3.2-rasm. Ikki oqimli muftalar sxemasi:
1-maxovik;
2-etaklanuvchi disk;
3-siquvchi disk;
4-transmissiya vali;
5-boshqarish boltlari; 6-ilashish muftasini kojuxi; 7-quvvat olish yuritmasi;8- tishli uzatma;
9-quvvat olish yuritmasining vali.
Dvigatelni tirsakli vali bilan bog’langan ilashish muftasining barcha qismlari - yetakchi qismlar deb yuritiladi. Bu qismlarga maxovik 1, boshqarish boltlari 5, kojux 6 orqali maxovik bilan birga aylanadigan siquvchi disk 3 kiradi. Ilashish muftasini yetaklanuvchi qismlariga transmissiya vali 4, friktsion ustquyma bilan birga yig’ilgan yetaklanuvchi disk 2 kiradi. Bunda yetakchi va siquvchi disklar maxovikka bevosita qotirilmasdan kojux orqali bog’langan bo’ladi. Boshqarish boltlari 5 ga kuch ta’sir kilinmay qo’yilsa, ya’ni boshqarish pedalini asta-sekin qo’yib yuborilsa, siquvchi prujinalar siquvchi diskga 3 ta’sir qilib, yetaklanuvchi disk 2 ni maxovik 1 tomonga siqib, ular orasidagi ishkalanish kuchlar hisobiga yetaklanuvchi valga 4 yetaklanuvchi disk 2 orqali harakat uzatiladi. Agar boshqarish pedali bosilsa, boshqarish boltlari 5 orqali siquvchi diskga 3 kuch ta’sir etib, siquvchi prujinalarni siqadi va yetaklanuvchi disk 2 va maxovik orasida tirqish hosil bo’lishi hisobiga yetaklovchi diskdan 1 berilayotgan harakatni transmissiya valiga uzatilishi bartaraf etiladi.
Uzatmalar qutisi transmissiyaning umumiy uzatmalar sonini o’zgartirishga imkon beradigan agregat hisoblanib, u odatda traktorlarda tishlashish muftasi va markaziy uzatmalar orasida joylashadi.
Uzatmalar qutisining vazifasi uzatmalar sonini o’zgartirish hisobiga traktorning tezligini o’zgartirish, oldinga yoki orqa tomonga yurishini ta’minlash hamda uni harakatga keltirish va to’xtatishdan iborat.
20 asrda yaratilgan yana bir muhim ixtirolardan biri bu traktor uzatmalar qutisi (1.16-rasm) bo’ldi1. Dvigatel va yurgizish mexanizmi orasidagi kuchni o’tkazib berish va uzatmalar qurilmasi juda ko’p turdagi agregatlar bilan qurilgan bo’lib, ular uzatmalar qutisi orqali bog’lanib, har xil turdagi tezlikni ta’minlab beradi. Tezliklar asosan odatda ishchi, past tezlikda yurish, transport tezliklariga ajraladi. Bu har bir tezliklar bo’limida, yuk tashish tezligidan boshqa xollarda, nozik tarzda boshqarilib, dvigatelning turg’un aylanishlar soniga nisbatan o’zgarishi kerak.
Past tezlikda yurish 2 kmg’soat gacha bo’lib, o’simlikka ishlov berishda, dalani tozalash ishlarida va xosilni yig’ib olishda juda muhimsanaladi. Ko’pchilik xollarda bu tezlik dala maydonlarida qo’l ishi bilan traktorda birlashib qilinadigan ishlarda ham kerak bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |