XVI BOB
BOZOR MUNOSABATLARI TIZIMIDA MEHNATNI
BOSHQARISH
16.1. Mehnatni boshqarish xususiyatlari
Mehnatni boshqarish boshqaruv munosabatlarining turlaridan biridir.
M ehnatni boshqarish obyektiv zaruriyati birgalikdagi m ehnat, uning
kooperatsiyasi rivojlanishi jarayonida yuzaga keldi.
Bunda shu narsa ayon boiib
qoldiki, boshqarishning maqsad, mazmun va fimksiyalari ishlab chiqaruvchi
kuchlar va m ehnatning o ‘zi rivojlangan sayin o ‘zgarib, aw alo , ishlab
chiqarishning har bir m azkur turiga xos b o ig a n m ehnatning ijtimoiy
tuzilishi bilan belgilanadi. Bevosita mehnat faoliyati,
uning tashkil etilishi,
shart-sharoitlari va natijalari, ishchi kuchini tiklash, ijtim oiy m ehnat
munosabatlari mehnatni boshqarish obyektlari hisoblanadi.
M ehnat ishlab chiqarishning tarkibiy qismi (omili) sifatida ishlab
chiqarish tashkilotchisini, ishlab chiqarish boshqaruvchisini
boshqa omillar
— kapital, yer, asosiy ishlab chiqarish vositalari, xom ashyo, yarim tayyor
mahsulotlar va shu kabilar bilan tengma-teng qiziqtiradi. Ammo mehnat
ishlab chiqarishning boshqa omillaridan jiddiy farqlanadi: unda fuqaro huquqi
va erkinliklari, o‘z manfaatlari va adolat to‘g‘risidagi tasawurlari, ish beruvchi
bilan munosabatda o'zini himoya qilish uchun
birlashish huquqi va shu
kabilar bor. Yoilanm a ishchi o ‘zining mehnat qobiliyatini
sotadi, zimmasiga
qonunda belgilangan yoki kontraktda aytib o'tilgan shartlarda mehnat qilish
majburiyatini oladi.
Mehnat bozorida ham, ishlab chiqarishda ham, ishdan keyin ham
kishi bir butunligicha qoladi. Boshqarish amaliyotida
bu bilan hisoblashish
kerak boiadi. Mehnat omilining boshqa omillar bilan birikmasini emas,
balki mehnat munosabati tufayli yuzaga keladigan tirik odamlaming jamiyat
va bir-birlari bilan o‘zaro munosabatlaming butun majmuasini boshqarishga
to‘g‘ri keladi.
Mehnat bilan chambarchas bogiangan jarayonlar va munosabatlar doirasi
ijtimoiy-mehnat munosabatlarini yuzaga keltiradi. Ijtimoiy-iqtisodiy jarayon
va munosabatlami amalga oshirishda mehnat bilan
bogiiq shart-sharoitlami
amalga oshirish (tashkil etish, haq to ia sh , intizom , borasida, m ehnat
etikasi, mehnat jamoalarining shakllanishi) munosabatlarida ustuvorlik
qilinsa, bunday sohani ijtimoiy mehnat sohasi deyish mumkin.
Ijtim o iy -m e h n a t s o h a si ham x o d im la rn in g
ijtim o iy h o la ti
shakllanadigan, barqaror amalga oshiriladigan va o'zgaradigan aniq ijtimoiy
muammolar majmuidan iborat boiib, uni ham boshqarib borishi zarur.
224
Mehnatni boshqarish vazifalari jumlasiga, awalo, ish samaradorligi va
sifatini o sh irish , iq tiso d iy o tn i riv o jla n tirish n in g m uvozanatliligi va
m utanosibligini ta ’m inlash, m ehnatdagi ijtim oiy-iqtisodiy
tafovutlarni
kamaytirib borish, insonni har tomonlama kamolga yetkazish uchun shart-
sharoitlarni yaratish, m ehnat jam oaiarini rivojlantirish va boshqarishdagi
uiaming rolini oshirish kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: