b )
4.4-rasm. Ikki yarusli plugning texnologik ish jarayoni (a) va qatlamlarning joylashishi A va B–plug o’tmasdan oldingi qatlamlar; va - plug o’tgandan keyingiqatlamlar;
V-korpusning qamrash kengligi
SHu bilan birga bu usulda ishlov berilganda begona o’tlarning yana o’sib chiqishi2-2,5 barobar kamayadi, paxta hosili gektariga 2,5-3,3 tsentinerga oshadi.
Tavsiyaviy xulosa. Yer haydash ishlari tuproqning namligi 16-18%
atrofida bo’lganda bajarilishi kerak. Bunda tuproq yaxshi uvalanadi, mashinaning ishchi qismlariga yopishmaydi va uning qarshiligi eng kam bo’ladi. Agar tuproq nami yetarli bo’lmasa, albatda dalaga nam suvi berib, tuproq yetilgandan so’ng ishlov berish kerak.
1. Tuproqqa qo’shimcha ishlov berish ishlariga tuproqning yuza qatlamini 12-33 smgacha chuqurlikda ishlov berish, ya’ni tuproqdagi namlikni saqlash; begona o’tlarni yo’qotish; tuproqning yuza qismida bir tekis va kerakli zichlikdagi qatlam hosil qilish; urug’lar va o’g’itlarni ko’mish uchun tuproqning yuqori qismini aralashtirish; tuproqning ostki qismidagi namlikni yuqorigi qatlamga chiqarish, maysalarni, yosh nihollarni mahkamlash uchun tuproqning yuzasini tekislash, tuproqning ustki qismini tekislash (haydalgandan so’ng), tuproqni ag’darmasdan chuqur yumshatish ishlari kiradi.
Bu vazifalar tuproqni ekishdan oldin tirmalash (boronalash), yoppasiga kultivatsiya qilish, molalash va tekislash kabi texnologik ishlar yordamida bajariladi.
Tirmalash - tuproqning yuza qismiga tirmalar bilan ishlov berilib, bunda tuproqdagi namlikni bug’lanib ketmasligi uchun uning yuzasida bir tekis yumshatilgan qatlam hosil qilishdan iborat. SHu bilan birga tirmalash jarayonida mayda notekisliklar va begona o’tlar yo’qotiladi. Bu agrotexnik tadbir tishli va diskli tirmalar (boronalar) bilan bajariladi.
Tishli tirmalar — metalldan tayyorlangan panjara bo’lib, unga bir nechta to’g’ri tishlar o’rnatilgan uskunadir.
Tirma tishlarning ko’ngdalang kesimi kvadrat yoki doira shaklida bo’libgina qolmasdan, balki yumshatuvchi panja va prujinali tishlar ko’rinishida ham bo’lishi mumkin.
Tirmalar uch zvenoli zBZTU-x,0 og’ir va ZBZS-x,0 yengil kvadrat tishli tirmalar, ZBP-0,3 dumaloq tishli ekilgan urug’larni aralashtirgich-tirmalar tuproqni maydalash va 2—10 sm chuqurlikkacha yumshatish uchun ishlatiladi. Bu ishlar yer haydalib, tekislangan, qatqaloqlar yo’qotilgan maydonlarda amalga oshiriladi.
Yuqorida ko’rsatilgan tirmalardan tashqari ko’chatzorlarda ZBZL-x,0 tirkalma uch zvenoli panjasimon, SB-y,2 tirkama shleyf tirmalardan foydalaniladi.
Har bir tirma (2.6- rasm) bir xil shakldagi tishlardan tashkil topgan bo’lib, ularning tishlari to’g’ri o’tkirlangan, birday uzunlikda hamda o’tkirlangan uchi bilan oldinga (harakat yo’nalishi bo’yicha) qarab o’rnatilgan (2.6v-rasm) bo’lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |