TUKILLATISH - PERKUSSIYA (PERCUSSIO)
Tukillatish - tana yuzasiga urganda chiqadigan tovushni o'zgarishiga asoslangan klinik tekshiruv usuli hisoblanadi. Bu usul L.Auenbrugger tomonidan (1761) taklif qilingan. Tananing har xil kismlarini tukillatganda har xil tovush eshitadi. Tukillatish tovushining xususiyati shu tukillatgan organning zichangiga, cho'ziluvchanligiga, tarangligiga bog'liq. Tukillatishda tebranish harakati paydo bo'lib, u bizning qulog'imizga tovush sifatida eshitiladi. Zich joylashgan, o'zida xavo tutmaydigan a'zolar mutlaq bo'g'iq tovush beradi. Shuning uchun jigar, taloq, buyrak, havosiz o'pka, suyuqliklarni tukillatishda bir-biridan farq qilish qiyin. Ko'krak qafasini va qorin bo'shlig'ini tukillatganda paydo bo'ladigan tovushlar ular tutgan havo miqdoriga bog'liq. Hozirgi vaqtda barmoqni barmoqqa urib tukillatish odat tusiga kirgan. Buni bilvosita tukillatish deyiladi. Barmoqni-barmoqqa tukillatganda faqat qo'l panjasi ishlashi kerak. Tukillatish bir xil kuch bilan, tez va qisqa, barmoq perpendikular (tik) bo'lgan holatd bajarilishi kerak.
Bevosita tukillatish ko'rsatkich barmoq bilan bajariladi Tukillatishlardagi tovushlar farqi orqali a'zoning chegaralari, kattaligi, joylashishi aniqlanadi.
Topografik tukillatish orkali har bir a'zoning joylashish shakli va kattaligi aniqlanadi. Ko'krak qafasining simmetrik sohalarini tukillatish orqali patologik o'choq qayerda joylashganligini aniqlashimiz mumkin.
Tukillatishda quyidagi maqsadga muvofiq har xil kuch bilan uriladi: kuchi bo'yicha tukillatish tovushi qattiq (tiniq) va sekin (bug'iq) bo'lishi mumkin, balandligi bo'yicha - baland va past, aks etishi bo'ykcha - timpanik, notimpanik va metall tovushini aks ettiruvchi tovushlar farqlanadi. Tovush balandligi tovush tebranishi tezligiga bog'liq. Masalan: o'pka to'qimasida havo ortib ketganda (emfizema) tukillatish tovushi past bo'ladi (tebranish tezligi 70-80 sek). Me'yoriy tebranish tezligi 100-130 sek ga teng. O'pka to'kimasi qattiqlashganda u 400 gacha ko'payadi.
Timpanik tovush nog'ora chalgandagi tovushni eslatadi. (tymponon - nog'ora). Me'yorda oshqozon va ichaklar nog'ora tovushini beradi.
1) Tukillatish vaqtida bemorning vaziyati qulay bo'lishi kerak, u o'tirgan yoki turgan holatda bo'lishi. faqat og'ir bemorlar yotgan holatda tukillatiladi.
2) Xona iliq va jimjit bo'lmog'i maqsadga muvofiq.
3) Vrach qulay vaziyatda bo'lgani yaxshi.
4) Uriladigan barmoq tukillatish sohasiga zich qo'yilishi hamda iliq bo'lishi zarur.
5) Tukillatishda kaft xarakati bilan ishlanishi, bir xil kuch ishlatilishi, barmoqlar perpendikular (tik) bo'lishi, qisqa-qisqa urilishi kerak.
6) Topografik tukillatishda baland tovushdan past tovushga tomon boriladi va chegara chizig'i barmoq plessimetrning (anik) tiniq tovush tomonidan belgilanadi.
7) Qiyosiy tukillatish faqat simmetrik sohalarda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |