Toshkent davlat agrar unversiteti termiz filiali


-rasm. Sug’orish usullari



Download 30,46 Mb.
bet61/211
Sana02.04.2022
Hajmi30,46 Mb.
#525045
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   211
Bog'liq
QXM va A ma\'ruza (2) (3)

11.2-rasm. Sug’orish usullari.
Sirtdan sug’orish usulida dalalar bostirib yoki egatlarda suv oqizib sug’oriladi. Bu usulni katta me’yorlar bilan sug’orishda qo’llash maqsadga muvofiqdir. Bunda bir marta sug’orish gektariga 800...1000 m.kub, mavsum davomida esa 4000...6000 m.kub suv sarflanadi (katta me’yor g’o’zaga taalluqli).Bu usulni og’ir va salga loyqalanadigan tuproqlarda, sho’r yuvishni talab etuvchi sho’rlangan maydonlarda, shuningdek kuchli shamol bo’lib turadigan hududlarda qo’llash tavsiya etiladi.
Yomg’irlatib sug’orish usulida suv maxsus apparatlar yordamida sug’oriladigan maydon ustidan mayda yomg’ir tomchilari tarzida sepiladi. Bunda na faqat tuproq va yer betidagi havo qatlami emas, balki o’simliklarning yer ustki qismlari ham namlanadi, bu esa ularning o’sishi uchun qulay sharoit yaratadi. Bu usulning afzalligi suvni tejab-tergab ishlatilishi hisoblanadi. Ammo sug’orish sistemalari va mashinalariga energiya, material hamda metall ko’p sarflanashi, ularni texnik va texnologik xizmat ko’rsatish hamda ta’mirlashga yaxshi moslashtirilmaganligi kabi kamchiliklarga ega.
Tuproq ostidan sug’orish usulida suv yerga yotqizilgan trubalarda keltiriladi. Bunda tuproq o’zining so’rish kuchi hisobiga namiqadi. Bu usulni kapillyar xususiyatlari yaxshi bo’lgan va haydalma qatlam osti suvni yomon o’tkazadigan kuchli tuproqlarda qo’llash mumkin. SHu bilan birga bu usulda sug’orish uchun dala yaxshilab tekislangan bo’lishi kerak.
Tomchilab sug’orish usulida tuproq o’simliklarning ildiz tizimi maksimal rivojlangan qatlamda namiqadi. Suv yer betiga yotqizilgan va tuproqqa ko’milgan plastmassa trubalar tarmog’i bo’ylab tomchilatgichlar yordamida tuproqning o’simlik ildizlari taralgan qatlamiga 0,07...0,28 MPa bosim ostida kam me’yorlarda o’g’it bilan beriladi. Natijada suv tuproqqa juda sekin, bevosita ildizlar yaqinidan kirib boradi.
Taqsimlovchi naychalar orasi ekin ekish usuliga (paxtachilikda 60 yoki 90 sm, bog’dorchilikda daraxtlar qator oralig’iga), naychalardagi tomchilatgichlar oralig’i (paxtachilikda 0,5 m) belgilangan agrotexnika talablariga bog’liq holda olinadi. Kerakli vaqt davomida uzluksiz tomchilab turgan suv, tuproqning 1 m chuqurligida va diametri 1,0...2,5 m bo’lgan qismida optimal namlikni saqlab turadi. Bevosita ekin ildizi tarqalmagan yerdagi tuproq quruq qolaveradi. SHu sababli tomchilab sug’orishda suv sarfi 2...4 marotaba kamayishi mumkin.
Tuproq ostidan va tomchilatib sug’orish usullarining afzalliklari quyidagilardan iborat: sug’orishda mehnat sarfi kamayadi, tuproq strukturasi saqlanib qoladi, sug’orish me’yori kichik bo’ladi, o’g’it bevosita ildiz sistemasiga beriladi, sug’orish jarayoni mexanizatsiyalashtirilgan va avtomatlashtirilgan bo’lib, dalalarni tekislash talab qilinmaydi
Bu usullarning asosiy kamchiliklariga kapital mablag’larning ko’p sarflanishi va nay hamda tomchilatgichlarning loyqa bosishi kiradi.

Download 30,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish