Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti ayubjonov a. H., Salixodjayeva u. A. Moliya statistikasi


-jadval  XRA tomonidan amalga oshirilgan asosiy operatsiyalar, mln. AQSh doll



Download 2,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/102
Sana30.06.2022
Hajmi2,83 Mb.
#719087
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   102
Bog'liq
2949-Текст статьи-7908-1-10-20200909 (1)

5.4-jadval 
XRA tomonidan amalga oshirilgan asosiy operatsiyalar, mln. AQSh doll. 
Ko’rsatkichlar 
Yillar
2014y. 2015y. 2016y. 2017y. 2018y. 
Agentlik tomonidan zaxiralangan 
(berilgan) mablag‘lar (1 yil 
mobaynida) (Commitments) 
14 550 16 269 14 753 16 298 22 239 
Qarzdorlar tomonidan agentlikka 
taqdim etilgan mablag‘lar, brutto (1 yil 
mobaynida) (Gross disbursements) 
11 460 10 282 11 061 11 228 13 432 
Qarzdorlar tomonidan agentlikka 
asosiy qarzni qaytarish, jumladan 
muddatidan oldin qaytarish (1 yil 
mobaynida) (Principal repayments 
(including prepayments)) 
2 349 
2 501 
4 023 
3 845 
3 636 
Qarzdorlar tomonidan agentlikka 
taqdim etilgan mablag‘lar, netto (Net 
disbursements) 
9 111 
7 781 
7 037 
7 371 
9 878 
Agentlik tomonidan berilgan kreditlar, 
jami (Credits outstanding) 
113 
474 
125 
287 
123 
576 
125 
135 
136 
011 
Agentlikka qaytarilmagan kreditlar, 
jami (Undisbursed credits) 
30 696 38 059 37 144 39 765 46 844 


106 
Agentlik tomonidan berilgan, lekin 
qaytarilishi kerak bo‘lgan grantlar, 
jami (Undisbursed grants) 
5 837 
6 830 
6 161 
6 436 
6 983 
Manba: Bednost-protsvetanie. Godovoy otchet, 2018. Vashington, 2018. S.55, 
58.
XRAning zaxirasida aylanadigan moliyaviy resurslar 2018-yilda 22,2 mlrd. 
AQSh dollarini, shundan kreditlar 18,5 mlrd. AQSh doll., grantlar – 2,8 mlrd. doll. 
va kafolatlar 937 mln. doll. tashkil etgan (5.4-jadval). 
XTTB va XRA qarzlarining sohalar bo‘yicha taqsimotiga ko‘ra mazkur xalqaro 
moliya tashkilotlar tomonidan ajratilgan mablag‘larning yuqori salmog‘i jamiyat 
boshqaruvi, xuquq va sud tizimiga to‘g‘ri kelgan. Shuningdek, mazkur tashkilotlar 
tomonidan energiya, transport, sog‘liqni saqlash, suv, sanitariya va suv toshqiniga 
qarshi kurashish sohalariga ajratilgan mablag‘lar ham yuqori ulushni egallagan. 
Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki. 
Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki 
(XTTB, ing. International Bank for Reconstruction and Development) – 1944-yilda 
Bretton-Vudsdagi (AQShning Nyu-Xempshir shtatidagi shaharcha) xalqaro valyuta 
– moliyaviy konferentsiyada XVF bilan bir vaqtda tuzilgan davlatlararo investitsiya 
institutidir. Bir vaqtning o‘zida bankning nizomi ham bo‘lib qolgan XTTB haqidagi 
Bitim 1945-yilda rasmiy jihatdan kuchga kirgan, bank o‘zining faoliyatini 1946-
yildan boshlagan. XTTBning shtab-kvartirasi – AQShning Vashington shahrida 
joylashgan. 
XTTBning asosiy maqsadi – a’zo mamlakatlarga uzoq muddatli kredit va 
qarzlar berish hamda xususiy investitsiyalarni kafolatlash orqali ularning 
iqtisodiyotini rivojlantirishga ko‘maklashish hisoblanadi. Dastlab XTTB a’zo 
mamlakatlarning to‘plangan mablag‘lari va amerikalik investorlarning jalb qilingan 
kapitallari yordamida ikkinchi jahon urushi natijasida iqtisodiy jihatdan turg‘un 
holatga kelib qolgan G‘arbiy Evropa mamlakatlarida xususiy investitsiyalarni 
rag‘batlantirishga mo‘ljallangan edi.
XTTBning Kelishuvlar moddasining 1-moddasiga muvofiq uning maqsadlari 
sirasiga quyidagilar kiradi: a’zo davlatlarning xalq xo‘jaligini tiklash va 
rivojlantirishga ko‘maklashish; kafolatlar berish, xususiy va boshqa investorlarning 
investitsiyalari va ssudalarida ishtirok etish orqali xususiy va xorijiy investitsiyalarni 


