Kartoshka kovlagichlar rotorli, elevatorli, kepchigichli va kombinatsiyalashgan bo’ladi.Kovlagichlar bir-ikki qatorli egatlarni kartoshka tuganaklari joylashgan chuqurlikda kovlaydi, tuganakli qatlamni silkitish, tebratish, cho’zish, siqish hisobiga uni maydalaydi, tuproqning mayda zarrachalarini elaydi va tuganaklarni dala yuzasiga qator qilib to’shab ketadi.
Ularning ishchi qismlari tuganakli tuproq qatlamini ag’daruvchi, irg’ituvchi, elovchi turlarga bo’linadi.
Ag’darg’ichli kovlagichlar (10.2a-rasm) tuganakli qatorlarni ochadi va tuproq qatlamini buzadi. Ag’dargichning asosiy ishchi qismlari – lemex yoki korpus 1 hisoblanadi. Bunday kovlagichlar kichik maydonlar va sernam tuproqlarda ishlatiladi.
10.2- rasm. Kartoshka kovlagichlar turlari:
a – ag’dargichli; b – irg’itgichli; 1-korpus; 2-tog’arasimon lemex; 3-g’alvirli rotor
Irg’ituvchi kovlagichlar (10.2b-rasm) tuganakli tuproqni tog’arasimon lemex 2 bilan kovlaydi va uni aylanuvchan g’alvirli rotorga 3 uzatadi. Rotor 3 qatlamni maydalaydi, tuproqni elaydi va tuganaklarni yer yuzasi tomon irg’itadi.
Elagichli kovlagichlar (10.3-rasm) tuganakli qatlamni kovlaydi, poyalarni ajratadi, tuproqni tebranuvchi-silkituvchi ishchi qismlar bilan elaydi. Elagich 4 va silkitgichlar 5 orqali tuganaklar elanib dala yuzasiga tashlab ketiladi..
10.3- rasm. KST-1,4 kartoshka kovlagichning tuzilishi va ish jarayoni:
1-tayanch g’ildiragi; 2-vintli mexanizmx; 3-yassi lemex;
4-elevator;5,10- ellipssimon silkitgichlar; 6-asosiy elevator;
7-yurish g’ildiragi; 8-zinasimon elevator; 9-qaytargich;
Kartoshka yig’gich kombaynlari kartoshkali qatorlarni kovlaydi, tuganaklarni tuproq va chiqindilardan ajratadi, kesaklarni maydalaydi, tuganaklarni poyasidan, begona o’t qoldiqlari, toshlardan va kesaklardan ajratadi, tuganaklarni bunkerga yig’adi yoki transport vositasiga yuklaydi.
Kombaynlar quyidagi agrotexnik talablarga javob berishi kerak: tuganaklar isrofgarchiligi ko’pi bilan 5%, yig’ilgan kartoshkaning tozaligi kamida 80%, tuganaklarni zaxalanishi yer yuzasidan terishda ko’pi bilan 5% va kovlashda 10% oshmasligi kerak.
Kartoshka yetishtiriladigan mintaqalarning tuproq-iqlim sharoiti, dalaning o’lchami va shakli va boshqa omillarni hisobga olgan holda turli kombaynlardan foydalaniladi.
Kombaynlar bir-to’rt qatorli, tirkama, yarim tirkami va o’ziyurar turlarga bo’lingan bo’lib, yarim tirkama turi ko’p tarqalgan.
Yarim tirkama kombaynning (2.35-rasm) ish jarayoni quyidagidan iborat. Kombayn ishlaganda lemex 15, disklar 2 va shneklar 3 tuganakli qatlamni kovlaydi, yumshatadi va prutokli elevator 4 ga uzatadi, bu jarayonda tuproq va o’simliklarning mayda chiqindilari elanadi.
SHneklar 5 va 6 saralash jarayonini tezlashtiradi, shu bilan birga ular aralashmani kasak ajratgichli elevator tomon suradi. Tuganakli aralashma elevatordan transporter 7 tushadi va poya va barglardan ajratiladi.
Elevator 8, transporter 12va 14 larda tuganaklar tosh va chiqindilardan tozalanadi va chiqindilar esa shnek 11 orqali dalaga sochib ketiladi. Tozalangan tuganaklar qoshiqli 14 va yuklovchi 10 transportyerlar yordamida bunker 8 ga uzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |