yoinaltiruvchi funksiyada
sabab turli vaziyatdan xodimni xulq-atvori
variantlarini tanlashga yo‘naltiradi;
ma'no hosil qiluvchi funksiya
, bunda sabab
xodimning mazkur xulq-
atvoridagi sub’etiv ahamiyatini belgilab beradi, uning shaxsiy m a’nosini
aniqlaydi;
vositali funksiya
, bunda sabab ichki va tashqi qo‘zg‘atuvchilar tutashgan joyda
vujudga keladi, ularning xulq-atvorga bo‘lgan ta’siriga vosita vazifasini o‘taydi;
safarbar qiluvchi funksiya,
bunda sabab xodim organizminmg kuchlarni
o‘zi uchun ahamiyatli faoliyat turlarini amalga oshirishga safarbar etadi;
oqlovchifunksiya
, bunday holatda shaxsning tashqaridan normalashtiradigan
xulq-atvor namunasiga, etaloniga, ijtimoiy va
axloqiy normaga munosabati
ifodalangan bo‘ladi.
Insonning faoliyati ayni vaqtda bir necha sabablar bilan aniqlanadi, chunki
ular narsa-buyumlar olami, jamiyat, atrofdagi kishilar va o‘z-o‘zi bilan turli
munosabatlar tizimiga qo‘shiladi. Xodimlaming xulq-atvorini belgilab beradigan
yetakchi sabablar guruhini
sabablar o ‘zagi
deb atashadi, u o‘z
tuzilishiga
egadir. Sabablar o‘zagining tuzilishi muayyan mehnat vaziyatlariga qarab
farqlanadi:
* mutaxassislikni yoki ish joyini tanlashga;
• korxonada mazkur kasb bo‘yicha kundalik ishga;
* muayyan nizoli vaziyatga;
• ish joyini almashtirishga yoki kasbni o‘zgartirishga;
■
mehnat muhitining tavsiflari o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan innovatsion
vaziyat va hokazolarga.
Ko‘rib turibmizki, mehnat xulq-atvoriga uni tashkil
etuvchi turli tarkibiy
qismlar ta’sir ko‘rsatadi (10.2-rasm).
Keyingi o‘n yilliklarda mehnat sotsiologiyasi ijtimoiy xulq-atvor mexanizmini
bilishni birmuncha chuqurlashtirish imkonini beradigan g'oyalami ishlab chiqmoqda.
Bu jihatdan V.V.Yadovning yondashuvi e’tiborga loyig‘i bo‘lib, u shaxs ijtimoiy
xulq-atvorini depozitsion konsepsiyasini ifodalab bergan edi. Bu yerda insonning
murakkab dispozitsiyalar (shaxsiy moyillik) tizimini egallashi haqida so‘z boradi.
Ular inson xulq-atvorini tartibga soladi hamda murakkab tuzilishga ega bolgan
qiziqishlar va vaziyatlar tutashgan joyda hosil bo‘ladi. Ehtiyojlar, vaziyatlar va
ularga mos keladigan dispozitsyalami to‘rtta darajasi ajratib ko‘rsatiladi:
1.
Eng oddiy vaziyatlarda, maishiy sharoitlarda biologik ehtiyojlarga bog‘liq
yo‘I-yo‘riqlar;
2. Odatdagi kundalik sharoitlarda muomalada bo‘lgan ehtiyojlar asosida
shakllantiriladigan ijtimoiy yo‘l-yo‘riqlar;
3. Shaxsning muayyan mehnat sohasi yoki dam olish sohasidagi qiziqishlari
umumiy yo^alishini ta’riflab beradi (bular asosiy ijtimoiy yoi-yo'riqlardir);
102
4
4. Shaxsriing qadriyatli mo'ljallar tizimi.
Sabablar tuzilishi juda moslashuvchan va doimiy ravishda o'zgaruvchandir
(to'g'rilanib boradi). Ishlab chiqarish vaziyatining turli tomonlaridan qoniqish
hosil qilish mehnat faoliyati jarayonidagi bunday o'zgaruvchanlik uchun asos
bo'lib xizmat qiladi. Xodim vaziyatning barcha elementlarini qanchalik ijobiy qabul
qilsa, mehnat xulq-atvori sabablari shunchaiik to'g'rilangan bo'ladi. Sabablami
o'rganishning sotsiologik va psixologik darajalarini farqlash kerak bo'ladi.
Psixologik
darajada harakatdan oldingi maqsdani bilib olish va qaror qabul qilish jarayoni
tekshiriladi. Butun sabablami asoslash jarayoni maqsad qo'yish bilan tugaydi.
Sabablar yo'l-yo'riqlarini o'rganishda shuni nazarda tutish kerakki, ulaming
mohiyati ko'proq qadriyatlar va normalar mazmunini, awalo, shaxsiy ehtiyojlar
hamda qiziqish yo'nalishidan ko'ra, ijtimoiy jihatdan ma’qullangan qadriyatlar
va normalar mazmunini aks ettiradi. Bunda sabablar ierarxiyasi qadriyatlar
ierarxiyasidan kelib chiqadi. Ehtiyojlar va qiziqishlar tuzilishini esa faoliyatning
har xil turlariga doir vaqt sarflari aks ettiradi. Turli ijtimoiy guruhlar xodimlari
hulq-atvotining sabablari, yo'l-yo'riqlari, qadriyatli yo'nalishlarini, shuningdek,
ulaming tuzilishini o'rganish xodim nima sababdan mehnat qilayotganligini
aniqlash imkonini beradi. Mehnat faolligiga undovchi
ichki sabablami bilish
asosida yaratiladigan rag'batlar tizimi mehnatga munosabatlarning eng samarali
turini shakllantirishning asosi hisoblanadi. Jamiyatda amal qilayotgan rag'batlar
tizimi faqat xodimlaming yetakchi ehtiyojlari va qiziqishlarini amalga oshirishga
yordam bergandagina samarali bo'ladi.
Vositalar
Maqsadlar
Qadriyatlar
Ehtiyojlar
J
Moddiy
|
|
Rag* ba tl anti rish
Download
Do'stlaringiz bilan baham: