8.2-rasm. Osma plug ramasining dala yuzasiga parallelligini sozlash:
1-pastki tortqich; 2-pastki tortqich kashagi; 3-markaziy tortqi; 4-plug ramasi; 5- korpus; 6-rostlash mexanizmi
Tirkama pluglarda ramaning oldinga og’ishi uning tortqisini pasaytirgichda pastga tushirib, orqaga og’ishi esa ko’tarib to’g’rilanadi. Rama ko’ndalang yo’nalish bo’yicha o’ngga og’sa plug egat g’ildiragini pastga tushirish, chapga oqqanda esa ko’tarish kerak bo’ladi.
Plug birinchi korpusining qamrov kengligi boshqa korpuslarga nisbatan ko’p bo’lsa, plug traktorga nisbatan chap tomonga, kam bo’lganda esa o’ng tomonga suriladi.
Tuproqqa qo’shimcha ishlov berish ishlariga tuproqning yuza qatlamini 12-16 smgacha chuqurlikda ishlov berish, ya’ni tuproqdagi namlikni saqlash; begona o’tlarni yo’qotish; tuproqning yuza qismida bir tekis va kerakli zichlikdagi qatlam hosil qilish; urug’lar va o’g’itlarni ko’mish uchun tuproqning yuqori qismini aralashtirish; tuproqning ostki qismidagi namlikni yuqorigi qatlamga chiqarish, maysalarni, yosh nihollarni mahkamlash uchun tuproqning yuzasini tekislash, tuproqning ustki qismini tekislash (haydalgandan so’ng), tuproqni ag’darmasdan chuqur yumshatish ishlari kiradi.
Bu vazifalar tuproqni ekishdan oldin tirmalash (boronalash), yoppasiga kultivatsiya qilish, molalash va tekislash kabi texnologik ishlar yordamida bajariladi.
Tirmalash - tuproqning yuza qismiga tirmalar bilan ishlov berilib, bunda tuproqdagi namlikni bug’lanib ketmasligi uchun uning yuzasida bir tekis yumshatilgan qatlam hosil qilishdan iborat. SHu bilan birga tirmalash jarayonida mayda notekisliklar va begona o’tlar yo’qotiladi. Bu agrotexnik tadbir tishli va diskli tirmalar (boronalar) bilan bajariladi.
O’rmonlari kesilib, to’nkalari qazib olinmagan maydonlarda esa yer haydalgandan so’ng, o’rmonzorlarni barpo etishdan oldin, yangi ko’chatzorlarni ekish, tuproqni mineralizatsiyalash uchun diskli osma og’ir BDNT-3,5 va BDNT-2,2 kabi tirmalar qo’llaniladi.
Tishli tirmalar — metalldan tayyorlangan panjara bo’lib, unga bir nechta to’g’ri tishlar o’rnatilgan uskunadir.
Tirma tishlarning ko’ngdalang kesimi kvadrat yoki doira shaklida bo’libgina qolmasdan, balki yumshatuvchi panja va prujinali tishlar ko’rinishida ham bo’lishi mumkin.
Tirmalar uch zvenoli 3BZTU-1,0 og’ir va ZBZS-1,0 yengil kvadrat tishli tirmalar, ZBP-0,6 dumaloq tishli ekilgan urug’larni aralashtirgich-tirmalar tuproqni maydalash va 5—10 sm chuqurlikkacha yumshatish uchun ishlatiladi. Bu ishlar yer haydalib, tekislangan, qatqaloqlar yo’qotilgan maydonlarda amalga oshiriladi.
Yuqorida ko’rsatilgan tirmalardan tashqari ko’chatzorlarda ZBZL-1,0 tirkalma uch zvenoli panjasimon, SB-2,5 tirkama shleyf tirmalardan foydalaniladi.
Har bir tirma (2.5- rasm) bir xil shakldagi tishlardan tashkil topgan bo’lib, ularning tishlari to’g’ri o’tkirlangan, bir xil uzunlikda hamda o’tkirlangan uchi bilan oldinga (harakat yo’nalishi bo’yicha) qarab o’rnatilgan (2.5v-rasm) bo’lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |