1.6-rasm. Tishli tirmalarning tuzilishi:
a - kvadrat (A), dumalok (B), to’rtburchak (V) kesimli va panjali (G) tishlar; D – to’rsimon tirma tishlari; b – tishli tirmaning umumiy ko’rinishi: xva y – rama plankalari, z-tish; v – tishning o’rnatish sxemasi;
Diskli tirmalar. Diskli tirmalar (2.10-rasm) ichida eng ko’p tarqalgani ko’chatzorlarda ishlatiladigan BDNT-2.2 tirkalma og’ir va BDN-3 osma yengil dala tirmalari hisoblanadi.
2.10-rasm. Diskli o’rnatma tirma: a - umumiy ko’rinishi; b – disklar batareyasi; x-o’rnatma; y-batareya; z-rama; 1-yon brus; 2-o’k; 3-disk; 4-tirak vtulka; 5-kronshteyn; 6-shtir; 10-tozalagich; 11-podshipnik
O’rmonlari kesilib, to’nkalari qazib olinmagan maydonlarda esa yer haydalgandan so’ng, o’rmonzorlarni barpo etishdan oldin, yangi ko’chatzorlarni ekish, tuproqni mineralizatsiyalash uchun diskli osma og’ir BDNT-3,2 va BDNT-2.2 kabi tirmalar qo’llaniladi.
Engil diskli tirmalar bilan 10 sm chuqurlikkagacha xaydalgan yerlarga va bog’dorchilik ishlarida bog’ qator oralariga ishlov berish uchun ishlatiladi. Og’ir diskli tirmalar esa y0 sm chuqurlikkacha tuproqqa ishlov beradi. Tirmalash agregatini tuzishda asosan VT-100, VT-x20, T-10x rusumli zanjirli traktorlar turli xildagi tirmalar bilan jihozlangan holda foydalaniladi.
Tirmalashga quyiladigan agrotexnik talablar: ishlov berish chuqurligi, 1-3 sm; yumshatilgan qatlamdagi tuproqning uvalanish sifati: o’lchami y2 mm dan kichik fraktsiyalar miqdori, kamida 50%; o’lchami 20 mm dan katta fraktsiyalar miqdori, ko’pi bilan 2%; unib chiqayotgan begona o’tlarning yo’qotilish darajasi, kamida 62%; tishlar qoldirgan izlarning chuqurligi, ko’pi bilan 2 sm tashkil etishi kerak.
Kultivatorlar. Tuproqning yuqori qatlamini 12 sm.gacha va undan chuqurroq yumshatish (22 sm.gacha), begona o’tlarni yo’qotish, tuproqqa mineral o’g’itlarni solish, sug’orish uchun kesilgan egatlarni yumshatish, ularni qayta tiklash uchun ishlatiladi.
Barcha turdagi kultivatorlarning umumiy tuzilishi quyidagi qismlardan iborat bo’lib, u hamma ishchi qismlar o’rnatiladigan rama, tayanch g’ildiraklar (osmalarida) va yuruvchi g’ildiraklar tirkalma kultivatorlarda, ish qismlarni mahkamlovchi sistema, o’rnatuvchi mexanizmlar hamda chuqurligi va kengligini boshqaruvchi ishchi qismlarga egadir. Ishlatilishi bo’yicha kultivatorlar tuproqni yalpi va qator orasiga ishlov berish turlariga bo’linadi. Yalpi kultivatsiya qilish - tuproqning yuqori qatlamini 12-x3 sm chuqurlikda yumshatish, begona o’tlar ildizlarini qirqish va dala yuzasini tekislashdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |