G'aibning sanoati rivojlangan ko‘pgina mamlakatlarida va Sharqiy Yyevropa
mamlakatlarida o'tish iqtisodiyoti munosabati bilan ishsizlar foizi ko'rsatkichi
ikki raqamli sonlar bilan ifodalanadi. Ispaniyadagi ishsizlik darajasi 24,4
foizga, Finlyandiyada 17,7 foizga, Irlandiyada 15,4 foizga, Belgiyada 12,7
foizga, Fransiyada 12,2, Italiyada 11,9, Gretsiyada 11, Daniyada 10,5,
Germaniyada 10 foizga yetdi.
Rossiyadagi ishsizlik (to iiq va yashirin ishsizlik) 10 foizdan ko'proqni,
Polshada 16,9, Bolgariyada 13,3, Vengriyada 11 foizni tashkil etadi.
Faqat
ayrim mamlakatlardagina ishsizlik nisbatan maqbulroq darajada, ya’ni 6 foizdan
kamroq darajada saqlanib turibdi. Masalan, Yaponiyada 2,8 foiz, Shveytsariyada
3,8, Avstriyada 4,6, Norvegiyada 5,2 va AQShda 5,8 foizni tashkil etadi.
Hozirgi vaqtda dunyodagi ishsizlikning ahvoli iqtisodiy jihatdan va ma’naviy
nuqtai nazardan maqbul emas, chunki ishsizlik resurslaming nihoyatda ko‘p
miqdorda isrof bo‘lishiga
olib keladi va ishdan mahrum
b o iib
qolganlaming
aziyat chekishlarini tobora oshiradi. Ko'pgina rivojlangan mamlakatlarda ishsizlik
darajasiga amalga oshirilayotgan iqtisodiy siyosatning qandayligi,
shuningdek,
mehnat bozorini tartibga solish usullari ta’sir ko'rsatmoqda.
XMTning rasmiy hujjatlarida jahon mamlakatlari hukumatlari tomonidan
bunday ahvolni tuzatish uchun bir xildagi chora-tadbirlar emas, balki
ulaming turini ko‘paytirish lozim, xususan, bu sohadagi muhim odimlar
qatorida quyidagilar sanab o'tilgan:
— savdoni erkinlashtirish;
— m o liyaviy b o z o rla rn i
b a rq a r o rla s h tiris h , t o ‘lov b a la n sla ri
m uam m olarining keskinligini yum shatish uchun xalqaro ham korlikni
kengaytirish va uzoq muddatli hisobga olish stavkalarini pasaytirish;
— sanoatni eksportga m oijallab rivojlantirish;
— mehnat bozorlarini takomillashtirish uchun
moslashishga doir ijobiy
tarkibiy chora-tadbirlami ko‘rish, shu jumladan, hali ishlab topilmagan mehnat
xarajatlarini, chunonchi ish haqi fondi solig‘i va ijtimoiy ta’minotga moijallangan
xarajatlar solig‘ini kamaytirish, ishchi kuchining qo‘nimsizligini pasaytirish
va ish
bilan bandlikni
rag'batlantirish tizimlarini isloh qilish.
Oxirgi o ‘n yil ichida barcha yollanma xodimlaming o‘rtacha haftalik ish
haqi 503 AQSh dollarigacha ko‘tarildi, bu yiliga 5,4 foiz o ‘sishni tashkil etadi.
Har qanday mamlakatning
iqtisodiyotida turli
kasblar va
turli mehnat
rejimlari, ish haqi stavkalari, qo‘shimcha haqlar va ijtimoiy ta’minot tizimlariga
ega b o igan m ehnat turlari bilan banddirlar. Lekin statistik «o‘rtacha ish
haqlari»ga muvofiq keladigan «o‘rtacha» xodimni tasaw ur qilish qiyin. Bu
o ‘rinda ko‘pchilik xodimlar uchun m uam mo tu g ilad i: ular o ‘zlarining
daromadlarini ish haqlarining rasmiy raqamlari bilan qiyoslay olmaydilar,
holbuki, bu raqamlar o'rtacha raqamlar sifatida taqdim etilgan.
Ish haqlarining tarqoqligi ancha sezilarli boiishi mumkin. Shu sababli
ish haqining taqsimlanishi haqida iloji boricha ko'proq axborotga ega boiish
163
foydalidir, bu axborot statistiklarning
atamasi bilan aytganda, ekstremal
miqdorlami (qayd qilingan ish haqlaridan eng yuqori va eng kam miqdorini)
ko‘rsatadi.
yollanma xodim lam ing ko‘pchiligi uchun ish haqi ular tom onidan
olinadigan daromadlarining asosiy qismini tashkil etadi. Afsuski, hozirgi vaqtdagi
kuzatishlarda ish haqlari qanday hisobga olinishini ko'zdan kechiradigan bo‘lsak,
ularda ish haqining muhim elementlari o‘z aksini topmas ekan. «Ish haqi
tarkibi» ko'pchilik mamlakatlar amal qiladigan mazkur masalaga doir amaldagi
xalqaro tavsiyalaiga muvofiq, ish haqining ta’rifi va ayrim elementlarini o‘z
ichiga oladi. 0 ‘tkaziladigan oylik, choraklik va yarim yillik tekshirishlaming
ko'pchiligida ish haqining barcha elementlari hisobga olinyapti deb bo‘lmaydi,
faqat har bir hisoblash davrida olingan pul miqdorlari e’tiborga olinadi. Demak,
13 va 14-ish haqlari,
yillik mukofotlar, ovqat talonlari, bepul tovarlar va
natura bilan berilgan boshqa toiovlar ish haqi tarkibiga kiritilmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: