamkorligini
ta’minlashning nazariy jihatlari va shart-sharoitlari
Mamlakatimiz taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bozor islohotlarini
yanada chuqurlashtirish, kuchli bozor infratuzilmasini yaratish, barqaror va o‘zaro
mutanosib, mustahkam iqtisodiyotning muhim sharti bo‘lgan erkin iqtisodiyot
tamoyillarini joriy etishdan iboratdir. Uning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi,
birinchi navbatda, xususiy sektorning mavqeini yanada oshirishni, kichik biznes va
xususiy
tadbirkorlikni
jadal
rivojlantirishni
taqozo
etadi.
Shuningdek,
mustaqilligimiz ramzlaridan biri bo‘lgan milliy pul birligimiz – so‘mimizning
barqarorligini va xarid quvvatini har tomonlama mustahkamlamasdan, jozibador
investitsiya muhitini va investorlar uchun kafolatlarni yaratmasdan, tashqi va ichki
sarmoyalarni butun iqtisodiyotimizni yangilashga, oltin-valyuta zaxiralarimizning
barqaror o‘sishiga xizmat qiladigan etakchi tarmoqlarga, birinchi navbatda,
yo‘naltirmasdan, xalqaro moliyaviy tashkilotlar bilan hamkorligimizni yanada
kuchaytirmasdan, dunyo iqtisodiy tizimiga integratsiyalashmasdan, Jahon Savdo
Tashkilotiga a’zo bo‘lish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratmasdan turib bu
ustuvor yo‘nalishning hayotga muvaffaqiyatli tatbiq etilishini tasavvur etish amalda
mumkin emas. Eng avvalo, bugungi kunda iqtisodiy sohadagi vazifalarning aynan
shunday belgilanganligini har birimiz to‘la-to‘kis to‘g‘ri idrok etmog‘imiz lozim.
Ma’lumki, mamlakatimz iqtisodiy taraqqiyoti ustuvor yo‘nalishlarining biri
sifatida xalqaro moliyaviy tashkilotlar bilan hamkorligimizni yanada kuchaytirish
vazifasi qayd etilgan.
Ta’kidlash joizki, mustaqilligimiz yillarida xalqaro moliyaviy tashkilotlar –
Xalqaro valyuta fondi (XVF), Jahon Banki (JB), Evropa Taraqqiyot va tiklanish
banki (ETTB), Osiyo Rivojlanish banki (ORB) va boshqalar bilan, bevosita,
to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar o‘rnatildi. Fikrimizcha, mamlakatimizning ijtimoiy-
siyosiy hayotida bozor munosabatlarini shakllantirish va ularni tizimli
rivojlantirishda bunday xalqaro moliyaviy tashkilotlarning o‘rni anchagina salmoqli.
Respublikamizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarni har tomonlama,
shu jumladan, moliyaviy qo‘llab-quvvatlanilayotganligi, byudjet taqchilligini
92
kamaytirish choralarining ko‘rilayotganligi, faqatgina milliy emas, balki xalqaro
ahamiyatga ega bo‘lgan yirik loyihalarni moliyalashtirishda hamkor sifatida ishtirok
etilayotganligi, ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan bir necha yuzlab million AQSh
dollari hajmidagi xalqaro grantlarning ajratilayotganligi, iqtisodiyot tarmoqlari
o‘rtasida mavjud bo‘lgan disproportsiyalar (nomutanosibliklar)ning oldini olishga
qaratilgan tadbirlarning amalga oshirilayotganligi va hokazolar ana shular
jumlasidandir.
Albatta, bunday natijalarga erishish o‘z-o‘zidan sodir bo‘lmaydi. Bu o‘rinda
agar xalqaro moliyaviy tashkilotlar tomonidan O‘zbekistondagi tadbirlar ma’lum
darajada qo‘llab-quvvatlanilayotgan yoki moliyalashtirilayotgan ekan, ularning
barchasiga, eng avvalo, respublikamiz rahbariyatining puxta o‘ylangan va uzoqqa
mo‘ljallangan nozik iqtisodiy siyosatining natijasi sifatida qarashimiz kerak.
Fikrimizcha, bu sohadagi iqtisodiy siyosat o‘zgacha bo‘lgan taqdirda bunday
natijalarga erishib bo‘lmasdi.
Biz bugungi kunda qo‘lga kiritgan yutuqlarimiz bilan cheklanib qolmasligimiz
va aksincha, xalqaro moliyaviy tashkilotlar bilan hamkorligimizni yanada
kuchaytirib, uni yangi pag‘onaga ko‘tarishimiz zarur. Vazifaning bu tarzda
qo‘yilishi xalqaro moliyaviy tashkilotlar bilan hamkorligimizning hozirgi ahvoli,
ma’lum darajada, qoniqarli emasligidan dalolat beradi.
Chunki amaliyotga nazar soladigan bo‘lsak, xalqaro moliyaviy tashkilotlar
bilan hamkorligimizni yanada kuchaytirish va buning natijasida yanada yuqoriroq
ko‘rsatkichlarga erishishimiz uchun kattagina imkoniyatlarimiz mavjud
ekanligining, ulardan etarli darajada hamda o‘z vaqtida foydalana
olmayotganligimizning guvohi bo‘lamiz. Buning uchun quyidagilarga e’tibor
beraylik: amaldagi tartib-qoidalarga ko‘ra, xalqaro moliyaviy tashkilotlar
O‘zbekistonga tegishli moliyaviy xarakterdagi qarorlar qabul qilishi uchun, dastlab,
tegishli ma’lumotlarni talab qilishadi. Ayrim hollarda, kerakli ma’lumotlarni o‘z
vaqtida taqdim qilinmasdan qolmoqda. Ba’zi hollarda xalqaro tashkilotlarning
ekspertlari tomonidan hisoblangan iqtisodiy ko‘rsatkichlarni bizning milliy
iqtisodiyotimiz rivojlanish ko‘rsatkichlari bilan taqqoslanganda, ular o‘rtasida
93
tafovutlar borligini ko‘rish mumkin. Fikrimizcha, bunga asosiy sabab, ularning
iqtisodiy ko‘rsatkichlarni hisoblash metodologiyasi bilan bizning metodologiya
o‘rtasida farqlarning mavjudligidir.
Ta’kidlash joizki, biz uchun mablag‘lar ajratilishidan xalqaro moliyaviy
tashkilotlarning o‘zlari ham bizdan ko‘p bo‘lsa bordirki, lekin kam manfaatdor
emas. Buning boisi shundaki, bozorning hayot sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan
qonunlariga muvofiq, ular ixtiyorida to‘plangan mablag‘lar, bir daqiqa bo‘lsa-da,
harakatsiz turishi mumkin emas. Buning aynan shunday ekanligini xalqaro
moliyaviy tashkilotlarning barchasi allaqachon his etishgan. Shuning uchun ham har
bir xalqaro moliyaviy tashkilotning o‘z ixtiyoridagi mablag‘larni u yoki bu
mamlakatlar iqtisodiyotining tarmoqlariga samarali joylashtirishga harakat qiladi.
Barchamizga ma’lumki, har bir davlatning iqtisodiy-ijtimoiy hamda siyosiy
barqarorligini ta’minlashda investitsiyalarning ahamiyati juda kattadir. Shunday
ekan hozirgi kunda har bir davlatning asosiy e’tibori investitsiya jalb qilish yoki
yo‘naltirishga qaratilgan bo‘lib, ushbu faoliyatning samaradorli bo‘lishi avvalo
investitsiya yo‘naltirilgan davlatda qulay investitsion iqlimni yaratilganligiga
bevosita bog‘liq.
Investitsiya muhiti har tomonlama chuqur tahlil qilinishi asosida investitsiya
riski aniqlanadi. Investitsiya muhiti va risk darajalari bir-birlariga teskari
nisbatdadir. Investitsiya muhiti qanchalik qulay bo‘lsa, investorning tadbirkorlik
riski shunchalik past darajada bo‘ladi va bu investorlarning kirib kelishini
ko‘paytiradi. Aksincha, investitsiya muhiti noqulay bo‘lsa, risk darajasi yuqori
bo‘ladi. Bu esa investitsiya qabul qiluvchining sarf-xarajatlarining o‘sishiga olib
keladi. Shunday qilib, investitsiya muhitining holati faqat investor uchun emas, balki
investitsiya qabul qiluvchi uchun ham muhimdir.
43
Hozirda ayniqsa rivojlangan yoki sanoatlashgan davlatlar tajribasini tahlil
qiladigan bo‘lsak, ularning eng asosiy nuqtai nazari mamlakatda investitsion
jozibadorlikni kuchaytirish ya’ni qonunchilik borasidagi imtyozlar hamda davlatda
investorlar uchun yaratilgan shart-sharoit, infratuzilmani mukammallashtirish kabi
43
Karlibyeva R.X. Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish. –T.: 2011, 96-b.
94
muhim masalarga qaratilgan. Chunki xozirgi davrda investorlar biron-bir davlatga
investitsiya kiritishdan avval ushbu davlatning investitsiya iqlimini izchil
o‘rganishga xarakat qilmoqdalar. Albatta ular bu izlanishlarni marketing tadqiqotlari
yoki shunday faoliyat bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar yordamida amalga
oshirmoqdalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |