Toshkent davlat iq tiso diyo t universiteti q. X. Abdurahmonov


Mehnat motivatsiyasi omillarining moddiy va ma’naviy


bet82/128
Sana18.02.2022
Hajmi
#457045
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   128
Bog'liq
Mehnat iqtisodiyoti va satsiologiyasi

10.3. Mehnat motivatsiyasi omillarining moddiy va ma’naviy
tuzilishi
Xodim mehnat faoliyatida ishtirok etar ekan, ayni paytda bir qator ehtiyojlar, 
manfaat va qadriyat yo'nalishlariga ega bo'ladi. Ular muhim va keraksiz, turli 
darajada ahamiyatli va qardli bo'lishi mumkin. Bu hamma omillar ichida eng 
asosiylarini tanlash ehtiyojlar, qiziqishlar va qadriyatlarni mehnat vaziyati 
bilan taqqoslash jarayonida sabablar (yo'l-yo'riqlar) vositasida amalga oshadi.
Sabab va vaziyatlar o‘z-o‘zidan yetarli darajada harakatchandir, chunki 
ular inson his-tuyg'ulari, uning shijoatkorona ta’siri ostida vujudga keladi. 
Vaziyatlar va obyektlarga yanada barqarorroq munosabatda bo'lish “yo4-yo‘riq” 
tushunchasi bilan ifodalanadi. Shunday qilib, "sabab” va “yo'l-yo'riq” bir- 
biriga to'la o'xshash bo'lmasa ham, ma’no jihatdan yaqindir.
Mehnat sohasidagi sabablar xilma-xil funksiyalarni bajaradi va ular xodim 
hulq-atvorida ro'yobga chiqadi. Bular quyidagi funksiyalar:
Yo'naltiruvchi funksiya
Ma’no hosil qiluvchi funksiya
M ehnat
sohasidagi
sabablar
Oqlovchi funksiya
10.1-rasm

Mehnat sohasidagi sabablar funksiyalari
101


yoinaltiruvchi funksiyada
sabab turli vaziyatdan xodimni xulq-atvori 
variantlarini tanlashga yo‘naltiradi;
ma'no hosil qiluvchi funksiya
, bunda sabab xodimning mazkur xulq- 
atvoridagi sub’etiv ahamiyatini belgilab beradi, uning shaxsiy m a’nosini 
aniqlaydi;
vositali funksiya
, bunda sabab ichki va tashqi qo‘zg‘atuvchilar tutashgan joyda 
vujudga keladi, ularning xulq-atvorga bo‘lgan ta’siriga vosita vazifasini o‘taydi;
safarbar qiluvchi funksiya,
bunda sabab xodim organizminmg kuchlarni 
o‘zi uchun ahamiyatli faoliyat turlarini amalga oshirishga safarbar etadi;
oqlovchifunksiya
, bunday holatda shaxsning tashqaridan normalashtiradigan 
xulq-atvor namunasiga, etaloniga, ijtimoiy va axloqiy normaga munosabati 
ifodalangan bo‘ladi.
Insonning faoliyati ayni vaqtda bir necha sabablar bilan aniqlanadi, chunki 
ular narsa-buyumlar olami, jamiyat, atrofdagi kishilar va o‘z-o‘zi bilan turli 
munosabatlar tizimiga qo‘shiladi. Xodimlaming xulq-atvorini belgilab beradigan 
yetakchi sabablar guruhini 
sabablar o ‘zagi
deb atashadi, u o‘z tuzilishiga 
egadir. Sabablar o‘zagining tuzilishi muayyan mehnat vaziyatlariga qarab 
farqlanadi:
* mutaxassislikni yoki ish joyini tanlashga;
• korxonada mazkur kasb bo‘yicha kundalik ishga;
* muayyan nizoli vaziyatga;
• ish joyini almashtirishga yoki kasbni o‘zgartirishga;

mehnat muhitining tavsiflari o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan innovatsion 
vaziyat va hokazolarga.
Ko‘rib turibmizki, mehnat xulq-atvoriga uni tashkil etuvchi turli tarkibiy 
qismlar ta’sir ko‘rsatadi (10.2-rasm).
Keyingi o‘n yilliklarda mehnat sotsiologiyasi ijtimoiy xulq-atvor mexanizmini 
bilishni birmuncha chuqurlashtirish imkonini beradigan g'oyalami ishlab chiqmoqda. 
Bu jihatdan V.V.Yadovning yondashuvi e’tiborga loyig‘i bo‘lib, u shaxs ijtimoiy 
xulq-atvorini depozitsion konsepsiyasini ifodalab bergan edi. Bu yerda insonning 
murakkab dispozitsiyalar (shaxsiy moyillik) tizimini egallashi haqida so‘z boradi. 
Ular inson xulq-atvorini tartibga soladi hamda murakkab tuzilishga ega bolgan 
qiziqishlar va vaziyatlar tutashgan joyda hosil bo‘ladi. Ehtiyojlar, vaziyatlar va 
ularga mos keladigan dispozitsyalami to‘rtta darajasi ajratib ko‘rsatiladi:
1. Eng oddiy vaziyatlarda, maishiy sharoitlarda biologik ehtiyojlarga bog‘liq 
yo‘I-yo‘riqlar;
2. Odatdagi kundalik sharoitlarda muomalada bo‘lgan ehtiyojlar asosida 
shakllantiriladigan ijtimoiy yo‘l-yo‘riqlar;
3. Shaxsning muayyan mehnat sohasi yoki dam olish sohasidagi qiziqishlari 
umumiy yo^alishini ta’riflab beradi (bular asosiy ijtimoiy yoi-yo'riqlardir);
102


4
4. Shaxsriing qadriyatli mo'ljallar tizimi.
Sabablar tuzilishi juda moslashuvchan va doimiy ravishda o'zgaruvchandir 
(to'g'rilanib boradi). Ishlab chiqarish vaziyatining turli tomonlaridan qoniqish 
hosil qilish mehnat faoliyati jarayonidagi bunday o'zgaruvchanlik uchun asos 
bo'lib xizmat qiladi. Xodim vaziyatning barcha elementlarini qanchalik ijobiy qabul 
qilsa, mehnat xulq-atvori sabablari shunchaiik to'g'rilangan bo'ladi. Sabablami 
o'rganishning sotsiologik va psixologik darajalarini farqlash kerak bo'ladi. Psixologik 
darajada harakatdan oldingi maqsdani bilib olish va qaror qabul qilish jarayoni 
tekshiriladi. Butun sabablami asoslash jarayoni maqsad qo'yish bilan tugaydi.
Sabablar yo'l-yo'riqlarini o'rganishda shuni nazarda tutish kerakki, ulaming 
mohiyati ko'proq qadriyatlar va normalar mazmunini, awalo, shaxsiy ehtiyojlar 
hamda qiziqish yo'nalishidan ko'ra, ijtimoiy jihatdan ma’qullangan qadriyatlar 
va normalar mazmunini aks ettiradi. Bunda sabablar ierarxiyasi qadriyatlar 
ierarxiyasidan kelib chiqadi. Ehtiyojlar va qiziqishlar tuzilishini esa faoliyatning 
har xil turlariga doir vaqt sarflari aks ettiradi. Turli ijtimoiy guruhlar xodimlari 
hulq-atvotining sabablari, yo'l-yo'riqlari, qadriyatli yo'nalishlarini, shuningdek, 
ulaming tuzilishini o'rganish xodim nima sababdan mehnat qilayotganligini 
aniqlash imkonini beradi. Mehnat faolligiga undovchi ichki sabablami bilish 
asosida yaratiladigan rag'batlar tizimi mehnatga munosabatlarning eng samarali 
turini shakllantirishning asosi hisoblanadi. Jamiyatda amal qilayotgan rag'batlar 
tizimi faqat xodimlaming yetakchi ehtiyojlari va qiziqishlarini amalga oshirishga 
yordam bergandagina samarali bo'ladi.
Vositalar 
Maqsadlar
Qadriyatlar
Ehtiyojlar

Moddiy 
|

Rag* ba tl anti rish

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish