9.3-rasm. “Keys” g’alla o’rish kombaynining asosiy ishchi qismlari.
Aylanayotgan rotor tishlari g’allani panjarasimon taglikning ko’p qirrali yuzasi bo’ylab katta tezlik bilan sudrab o’tadi. Taglik tirqishidan chiqqan g’alla rotor tishlari ta’sirida uzluksiz orqaga siljitiladi. Bu holat yanchilayotgan g’allaning qobiq bo’ylab siljishi sekinlashtirib donni to’lik ajratib olishga imkoniyat tug’diradi. G’alla rotorli barabanning birinchi yarmidan o’tgandayok don deyarli boshoqdan ajralib bo’ladi, shuning uchun ham rotorning ikkinchi yarmida somon elanadi, don va boshoq qoldiqlari ajratib olinadi.
Bu jarayon oddiy kombayndagi somon elagich ishi o’rnini bosadi. Qobiqdagi teshiklardan pastga tushgan don va mayda aralashmalar shnek yordamida tozalash qismiga, uning yuqori g’alviri ustiga yetqazib beradi.
Tebranma harakatlanayotgan bu g’alvir ko’zlaridan toza don va mayda aralashmalar pastgi g’alvirga tushadi va elanadi. Galvirlar ostidan yuqoriga karab ta’sir kilayotgan xavo oqimi yengil va puch aralashmalarni orqa tomonga uchirib olib ketadi, natijada don tozalanadi. Tozalangan don pastki g’alvir ko’zlaridan o’tib, don shnegiga tushadi. SHnek esa o’z navbatida uni don elevatoriga, so’ngra bunkerga eltadi.
G’alvir ko’zlaridan o’ta olmagan yirik va og’ir boshoqlar yuqori g’alvir uzaytirgichidan boshoq shnegiga, so’ng boshoq elevatori yordamida takroriy yanchish uchun rotor ustiga tashlanadi.Kombayn qismlarini ishga rostlash maxsus elektrik yoki gidravlik vositalar yordamida amalga oshiriladi.
“Dominator-130” g’alla kombayni tuzilishivauni ishga tayyorlash. Kombayn (12.2-rasm) qamrash kengligi katta bo’lmagan S 420 rusumli jatka (qamrash kengligi 4,27 m) va klassiq ko’rinishdagi ko’ndalang baraban-dekali yanchish qurilmasi bilan jihozlangan.
Kombaynning ish tezligi o’rib olinayotgan g’allaning hosildorligi va uning yotib qolganligi, maydonning tekis-notekisligi hamda boshqa omillarga qarab tanlanadi. Dala o’t bosmagan, hosildorlik 40-50 tsg’ga va poyalar yotib qolmagan tekis dalalarda 4,6-5 kmg’soat ish tezligi “Klaas-Dominator-130” kombaynlari uchun ham maqbul hisoblanadi.
Jatkani kombaynga taqishda uning to’g’ri o’rnatilishini ta’minlash va ish vaqtida dala relьefiga bir tekis tushishini ta’minlash maqsadida gidrosilindrning prujinalarini sozlash kerak bo’ladi. O’rish apparati va shnek orasidagi masofa esa 580 mm qilib o’rnatiladi. Kombayn jatkasining qolgan o’lchamlari “Keys” kombaynlari jatkasini sozlash qismidagi tartiblar bo’yicha rostlanadi.
Kombaynning yanchish apparati klassiq ko’rinishdagi ko’ndalang baraban-dekali yanchgichdan iborat bo’lib, barabanga yuqori yanchish qobiliyatiga ega 6 ta savag’ich o’rnatilgan. Ular donli massani dekaning 1170 qamrash kengligida 12 ta ko’ndalang plankalar ustidan olib o’tib yanchadi.