Toshkent davlat agrar unversiteti termiz filiali



Download 30,46 Mb.
bet82/211
Sana02.04.2022
Hajmi30,46 Mb.
#525045
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   211
Bog'liq
QXM va A ma\'ruza (2) (3)

2-Amaliy ish
Mavzu: Traktor va avtomobillarni elektr jihozlarni
Ishning maqsadi: Elektr jihozlarning vazifasi tarkibiy qismlari ishlashi va sozlamalarni o’rganish.
Ish mazmuni: Elektr jihozlarini aslini sinchiklab ko’rib chiqib ularni plakat va chizmalardagi tasviri bilan taqqoslab o’rganish. Dvigatellarni yurgizib yuborishning quyidagi uch usuluni farqlash. Tutgich (qo’l dastagi), yurgizib yuborish dvigatellari vaelektrostarter bilan.
Umumiy ma’lumotlar: Traktor va avtomobillarda elektor toki yoritish vositalari dvigatellarni tsarter yordamida yurgizish, karbyuratorli dvigatellarda silindrdagi yonuvchi aralshmani yondirish. Yorug’lik va ovoz signallarini ishlatish va boshqa elektor jihozlarini ishga tushirish uchun hizmat qiladi.
Elektor jihozlari tok manbalari, tok iste’molchilari tekshiruv o’lchov asboblari qo’shib - uzgich va simlardan iborat bo’ladi. Tok manbalariga o’zgaruvchan va o’zgarmas tok generatorlari, akumlyatorlar batareyasi va Magneti kiradi. Tok iste’molchilariga esa yoritish, ogohlantirish lampochkalari, tsarter, ovoz signallari va boshqa asboblar kiradi.
Bu pribor 12 V kuchlanishli o’zgarmas elektor toki bilan ta’minlanadi.
Avtomobil va tarktorlarda bir simli elektor zanjiri qabul qilingan bo’lib tok manbalari iste’molchilar bilan bir sim orqali tutashtirilgan. Ikkinchi sim vazifasini ularning metal qismi (massasi) bajaradi. Tok manbalarining manfiy tomoni “massa” ga ulanadi. Qisqa tutashuv vaqtida asboblar va simlar kuchli toklardan saqlagichlar predoxranitel yordamida himoya qilinadi.
Tok manbalari gupasi - akumlyator batareyasi, o’zgarmas va o’zgaruvchan tok generatorlari, Rostlash va tekshirish asboblarini o’z ichiga oladi ishlab turgan dvigatellardan harakat oluvchi o’zgarmas tok yoki o’zgaruvchan tok generatorlari traktor va avtomobillarni hamma elektor iste’molchilarini tok bilan ta’minlaydi.
Akumlyatorlar batareyasi generator ishlayotgan vaqtda elektor energiyasini to’plab, dvigatel to’xtab turgan vaqtda yoki uni yurgizib yuborishda hamma iste’molchilarni tok bilan ta’minlaydi.
Rostlash asboblari generator bilan akumlyatorlar batareyasini o’zaro muvofiqlashib ishlashini yoki dvigatelning aylanishlar soni o’zgarmagan vaqtda yolg’iz generatorning ishlashini ta’minlaydi. Tekshiruv asbobi, akumlyatorlar batareyasining ish rejimining zaryadlanishi tekshirib turishga imkon beradi. Dvigatelni yurgizib yuborish sistemasiga tsarter, hamda cho’g’lanma spiranlar yoki svechalar kiradi. Akumlyatorlar batareyasidan yenergiya olib ishlovchi tsarter dvigatelni yurgizib yuborish vaqtida uning tirsakli valini aylantirib beradi. CHo’g’lanma spirallar yoki svechalar dizelni yurgizib yuborish vaqtida silindrga boradigan havoni isitib beradi.
Traktorni yoritish sistemasiga elektor lampalar oldingi va ketingi faralar yoki fanarlar, asboblar shitini yorituvchi fara, kabinani yorituvchi plafon, yoritish sistemasining o’chirib yoqgichi, tirkama mashinalar yorituvchi faralarining rozvetkasi va boshqalar kiradi. Yorig’lik va ovoz ogohlantirgichi traktorning burilishi haqida ogohlantiruvchi yorug’lik ko’rsatgichlari, to’xtash signali va tovush signali vositasida traktor harakatining xafsizligini ta’minlaydi. Yurish dvigatelni yondirish sistemasiga yuqori kuchlanishli magnito o’chirgich o’t oldirgich, svechalar va simlar kiradi.
Akumlyator batareyasi tok iste’molchilarini tok bilan ta’minlaydi. (Yondirish sistemasini elektor lampalarni starterni va boshqalar). Doimiy o’zgarmas tok dvigatel ishlayotganda yoki kichik oborotlarda ishlayotganda iste’molchilarni ta’minlaydi.
Ko’pchilik traktor va avtomobillarda kislatali-qo’rg’oshin akumlyator batareyasida qo’llaniladi.
Akumlyator batyareyasini hamma qismlari umumiy bakka yeg’ilgan bo’lib ular to’siqlar yordamida alohida akumlyator kameralariga ajratilgan. Har bir akumlyator utsida qopqoq va quyish teshigini berkitib turuvchi probkadan iborat. Har bir akumlyatorda musbat va manfiy plastinkalar yeg’indisi bo’lib bir biridan seperatorlar yordamida himoyalangan qilinib joylashtiriladi.
Bak plastmassa yoki ebonitdan tayyorlangan bo’ladi. Har bir akumlyatorda bir nechta musbat va manfiy plastinkalar ketma ket qilib joylashtirilgan. Akumlyator plastinkalari kam miqdorda surma qo’shilgan qo’rg’oshindan quyilganpanjara ko’rinishida yasalib ularga oksidlanga qo’rg’oshin parashogi preslangan. Bir turli platsinalar bir yarim blokka qo’rg’oshin peremichkalar bilan tutashtirilib shtirlar orqali klemmalarga
chiqarilgan. Akumlyatordagi separatorlar bilan ajratilgan platsinkalar bak tubidagi qovurg’alarga tegib turadi. Eng chetidagi manfiy va musbat klemmalarga qismlar biriktiriladi. Akumlyatorlar batareyasi sig’imi va tok kuchlanishi bilan harakatlanadi.
Akumlyator sig’imi deb - elektro energiyasini zaryadga vaqtida yutib, zaryadlanish vaqtida esa ma’lum qiymatgacha yetguncha bera olishga aytiladi. Akumlyator batareyasi sig’imi platsinkalar soniga va uni razmyerlariga bog’liq bo’lib ampera - soat da o’lchanadi. Zaryadlangan vaqtda har bir akumlyatorning kuchlanishi 2 V ga teng bo’lib to’liq zaryadlanganda 1,7 V ga tushib qoladi.
Bitta akumlyatorni kuchlanishi traktor va avtomobillarning elektor jihozlarini tok bilan ta’minlay olmaydi. SHuning uchun bir necha akumlyatorlar birga bayareyaga yeg’iladi. Ular ko’pincha 3 yoki 6 bankali akumlyatorlardan iborat bo’ladi. Akumlyatorlar batareyasi ma’lum nomlar bilan belgilanadi. Misol uchun : 6-TS-42 EMZ akumlyator batareyasi T-4A traktorlarida qo’llaniladi.
Birinchi raqam batareya necha elementdan iboratligini 42 - sig’imini (Amper soat) TS - batareya tsarter tipidagi, sonlardan keying hariflar esa bak materiyali (ebonit). M - separator materiyali (mipor yoki millaet), 3 harifi esa batareya quruq zaryadlangan. Generatorlar. Generator - dvigatel ishlab turgan vaqtda mexaniq energiyani elektor yenergiyaga aylantirib, elektor toki ishlab chiqaradi va akumlyator batareyasini zaryadlaydi.
Generatorlar ishlash prinspiga ko’ra 2 xil bo’ladi :
1. O’zgarmas tok generatorlari
2. O’zgaruvchan tok generatorlari
TTZ-80X traktorida o’zgaruvchan tok generatori ishlatiladi.
Generatorning asosiy qismlari quyidagilar : korpus, 2 qopqog’i elektromagnitlar qopqog’i o’rnatilgan o’zakdan iborat. Aylanuvchi yakor o’zak chulg’am va kollektor shetkalar va shetka tutgichlaridan harakat uzatuvchi shkif korpus ichida vintlar yordamida 2 temir o’zak mahkamlangan. Bu temir o’zaklarga iydirish chulg’amlari o’ralgan. Ko’pchilik traktorlar yuk avtomobillariga elektromagnitlardan uyg’onadigan o’zgaruvchan tok generatorlari o’rnatilmoqda. Bunday generatorlar magnit oqimini o’zgarmas elektor toki o’tkaziladigan uyg’otish chulg’ami hosil qiladi. 3 fazali generatorlar uyg’otish chulg’amining xolatiga qarab 2 grupaga bo’linadi :
1. Uyg’otish chulg’ami qo’zg’almas
2. Uyg’otish chulg’ami aylanadigan
Uyg’otish chulg’ami qo’zg’almas generatorlar ko’pchilik akumlyatorli dvigatelarida qo’llaniladi. Bu generatorlar ishonchliligi, tuzilishi, oddiyligi va texnik xizmat ko’rsatishi murakkab emasligi bilan afzaldir.
Rele - regulyator generatorni tok zanjiriga ulash yoki ajratish kuchlanishini Rostlash va uni zo’riqib ishlashidan saqlash uchun qo’llaniladi. Rele - regulyator 3 ta pribordan iborat bo’ladi : Kuchlanishlar regulyatori, tok cheklagich va teskari tok relesidan iborat. Kuchlanishlar regulyatori - generator yakor aylanishlar soni o’zgarganda, kuchlanishni normal holda saqlashga xizmat qiladi. Generator ishlab chiqaradigan tokning kuchlanishini 13,5-14 V dan oshirmaydi. Buning ishlashi generator yakorining aylanishlar soni ortganda kuchlanishlar ortganda uyg’otish chulg’ami zanjiriga qo’shimcha qarshilik qo’shadi. Natijada generator kuchlanishi, normal qiymatga tushadi. Tok cheklagich - generator ishlab chiqaradigan tok kuchining mo’ljaldagidan ortishiga yo’l qo’ymaydi. Iste’molchilar ortishi bilan generator ishlab chiqaradigan tok ham ortadi bu esa, o’zak chulg’amining ortiqcha qizishiga va batareyaning zaryadlanishiga sabab bo’ladi. Tok cheklagich releysi ham uyg’otish chulg’ami zanjiriga qo’shimcha qarshilik qo’shadi. Teskari tok releysi generator ishlab chiqargan tok kuchlanishi, akumlyator batareyasining kuchlanishidan ortganda, generatorni tok zanjiriga ulaydi. Uning kuchlanishi batareya kuchlanishidan kamayganda generatorni tok zanjiridan uzib, zanjirga batareyani ulaydi. Buning natijasida reley batareyani zaryadlanishini generator uyg’otish chulg’amidan o’tishni, kichik kuchlanishlardan saqlaydi, generator cho’lg’amlarini batareya toki bilan qizishdan saqlaydi.
Yondirish sistemasi. Karbyuratorli dvigatel tslindyerlarida, ish aralashmasini yondirish uchun yondirish sistemasi xizmat qiladi.
Dvigatel silindrida siqilgan ish aralashmasi o’t oldirish svechasida hosil bo’lgan uchqundan alangalanadi. Uchqunli zaryad hosil qilish uchun zarur bo’lgan yuqori kuchlanishli tok, batareyali yondirish priborlaridan yoki magnitodan olinadi. Batareyali yondirish sistemasi. Zamonaviy avtomobillarning ko’pchiligida bayareyali yondirish sistemasi qo’llaniladi.
Yondirish sistemasining vazifasi yonish kamerasida siqilgan ish aralashmasini siqish taktining oxirgi ma’lum momentida alangalatib beradi. Aralashma svechaning elektrodlari orasida hosil qilingan elektor zaryadi orqali yondiriladi. Siqilgan havo va benzin parlari katta elektor qarshiligiga ega bo’ladi. SHuning uchun bu qarshilikni yengish uchun svecha yelektrodlariga yuqori kuchlanishli tok zarur (12000 - 2000 V).
Ko’p silindrli dvigatellarda ish aralashmasini yondirish ketma-ket silindrlarning ishlash tartibiga mos ravishda hosil qilib uni silindrlarga taqsimlab yetkazib berish uchun batareyali yondirish sistemasining priborlari bajaradi.
Batareyali yondrish sistemasiga quyidagi asboblar kiradi: akumlyator batareyasi va generator, rele - regulyator bilan, yondirish g’altagi uzgich - taqsimlagich, kandensator, yondirish svechasi, yondirish qlufi, yuqori kuchlanishli simlar. Bu priborlar bir - biri bilan simlar yordamida tutashtirilib, past va yuqori kuchlanishli tok zanjirini xosil qiladi. Pas kuchlanishli tok zanjirli akumlyator yoki generatordan tok bilan ta’minlanadi. Ularga uzgich yondirish g’altagi bir lamchi chulg’am qo’shimcha qarshilik bilan va yondirish qulufi ketma - ket ulangan. Yuqori kuchlanishli tok zanjirlariga, yondirish g’altagi, ikkilamchi chulg’am, taqsimlagich, yuqori kuchlanishli simlar va yondirish svechasi ketma- ket ulangan. Pas kuchlanishli tok akumlyator batareyasini nusbat klemmasidan yoki generatorni musbat shetkasidan tsarterning qo’shgich kontaktlari orqali, ampermetr, yondirish qlufi, yondirish g’altagining birlamchi chulg’ami va qo’shimcha qarshilikdan, uzgichni qo’zituvchi kantak orqali o’tadi. Kulachok aylanganda qo’zga’luvchi kontak bir ajralib, bir qo’shilib qo’zg’almas kontaktga tegib ajrala boshlaydi. Qo’zg’almas kontaktdan tok akkumulyatorni manfiy kelemmasiga (yoki generatorni manfiy shetkasiga) keladi. Yondirish g’altagining birlamchi cho’lg’amidan tok o’tganda uning atrofida magnit maydoni xosil bo’ladi. O’chgich kontaktlari ajralganda birlamchi cho’lg’am atrofida hosil bo’lgan magnit maydoni yo’qoladi va magnit kuch chiziqlari yondirish g’altagining ikkilamchi chulg’amni kesib o’tadi.
Buning natijasida chulg’amda yuqori kuchlanishli tok induksiyalanadi. Bu tok taqsimlagich rotori orqali svechalarga taqsimlanadi. Yondirish g’altagi pats kuchlanishli tokni svecha elektrodlari orasida uchqun hosil bo’lishi uchun zarur bo’lgan yuqori kuchlanishli tokka aylantiradi. U po’lat korpus, o’zak birlamchi va ikkilamchi chulg’amlar, karbolit qopqoq va qo’shimcha rezitsordan tashkiltopgan. O’chgich - taqsimlagich pats kuchlanishli tokni uzish va yuqori kuchlanishli tok dvigatel silindriga taqsimlash uchun zarur. Ochgichga korpus yuritish vali, qo’zg’aluvchan va qo’zg’almas disklar kulachok hamda o’t oldirishni ilgarilatish regulyatorlari kiradi.
Tranzitsorli yondrish sistemasi batareyali yondirish sistemasiga, soda bo’lganligidan keng tarqalgan, lekin bir qancha jiddiy kamchiliklarga ega : yuqori kuchlanishli tokning kuchi, dvigatel tirsakli valining aylanishlari soniga bog’liq, uzgich kontaktlari orqali xiyla kuchli tok kontaktlarning tez eskirishiga sabab bo’ladi, siqish darajasi yuqori bo’lgan va ko’p silindrli tez yurar dvigatellarda ish aralashmasi yaxshi alangalamaydi. Keyingi vaqtda chala o’tkazgich elementli - tranzitsorlar qo’llaniladigan , yondirish sistemasi ishlab chiqarilmoqda, bu sistema ko’rib o’tilgan sistemadan murakkabroq, lekin ko’p afzalliklarga ega. Tranzitsorli yondirish sistemasining o’ziga xos xususiyati shundan iboratki yondirish g’altagi bilan uzgich kontaktlari orasiga tranzitsorli quvvat kuchaytirgichli ulangan.
Magnetili yondirish sistemasi. Magneti - bu elektromagnit apparat bo’lib, past kuchlanish o’zgaruvchan tok generator, transformator va tokning uzgich taqsimlagichidan iboratdir. Bu asbob yuqori kuchlanishli tok ishlab chiqib, kerak momentda svecha elektrodlariga yetkazib beradi. Bu vaqtda elektrodlar orasida uchqun hosil bo’lib, ish aralashmasini Yondirib beradi. Bir silindrli dvigatel Magnetilarida, taksimlagichli bo’lmaydi. Magneti quyidagicha ishlaydi. Rotorni aylanishidan birlamchi chulg’amda pats kuchlanishli tok xosil bo’ladi. Bu tokni miqdori va yo’nalishi o’zgaruvchan bo’ladi. Har xil, birlamchi chulg’amda tok o’zining eng yuqoridagi qiymatiga yetganda, kulachok magnit bilan birga aylanayotganda uzgich kontaktlarini uzadi va natijada birlamchi chulg’am ta’sirida xosil bo’lgan magnit maydonining kuch chiziqlari yo’qoladi. Buning natijasida ikkilamchi chulg’amdan yondrish g’altagini yuqori kuchlanishli tok iduksiyalaydi. Bu tok svechaning elektrodlari orasida uchqun xosil qiladi. Kondensator esa uzgich kontaktlarini kuyib ketishidan saqlaydi. Yondirish uzgichlari birlamchi chulg’ami zanjirni uzgichdan tashqari massaga tutashtiriladi, natijada pats kuchlanishli tok zanjiri uzilmaydi va yuqori kuchlanishli tok induksiyalanmaydi. Natijada magnet ishdan to’xtaydi va dvigatel o’chadi.
M-24 Magnetisida o’t oldirishini ilgarilatish muftasi, avtomatik ravishda dvigatelning aylanishlar soniga mos, eng foydali ilgarilatish burchagi hosil qilishga mo’ljallangan. Bu Magnetiga uchqundan saqlagich ham o’rnatilgan.




Download 30,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish