Б.Б.Усманов,
Начальник «Учебно-методического
управления» ТГЭУ, к.э.н., доц.;
А.А.Исломов,
Старший предподаватель кафедры
«Региональная экономика и экология»
ТГЭУ, к.э.н.
Рецензенты:
Эксперты:
iqtisodning klassik qonunlariga ko'ra yollanma ishchi hisoblanmas edi.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlar
mulk shakllarining xilma-xilligini vujudga keltirdi, mehnat yollanadigan
bo‘lib, ishchi kuchi tovarga aylandi.
Mehnat to‘g‘risidagi fanlardan bin «Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi»
fanidir. Odamning moddiy va ma’naviy boyliklar yaratish borasidagi
maqsadga yo'naltirilgan, ongli faoliyati bo'lm ish m ehnat ushbu fan
o'rganadigan obyekt bo'lib hisoblanadi. Mehnat, shuningdek, ko'plab boshqa
fanlar, jumladan mehnat fiziologiyasi va psixologiyasi, mehnat statistikasi,
mehnat gigienasi, mehnat huquqi va shu kabi bir qator fanlami ham
o'rganish obyektidir. Ushbu fanlar tadqiqot predmeti, ya’ni obyektning
qaysi tomonini o‘rganishi bilan bir-biridan farqlanadi.
Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi kursining mazmuniga mehnat va
mehnat munosabatlari sohasidagi ham nazariy, ham amaliy masalalar
kiritilgan bo‘lib, ular qanday natijalar berishiga iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan
baho berish nuqtai nazaridan qarab chiqiladi. H ar qanday nazariya
tushuntiruvchi va prognoz qiluvchi kuchga ega. Biroq amaliyot nazariy
kontekstsiz mustaqil ahamiyatga ega bo‘lmaydi. Shuning uchun ham kurs
masalalarini o ‘rganish talabalarga konkret faoliyat sharoitida shaxsiy
bilimlaridan yanada chuqurroq foydalanish imkonini beradi. Kurs korxona
miqyosida mehnatni tashkil etish va uni amalga oshirish omillari, shart-
sharoitlari, mehnat bozorining mavjud bo‘lishi, ish bilan bandlik, ish haqi
va uni tashkil etishda davlat siyosati, kishilaming ehtiyojini qondirish uchun
mo‘ljallangan moddiy va m a’naviy qadriyatlarning oshib borishida mehnatning
roli singari asosiy kategoriyalar va tushunchalami o'rganish, shuningdek,
«Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi» ko'rsatkichlarini iqtisodiy va ijtimoiy
jihatdan tahlil qilishni e ’tiborda tutadi. Bundan maqsad — ulaming o'zgarib
borish tamoyillarini aniqlash, rejalashtirish va prognoz qilishdir.
Fan bo‘yicha o ‘quv adabiyotlarining qiyosiy tahlili. Zamonaviy ta ’lim
albatta turdosh yo‘nalish bilan o ‘qitiladigan fanlar bo‘yicha yaratilgan
namunaviy va ishchi dasturlar, qolaversa darslik va o ‘quv qo'llanmalaming
qiyosiy tahlilini amalga oshirishni talab etadi. Iqtisodiy muammolaming
yechimiga xizmat qiladigan fanlaming har birini o ‘ziga xos xususiyatlari
mavjud. Jumladan, “Mehnat iqisodiyoti va sotsiologiyasi” fani iqtisodiyot
yo'nalishi fanlari ichida mehnat masalalarini iqtisodiy va ijtimoiy tomonlarini
o‘rganadi. Shunday ekan, qo‘yida keltirilayotgan qiyosiy tahlil aynan mazkur
fanning yanada miqyosliligidan dalolat beradi.
B .M .G enkin to m o n id an Rossiyada 2005“ yilda
chop etilgan
6
“Экономика и социология труда” darsligi 15 bobdan iborat bo'lib, unda
mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi fanining predmeti va metodologiyasi,
turmush sifati, inson salohiyati, mehnat samaradorligi, mehnatni tashkil
etishning asosiy tushunchalari, ish vaqti sarfi va mehnat jarayonlari
tadqiqoti, daromadlar va ish haqini taqsimlash, sanoatda mehnatni tashkil
etish va ish haqining xususiyatlari, ijtimoiy mehnat munosabatlari, inson
resurslarini boshqarish tizimi va shu kabi masalalar atroflicha ko'rib chiqilgan.
Abdurahmonov Q.X. va Xolmo‘minov Sh.R. tomonidan 2004 yilda
yaratilgan «Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi» о‘quv qo'llanmasi 14
bobdan iborat bo'lib, unda «Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi» fanining
predm eti, m ehnat faoliyatini tashkil etish, m ehnat resurslarining
shakllanishi
va ulardan foydalanish, aholini ish bilan ta’minlash
va
ishsizlik, mehnat bozori, mehnat resurslari balansini tuzish, aholining
turmush darajasi va daromadlari, ish haqi tizimi, mehnat unumdorligi,
mehnatga munosabat va moslashish, aholini ijtimoiy muhofaza qilish, mehnat
sohasida aniq sotsiologik tadqiqotlar o ‘tkazish kabi asosiy muammolar
batafsil yoritilgan.
Abduraxmonov K.X. va Sharifullina T.A. tomonidan 2002 yilda nashr
etilgan “Экономика и социология труда” o ‘quv qo'llanmasi ikki
bo'limdan iborat bo'lib, birinchi bo'lim mehnat iqtisodiyoti muammolariga,
ikkinchi bo'limi mehnat sotsiologiyasi masalalariga qaratilgan. Unda mehnat
haqidagi asosiy tushunchalar, mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi fanining
predmeti, jamiyat mehnat salohiyati va mehnat resurslari, aholini ish bilan
bandligi, mehnat bozori, mehnatni tashkil etish va normalash, mehnatga
haq to 'lash tizim i, m ehnat m otivatsiyasining m ohiyati, m ehnatni
rag'batlantirish, aholini turmush darajasi, mehnatni boshqarish tizimi va
shu kabi muammolar yoritib berilgan.
Abdurahmonov Q. va boshqalar tomonidan 2001 yilda chop etilgan
“Mehnat itisodiyoti va sotsiologiyasi” darsligi 22 bobdan iborat bo'lib,
unda mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi fani muammolari bilan bogliq
bir qator nazariy va amaliy masalalaming mohiyati ochib berilgan.
Unda fanning predmeti va mazmuni, mehnat faoliyatini tashkil etish,
m e h n a t re su rslrin i sh a k lla n ish i, a h o lin i ish b ila n t a ’m in la sh ,
ishsizlik,mehnat bozori aholi daromadlari va ish haqi, mehnat unumdorligi
va mehnat ko'rsatkichlarini tahlil etish, xodimlaming mehnatga munosabati
va moslashuvi, nizolar, ijtimoiy kafolatlar kabi sotsial muammolarga keng
o'rin berilgan. Ba’zi muammolar O'zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o'tish
davridagi xususiyatlari o'ziga xosligini va ularni xorijiy mamlakatlar
7
iqtisodiyoti bilan qiyosiy taqqoslash orqali ko‘rsatishga harakat qilingan.
Shoyusupova N.T. tom onidan 2004 yilda yaratilgan “ M ehnat
sotsiologiyasi” o'quv qo‘llanmasi 11 bobdan iborat bo‘lib, unda mehnat
sotsiologiyasining son va sifat ko‘nsatkichlari, ulaming shakllanishi, mehnat
potensiallaridan foydalanish, ijtimoiy-mehnat munosabatlari, aholining
ish bilan bandligi va migratsiyasi hamda mehnatga moslashish va ko'nikish
kabi mazkur fanning asosiy mavzulari batafsil bayon etilgan.
Shuunday qilib, ushbu lotin imlosida yaratilgan yangi avlod “ Mehnat
qitisodiyoti va sotsiologiyasi” o ‘quv q o ‘llanm asi avvalgi turdosh
adabiyotlardan qo‘yidagi jihatlari bilan farqlanadi:
•
Prezident farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va
m e’yoriy hujjatlardan keng foydalanilgan;
• o‘quv qo'llanmada fan bo‘yicha о‘quv adabiyotlarining qiyosiy tahlili
aks ettirilgan;
•
nazorat va muhokama uchun savollar miqdori va mazmuni yangidan
berilgan;
• qisqacha izohli lug‘atlar bilan boyitilgan;
• foydalanilgan m anba’lar tarkibi tubdan o‘zgartirilgan;
•
o‘quv jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalami o ‘ziga hos
xusussiyatlari yoritilib, bitta bobda to ‘liq foydalanilgan;
■
internet ma’lumotlari manzillari aks ettirigan.
Download Do'stlaringiz bilan baham: |