107 
rag‘batlantirish; jahon savdosining muvozanatli o‘sishini va a’zo davlatlar to‘lov 
balansining muvozanatliligini qo‘llab-quvvatlash. 
XTTB Jahon bankining asosiy kredit tashkiloti bo‘lib keng miqyosda Jahon 
banki nomi bilan tanilgan. Ushbu bankga a’zo bo‘lish uchun ariza taqdim etgan 
mamlakat avvalo XVFga a’zolikka kirgan bo‘lishi lozim. Bankning barcha qarzlari 
a’zo davlatlar hukumatlari tomonidan kafolatlanishi kerak. Qarzlar bo‘yicha har olti 
oyda o‘zgaruvchi foiz stavkasi belgilanadi. Hozirgi vaqtda mazkur stavka 6-7%ga 
teng. Qarzlar asosan 15-20 yil muddatga, asosiy qarz summasi bo‘yicha to‘lovlarni 
3-5 yilga uzaytirish tartibida beriladi. Qarz berish davlat xukumatining kafolati 
olingandan so‘ng amalga oshiriladi
53

Keyingi yillarda XTTB rivojlanayotgan mamlakatlarning tashqi qarzlarini 
tartibga solish bilan shug‘ullanmoqda: kredilarining 1/3 qismini qo‘shma 
moliyalashtirish deb ataladigan shaklda beradi. Bank to‘lov balansi holatini 
yaxshilashga shuningdek, iqtisodiyot tuzilmalarini tartibga solishga strukturali 
kreditlarni ajratadi. 
Hozirgi paytda XTTB faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘lib quyidagilar 
hisoblanadi: turli xildagi investitsiya loyihalarini uzoq va o‘rta muddatli kreditlash; 
loyihalarning moliyaviy-iqtisodiy va texnik asoslarini tayyorlash; rivojlanayotgan 
mamlakatlarda tuzilmaviy qayta qurish dasturlarini moliyalashtirish. 
XTTBning asosiy mablag‘lari hozirgi kunda o‘rta va uzoq muddatli qarz 
majburiyatlarini emissiya qilish orqali xalqaro moliya bozorlaridagi operatsiyalar 
hisobidan shakllanadi. XTTB qimmatli qog‘ozlari yuqori kredit reytingiga ega 
bo‘lib, dunyoning 100 dan ortiq mamlakatlariga joylashtiriladi. XTTBning kreditlari 
qarz oluvchi davlat milliy valyutasida emas, balki devizlarda, ya’ni xalqaro darajada 
to‘lov vositasi sifatida tan olingan valyutalarda ajratiladi. 
Keyingi yillarda XTTB jahon moliya bozorida yirik qarzdor rolida chiqmoqda. 
Bank tomonidan chiqarilayotgan obligatsiya qarzlari summasi davlatlararo 
investitsiya banklari o‘rtasida eng katta solishtirma og‘irlikka egadir.
53
 
www.mfino.ru
 


108 
Yuqoridagi ko‘rilgan XRA va XTTB faoliyatlarini umumlashtirgan holda, 
iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha ajratgan mablag‘larini tahlili qilsak, resurslarning 
asosiy qismi (66%) Davlat boshqaruvi va sud-huquq tizimi (22%), transport (17%), 
Qishloq xo‘jaligi, baliqchilik va o‘rmon xo‘jaligi (11%), Energetika va tog‘-kon 
qazib chiqarish sanoati (16%) sektorlariga berilmoqda (5.5-jadval).
Investitsion bahslarni hal qilish bo‘yicha xalqaro markaz. 
Investitsion 
bahslarni hal qilish bo‘yicha xalqaro markaz
 
(ing. ICSID – International Centre for 
Settlement of Investment Disputes) – yuqorida ko‘rib o‘tgan tashkilotlarimizdek 
Jahon banki guruhiga kiruvchi mustaqil xalqaro tashkilot bo‘lishi bilan qatorda 
BMTning maxsus tashkiloti hisoblanadi. Investitsion bahslarni hal qilish bo‘yicha 
xalqaro markazning maqsadi bo‘lib, xalqaro investitsion bahslarni hal qilish va 
tomonlarni o‘zaro murosaga keltirish uchun huquqiy imkoniyatlarni ta’minlash 
hisoblanadi. Markaz xususiy investitsiyalar yo‘lidagi tashqi iqtisodiy to‘siqlarni 
bartaraf etishga qaratilgan hamda davlatlar va xususiy investorlar o‘rtasidagi 
bahslarni hal qiluvchi xalqaro mustaqil arbitraj tashkiloti sifatida qaraladi. 

Download 2,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish