14.2. Aniq sotsiologik tadqiqotlarda asosiy tanlov turlari
Aniq sotsiologik tadqiqotlarda tanlovning bir qator turlari mavjud bo4ib,
biz quyida ularning asosiylari bilan tanishib chiqamiz (14.2-rasm).
Mutlaq tasodifiy tanlov.
Tanlovning ushbu turi umumiy majmuaning
istalgan elementiga tanlanish uchun teng imkoniyatlar yaratilishini ko‘zda tutadi.
Buning uchun umumiy ro‘yxat (familiya, alfavit, raqam bo‘yicha) tuziladi.
So‘ng muayyan ijtimoiy yoki ijtimoiy-demografik belgi bo‘yicha ro£yxatga
kiruvchi elementlarni guruhlab, umumiy majmuaning turli strukturalariga ega
bo‘lamiz, masalan jins, yosh, ma’lumot bo‘yicha.
Mutlaq tasodifiy tanlovni tashkil etishning ikki asosiy usuli mavjud:
tadqiqot birligini tanlashning tasodifiy qaytariluvchi va qaytarilmaydigan
usuli. Ular qur’a qutisi (lotereya) modeliga asoslangan bo‘lib, quyidagicha
amalga oshiriladi: yagona ro‘yxatda umumiy majmuaning har bir elementiga
hosilaviy raqam tamoyili bo‘yicha tartib raqami beriladi va har bir raqam
“chipta”gayoziladi, ular qutida obdan aralashtirilgach, tanlov majmuasiga
qanchamiqdordakuzatuv birligi lozim bo‘lsa, shuncha dona chipta ajratib
olinadi. Bunda tanlab olingan chiptalardagi raqamlar so‘rov o‘tkazilishi
lozim bo‘lgan respondentni ko‘rsatadi.
Mutlaq tasodifiy tanlov sotsiologik tadqiqotlarda juda kam qo‘llaniladi,
chunki umumiy majmuaning hajmi juda katta.
Mexanik tanlov.
Qo‘llash osonligi tufayli tanlovning bu usulidan keng
foydalaniladi. Mexanik tanlovning mohiyati quyidagicha: tanlov majmuasi
qancha elementdan tashkil topishi kerak bo‘lsa, umumiy majmua shuncha guruhga
bo‘linadi va har bir guruhdan bittadan kuzatuv birligi tanlab olinadi. Umumiy
majmuadan respondentni ajratib olishda kuzatuv birligining umumiy ro‘yxatidan
foydalaniladi. Bunday hujjat sifatida alfavitli ro‘yxat, saylovchilar ro‘yxati,
tasodifiy raqamlar jadvali yordamida raqamlangan ro‘yxatlami keltirish mumkin.
So‘ng tanlov amalga oshiriladi. Buning uchun kuzatuv birligi orasidagi
masofani ifodalovchi hisob qadami quyidagi tenglik orqali aniqlanadi:
132
N
R
------
n
Bunda:
N
- umumiy majmua hajmi;
n
- tanlov majmuasi hajmi.
Tipik
tanlov.Tipiktanlov tamoyiii quyidagicha: umumiy majmua ayrim
belgilar bo‘yicha tipik guruhlarga bolinadi va tadqiqot kuzatuv birligi
har bir guruhdan alohida tanlab olinadi.
Tipik tanlovda asosiy vazifa umumiy majmuani tipik guruhlarga,
masalan, ma’lumot, yosh, mehnat staji va hokazo ajratiladigan ijtimoiy-
demografik tavsiflarni to'g'ri tanlab olishdan iborat. Toifalash asosi sifatida
umumiy majmuani ko‘proq variatsiyalaydigan belgini tanlash maqsadga
muvofiq. Bu holda toifalash orqali nisbatan turdosh guruhlar olinadi va shu
tariqa tanlovning aniqligi oshadi.
Seriyali tanlov. Ba’zi hollarda sotsiologik tadqiqotlarning asosiy
vazifasini bajarish uchun kuzatuv birligi sifatida alohida respondentni
tanlab olish yetarli boMmaydi (masalan, brigadalar, guruhlarning mehnat
samaradorligini o‘rganishda), balki birlik sifatida butun jamoani tanlash
maqsadga muvofiq va jamoaning har bir a’zosi bilan alohida so‘rov
o‘tkaziladi. Seriyali tanlovda kuzatuv birligi sifatida guruhlar tanlanadi va
ularda to ‘liq so‘rov o ‘tkaziladi.
Tadqiqot uchun seriyalarni tanlab olish mutlaq tasodifiy yoki mexanik
tanlov orqali amalga oshirilishi mumkin.
Ko‘p bosqichli tanlov. Agar ijtimoiy tadqiqot obyekti yirik korxona boMsa,
bevosita kuzatuv birligini tanlab olishga kirishishdan awal, oraliq bosqichlarda
tanlov amalga oshiriladi va har bir bosqichda bir xil usuli qo‘llaniladi.
Kuzatuv birligini tanlashda umumiy majmua turli sanoqdagi guruhlar, quyi
guruhlar va sh.k.dan tashkil topadi. Birinchi bosqichda tanlov yirik guruhlarda,
so‘ng quyi guruhlarda o‘tkaziIadi. Eng oxirgi bosqichda kuzatuv birligining o‘zi
tanlab olinadi.
Kvotali tanlov. Ushbu usulni qollash uchun umumiy majmuada ijtimoiy-
demografik tavsiflarning taqsimlanishi to‘g‘risida ma’lumot zarur. Shundagina
strukturasi tanlangan tavsiflari bo‘yicha umumiy majmua tuzilishiga monand
tanlov uslubiyati tuzilishi mumkin.
Agar tanlov va umumiy majmuaning strukturalari jins va ma’lumot bo‘yicha
mos kelsa, u holda shu ikki tavsif bo‘yicha kvota parametrlari tuziladi.
Kvotali tanlov usuli sotsiologik tadqiqotlar amaliyotida keng foydalaniladi
va tadqiqotlarni boshqa tanlov usullari qoMlaniladigan hollarga qaraganda tez va
kamroq xarajat qilib o‘tkazish imkonini beradi.
133
Download Do'stlaringiz bilan baham: |