3.7-rasm. Traktorni o’rnatish mexanizmi:
1-yuqori tortqi; 2-kuch tslindiri shtogi richagi;3-amartizator;4,5-rostlash muftalari;6-kerki;7-pastki tortqi;8-ko’targich richaglari;9-taranglagichlar;10-pastki o’q;11,12-stoykalar;13-yuqori val;14-ko’tarish richaglarining vali;15-kuch tslindri;16-tirkash stoykasi;17-bugelь;18-vilka;19-stoyka.
3.3. Tirkash moslamasi.
Traktorga tirkalma qishloq xo’jalik qurollari, mashinalar va pritseplarni tirkash uchun xizmat qiladi. Tirkash moslamasi bir qator teshikli ko’ndalang skoba va unga ikkita barmoq bilan mahkamlangan shkvorenli vilkadan iborat. Ko’ndalang skoba traktor o’rnatish sistemasi bo’ylama tortqisining uchlariga mahkamlangan. Barmoqni vilka bilan birga skobaning turli teshiklariga ko’chirib o’tkazish, tirkash moslamasining o’rnatilish nuqtasini gorizontal tekislikda o’zgartirish mumkin.
Tirkash nuqtasining vertikal tekislikdagi turish holati ikki turli holatda o’zgartirilishi mumkin:
3 .8-rasm Traktorning tirqash qurilmasi:
a-traktor ostoviga bikir ulangan;b-sharnir orqali ulangan;1-prisep skaba; 2-sirg’a; 3-barmoq; 4-bugel.
Agar tirkash skobasi o’rnatish mexanizmiga o’rnatilgan bo’lsa, gidrosistemaning kuch silindri bilan, agar skoba traktor orqa ko’prigiga qo’zg’almaydigan qilib o’rnatilgan bo’lsa, skobani tuntarib qo’yish mumkin.
Gidrofikatsiya qilingan ilmoq. Bu ilmoq gidravlik sistemaning chiqarma silindri yordamida boshqarilib, traktordan tushmasdan va begona kishining yordamisiz mashina va pritseplarni tirkash va ajratib qoldirib ketish mumkin. Bunday ilmoq transport traktorlarida qo’llanilib, bir muncha qulayliklarga egadir.
3.9-rasm.Traktor avto tsepkasi:
1-ramka; 2-planka; 3-prujina; 4-tross; 5-richag; 6-qo’lif; 7-plastina; 8-rama; 9-barmoq.
3.4. Quvvat olish vallari va yuritma shkivi
Etaklovchi g’ildiraklarni vazminlashtirgich g’ildirakli traktorlarning yerga tirmashish og’irligini oshiradi. Mexaniq va gidravlik vazminlashtirgichlar bo’ladi. Mexaniq vazminlashtirgich o’rnatish mexanizmi markaziy tortqisining birlashtirish nuqtasini kronshteynning pastgi teshiklariga ko’chirib o’rnatishga asoslanib, bunda o’rnatilgan qurolning tayanch g’ildiragiga tushadigan vazn kamayib traktor yetaklovchi g’ildiragiga tushadigan vazn ortadi. Natijada traktor yetaklovchi g’ildiragi vazminlashib yerga tirmashishi ortadi, sirpanib g’ildirash kamayadi va traktorning tortish kuchi ortadi.
Gidravlik vazminlashtirgich traktor yurib ketayotganida yetaklovchi g’ildiraklarni vazminlashtirishga imkon beradi. Gidravlik vazminlashtirgichdan foydalanilganda kuch silindrda o’rnatilgan qurol og’irligining keyingi yetaklovchi g’ildiraklarga ko’chiriladigan va shu bilan birga oldingi g’ildiraklarni qisman yengillashtiradigan, ozroq bosim hosil etiladi. SHu bilan traktorning tirmashish vazni oshiriladi. Quvvat olish vallari (QOV) traktorga tirkalgan, o’rnatilgan yoki bir joyda to’xtab ishlatiladigan qishloq xo’jalik mashinalarining ish organlarini harakatga keltiradi. Bu vallar ko’pincha traktorning ketiga ba’zan oldiga, universal chopiq traktorlarida yoniga ham qo’yiladi. Traktor dvigateldan qanday harakat olishiga qarab QOVlar: mustaqil, nomustaqil, sinxron va qisman mustaqil vallarga ajraladi. Mustaqil QOV bevosita dvigateldan (tishlash muftasining yetaklovchi qismidan) harakatga keltirilib, traktor to’xtab turganda ham, yurib ketayotganda ham ishlay oladi. Nomustaqil QOV faqat tishlashish muftasi qo’shilgan holatdagina harakatga keltiriladi. Sinxron QOV uzatmalar qutisining yetaklanuvchi validan (ba’zan transmissiya mexanizmlari orqali) harakatga keltirilib, faqat traktor yurgan vaqtda aylanadi va harakat tezligi traktorning yurish tezligiga bog’liq. qisman mustaqil QOV tishlash muftasi bilan boshqarilib, traktor yurib ketayotganida qo’shib-ajratib bo’lmaydi, lekin to’xtab turgan vaqtda ishlay oladi. QOV larning aylanish chastotasi (sinxron vallardan tashqari) standartlashtirilgan 540±15 va 1000 aylg’min tezlikda aylanadi. Traktorning harakat yo’nalishi tomonga qaraganda vallar soat strelkasi yo’nalishida aylanadi. Ikki turli chastotada aylanadigan QOVlar reduktor bilan ta’minlanadi.
Yuritma shkivi g’ildirakli universal chopiq traktorlariga o’rnatiladi. SHkiv traktor dvigatelidan turli statsionar mashinalarni qayish orqali harakatga keltirish uchun foydalaniladi. SHkiv QOVlardan bir juft shesternyasi orqali harakatga keltirilib, uni katta-kichikligi, aylanish chastotasi standartlashtirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |