2.13-rasm. Urug’lar va ko’chatlar ekilgan qatorlar orasiga ishlov
berish uchun kultivatorning panjalarini o’rnatilishi:
a—uch qatorli: b— ikki qatorliq
2.11-rasm. Qatorlar orasidagi tuproqqa ishlov beruvchi maxsus ishchi qismlar: a-begona o’tlarni kesuvchi yassi pichoqlar;
v-oziqlantirgich; d-rotottsion yulduzcha; e-sferik kesik disk; k-sferik tekis disk.
Qatorlar orasidagi tuproqni yumshatish va begona o’tlarni yo’qotish uchun tuproqqa ishlov berishda ishlatiladigan kultivatorlarda quyidagi ishchi qismlari qo’llaniladi (2.11-rasm).
Maqsadli ishlatilishiga qarab ishchi qismlar quyidagicha bo’lishi mumkin: bir tomonli yassi pichoqlar, ignasimon disklar (rototsion yulduzchalar), oziqlantiruvchi panjalar yoki pichoqlar, diskli, frezerli, yulduzli panjalar va boshqalar.
KUN-1 universal osma o’rmon kultivatori o’rmon ihotazorlarining qatorlar orasidagi tuproqqa ishlov berish uchun foydalaniladi (2.12-rasm). Kultivator qiyalik darajasi 5° gacha bo’lgan toq oldi mintaqasida joylashgan qatorlar oralig’i y,2-1 m o’rmonzorlarga ishlov beradi.
Ish ikki texnologik sxema bo’yicha bajariladi: o’simliklarning balandligi 100 sm.gacha bo’lganda agregat qatorni “egarlab” harakat qiladi, bunda kerak bo’lganda begona o’tlarga qarshi kurashda kimyoviy vositalar ishlatilishi mumkin; ekinlarning balandligi 100 sm.dan yuqori bo’lsa, agregat qatorlar orasidan harakatlanadi.
Kultivatorning asosiy ishchi qismlari: nayzasimon panjalar (ekinlarning bo’yi y2 sm.gacha bo’lgan qatorlar orasiga ishlov berish
uchun) va kurakli panjalar (ekinlar bo’yi y2-100 sm.gacha) qatorlar orasiga gerbitsidlarni sepuvchi moslama bilan birga ishlatiladi.
Nayzasimon panjalar qanotlariga ikkitadan maxsus moslamaar o’rnatilgan bo’lib, ulardan qiyaliklarda kultivatorni sirpanib ketmasligi uchun foydalaniladi.
2. Dalada agregatlar bilan bajarilgan har qanday ish tuproqni zichlanishiga olib keladi. Ayniqsa, bu jarayon tuproqni ekishdan oldin tayyorlash ishlarini bajarishda yaqqol namoyon bo’ladi. Bu holat tuproq tarkibini o’zgarishiga salbiy ta’sir ko’rsatib, oqibatda ekinlar hosildorligini keskin pasayishiga olib keladi.
Ma’lumki, eng asosiy zichlanish mashina-traktor agregatlarini dala bo’ylab yurishi natijasida vujudga keladi. SHu bilan birga fermer xo’jaliklarining ekin maydonlarini kengayishi natijasida ular tomonidan yuqori unumli, og’ir texnikalar va kombaynlar sotib olinishi hamda ulardan foydalanishi jarayonida tuproqning zichlanish darajasi yanada oshishiga olib kelmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |