3-Amaliy ish
Mavzu: Аvtotraktorlarning kuch uzatish mexanizmi (transmissiya)
1.Ishning maqsadi: Traktor tranmissiyasining vazifasi, tuzilishi va ishlash jarayoni bilan tanishish.
2.Kerakli jihozlar: Traktor yoki uning maketi,ko’rgazmali qurollar, o’quv filmlari, adabiyotlar.
3.Ishni bajarish tartibi:
Traktor transmissiyasining vazifasi dvigatelning tirsakli valida hosil qilingan burovchi momentni traktorni yetakchi g’ildiraklariga (yulduzchalariga) o’zgartirib yetkazib berish uchun xizmat qiladi.
Zamonaviy traktorlarning transmissiyalari quyidagicha tasniflanadi:
A) Uzatish sonini o’zgartirish usuli bo’yicha pog’onali, pog’onasiz va kombinatsiyalashgan turlarga bo’linadi.
Pog’onali transmissiyalar belgilangan uzatish sonlari intervaliga ega bo’lib, ushbu cheklangan chegarada agregatning ishlashi nisbatan samarador va tejamkor bo’ladi. Bunday turdagi transmissiyalar asosan mexaniq transmissiya bo’lib, bunda burovchi momentni o’zgartirish shesternyali reduktorlarda tishli juftliklar orqali xaydovchi tomonidan o’zgartiriladi.
Pog’onasiz transmissiyalar berilgan uzatish soni intervalida istagan kiymatni olishga imkon beradi, buning natijasida mashina-traktor agregatining (MTA) ishlatish ko’rsatgichlari hamma vaqt tejamkor va yuqori unumli bo’ladi.
Kombinatsiyalangan transmissiyalar cheklangan uzatma intervalida uzatish sonlarini pog’onasiz o’zgartirishga imkon beradi.
5.1-rasm. G’ildirakli (a) va zanjirli (b) traktorlarning transmissiyalarini tuzilishi: a) 1- dvigatel; 2-ilashish muftasi; 3-uzatmalar qutisi; 4-bosh uzatma; 5-oxirgi uzatma; 6-etaklovchi g’ildiraklar; 7-diffrentsial; 8-orqa quvvat olish vali; 9- yon quvvat olish vali. b) 1- dvigatel; 2-ilashish muftasi; 3-uzatmalar qutisi; 4- bosh uzatma; 5-burilish mexanizmlari; 6-oxirgi uzatma; 7-etaklovchi yulduzchalar; 8-orqa quvvat olish vali.
B) Burovchi momentni o’zgartirish usuli bo’yicha transmissiyalar mexaniq, gidravlik, elektrik va kombinatsiyalashgan bo’lishi mumkin.
Ushbu xususiyat bo’yicha pog’onasiz transmissiyalar mexaniq (friktsion, pona tasmali), gidravlik (gidrodinamik va gidrohajmli), elektromexaniq turlarga bo’linadi.
G’ildirakli va zanjirli traktorlar transmissiyasining umumiy ko’rinishi 1.4-rasmda ko’rsatilgan bo’lib, g’ildirakli traktorlarda (1.4a-rasm) uning asosiy qismlariga quyidagilar: ilashish muftasi 2, uzatmalar qutisi 3 hamda bosh uzatma 4, o’ng va chap oxirgi uzatmalardan 5 iborat orqa ko’prik kiradi.
Zanjirli traktorlarda (1.4b-rasm) esa ilashish muftasi 2, uzatmalar qutisi 3 hamda bosh uzatma 4, burilish mexanizmlari 5 va oxirgi uzatmalardan 6 iborat orqa ko’prikdan tuzilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |