Toshkent davlat iq tiso diyo t universiteti q. X. Abdurahmonov



Download 7,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/128
Sana14.07.2022
Hajmi7,45 Mb.
#800835
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   128
Bog'liq
3150-Текст статьи-7814-1-10-20200908

Ichki omillarga 
korxonaning texnika bilan qurollanish darajasi, 
qo‘llaniIayotgan texnologiyaning samaradorligi, mehnat va ishlab chiqarishning 
energiya bilan ta’minlanishi darajasi, tatbiq etilayotgan rag‘batlantirish 
tizimlarining ta’sirchanligi, kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish,ular 
tarkibining yaxshilanishi kabi korxona rahbarlariga bog‘liq bo‘lgan barcha narsalar 
kiradi. 
Tashqi omillarga 
quyidagilami kiritish mumkin: davlat buyurtmalari va 
bozordagi talab hamda takliflaming o'zgarishi munosabati bjlan mahsulot turlari 
va ularning sermehnatlik darajasi o‘zgarishi; jamiyat va mintaqalarning ijtimoiy- 
iqtisodiy o‘zgarishlari; mehnatning kooperatsiyalashuv darajasi, moddiy texnika 
ta’minoti, tabiiy shart-sharoitlar va hokazolar.
Barcha omillarni o‘z ichki mazmuni va mohiyatiga ko‘ra, uchta guruhga 
bo'lish mumkin: moddiy-texnika; tashkiliy va ijtimoiy-iqtisodiy. Mehnat 
unumdorligini oshirishning moddiy asosi fan, texnika va texnologiyani 
rivojlantirish, ularning yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy etishdir. Shuning 
uchun ham 
moddiy-texnika omillari 
guruhiga, odatda, yetakchi va qolgan 
barcha omillarni belgilovchi guruh deb qaraladi.
Mehnat unumdorligini oshirishning 
moddiy-texnika omillariga 
fan-texnika 
taraqqiyotini uzluksiz rivojlantirish asosida mehnatning texnika va energiya bilan 
ta’minlanishini oshirish kiradi. Ishlab chiqarishda fan-texnika taraqqiyotining 
asosiy yo‘nalishlari quyidagilardir: ishlab chiqarishning avtomatlashtirishga o‘tish 
munosabati bilan uni mexanizatsiyalash; mehnatning energiya bilan ta’minlanish 
darajasini oshirish asosida mashina va asbob-uskunalar quwatining ortishi; 
ishlab chiqarishni elektrlashtirish va hokazo.
Mehnat unumdorligining o'sishiga doir 
tashkiliy omillarga 
korxonalar, 
tarmoqlar va umuman, xalq xo‘jaligi darajasida ishlab chiqarishni tashkil etish 
kiradi. Xususan, korxonalarni mamlakatimiz hududlari bo‘yicha joylashtirish, 
ham mamlakat ichida, ham chet mamlakatlar bilan transport aloqalarini yo'lga
94


q o 'y ish ; korxonalarni ixtisoslashtirish va ularning keyinchalik 
kooperatsiyalashuvi; moddiy-texnika, energiya ta’minoti, ta’mirlash xizmati 
ko'rsatish va hokazolar katta ahamiyatga egadir.
Tashkiliy omillar tizimida kadrlar tarkibining yaxshilanishi - boshqaruv 
xodimlari sonining nisbiy qisqarishi va sanoat - ishlab chiqarish xodimlari 
umumiy sonida ishchilar salmog'ining, bular orasida esa asosiy ishchilar 
salmog'ining ortishi muhim o'rin tutadi. Sanoat - ishlab chiqarish xodimlari 
umumiy sonida ishchilar salmog‘i qanchalik yuqori boisa, bitta xodimga to'g'ri 
keladigan mehnat unumdorligi ham shunchalik yuqori bo'ladi.

Download 7,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish