so‘ng respondentga o‘zining alohida fikrini bildirish imkoniyati yaratiladi.
Shaklan savollar to‘g‘ri va proyektiv yoki bilvosita boiishi mumkin. To‘g‘ri
savollar bevosita mavjud vaziyatga taalluqli boiadi. Masalan “Sizni ishingiz,
~ boshligingiz, hamkasblaringiz va hokazolar qoniqtiradimi?”. Bevosita
savollarning kamchiligi shundaki, respondentlar ularga obyektiv javob berishni
istamaydi. Projektiv yoki bilvosita savollar jamoa, kichik guruhlardagi shaxslar
o‘rtasidagi munosabatlami oydinlashtirish uchun qulayroq hisoblanib, anketali
so‘rovlardan tashqari sotsiometrik tadqiqotlarda ham qoilaniladi. Savolning bu
turi, odatda, quyidagicha tuziladi: “Faraz qiling (yoki agarda) siz boshqa ishga
oidingiz, oldingi boshligingiz, hamkasblaringiz va hokazolar bilan ishlashni
istarmidingiz?”
Vazifasiga qarab savollar asosiy, saralash, nazorat va kontakt savollarga
bolinadi.
Asosiy savollar hodisalar va ijtimoiy faktlar haqida ma’lumot olishga
moijallangan. Saralovchi savollardan kerakli respondentni aniqlash yoki uning
axborotga egalik darajasini tekshirish uchun foydalaniladi.
Nazorat savollari asosiy savollarga berilgan javoblarning to‘g‘riligini, olingan
maiumotning ishonchliligi va sifatini aniqlash uchun qo‘yiladi.
Kontakt savollar respondentni anketaga o‘rgatish va u bilan aloqaga kirish
uchun qoMlaniladi. Anketa kontakt savoldan boshlanadi, shuning uchun u
respondent tushunadigan va keyingi savollarga javob berishga qiziqish
uyg‘otadigan darajada sodda va qiziqarli boiishi kerak.
Anketaning tuzilishi. Kirish qismi so'rov oikazayotgan tashkilotning nomi,
so‘rovning maqsadi va ijtimoiy tadqiqot natijalaridan qay taxlit foydalanish
ko‘rsatiladigan respondentga murojaatdan iborat boiib, unda javob beruvchining
shaxsiy ishtiroki,ahamiyati va muhimligi ta’kidlanadi, javoblarning sir saqlanishi
kafolatlanadi, anketani toidirish qoidalari tushuntiriladi.
Asosiy qism, odatda, bir necha savollar bloklarini o‘z ichiga oladi. Birinchi
blok haqiqiy ma’lumot olishga qaratiladi va uncha qiyin bolmagan savollardan
tashkil topadi. Ikkinchi blokda savollar murakkablashib boradi, masalan,
respondentning qadriyatlar orientatsiyalari, ijtimoiy maqsadlari, fikrlari va
munosabatlari aniqlanadi. Uchinchi blok eng nozik va nazorat savollaridan
iborat bo‘lib, ma’lumotni chuqurlashtirish va tekshirishga qaratiladi.
Anketaning demografik qismi respondentning ijtimoiy maqomi va ijtimoiy-
demografik tavsiflari, masalan, lavozimi, kasbi, oilaviy ahvoli, jinsi, yoshi,
mehnat staji, oilaning jon boshiga to‘gJri keladigan daromadi va hokazolar
taalluqli savollardan tuziladi.
So‘rov sifatini ta’minlaydigan asosiy qoidalar. Birinchidan, faqat ma’lumot
to‘plashning boshqa yoilari bilan, masalan, rasmiy hujjatlar orqali javob olish
mumkin boimagan, asosiy savollargina kiritilishi lozim.
Download
Do'stlaringiz bilan baham: