Agrotexnik talablar: ko’chatlarni ekish mexnizmi ularni egatga qadash jarayonida ildiziga zarar yetkazmasligi; egatga qadalgan ko’chatni tuproq bilan ko’mish va shabbalash paytida uni tik holatda ushlab turilishini ta’minlashi; o’tqazish jarayonida ko’chatlar tuproqqa nisbatan gorizontal va vertikal yo’nalishda qo’zg’almasligi; ekish apparati ko’chatni belgilangan chuqurlikka o’tqazilishini ta’minlashi kerak.
Mevazorlarni barpo etishda SSN-1rusumli ko’chat ekish mashinasidan foydalanish mumkin.
Ko’chat ekuvchi mashina (2.18-rasm) quyidagi qismlardan iborat: rama 6, osma uskunasi va tayanch ildiragi 5 bilan ko’chat ekuvchi mexanizm 2, zichlovchi g’altak 3, ko’mgich 4, ko’chatlar uchun yashik 7 va markyerlar. Dalaning mikrorelьefini yengib o’tish uchun zichlovchi g’altak 3 va ekadigan apparat 2 ramaga 6 sharnir yordamida birlashtiriladi. Ekkich o’ng tomonga nishab qilib o’rnatilgan.
Ekkichning oldingi qismida pichoq va lemex mahkamlangan. Ekuvchi mexanizmni tayanch g’ildirak harakatlantiradi. Ko’mgich 4 ustun va tekislovchi plastinadan iborat, u harakat chizig’iga burchak ostida joylashgan.
|
11.5-rasm. SSN-1 ko’chat o’tqazish mashinasining tuzilishi:
1-egat olgich; 2-ekish apparati; 3-zichlovchi g’altak; 4-tuproq ko’mgich; 5-tayanch g’ildirak; 6-rama;7-ko’chat yashigi; 8-o’rindiq; 9-soyabon
|
Zichlaydigan g’altakning tortqichiga ekuvchilar uchun ikki o’rindiq 8, oyoqlar uchun maydoncha va ko’chatlar uchun ikki yashik 7 mahkamlangan.
Ekkich bilan ko’chat uchun joy ochilayotganda tuproq bir tomondan ko’tariladi, ikkinchi tomondan esa devor shakllanadi. Ekkichdan keyin tuproq to’qiladi va ko’chat uchun vujudga kelgan bo’shliq yopiladi, bunda qatlamlar unchalik aralashmaydi, bu esa ko’chatning ildizlarini nam tuproq bilan yopishga qulaylik tug’diradi.
Ko’chat ekadigan apparatdan kelib turgan urug’ ko’chatlarning ildizlari bo’shliqqa biroz egilib turgan ekkich yordamida tuproq bilan ko’miladi (yopiladi), bu g’altak ko’chat ekuvchi apparatning chap tomonida joylashgan. G’altakdan keyin prujinali ko’mgich o’rnatilgan bo’lib, tuproqning ustki qismini tekislaydi. Ko’chat ekuvchi moslama 1,2 va 3 qatorli qilib ishlatishga mo’ljallangan.
Agar eski mevazorlardagi ayrim qurib qolgan daraxt o’rniga ko’chat ekish kerak bo’lsa, alohida dumaloq shakldagi chuqurcha kovlanadi. CHuqurchaning o’lchamlari eqiladigan ko’chat va tuproq turiga qarab turlicha qabul qilinadi. CHuqurchaning chetlari tekis, devori tik bo’lishi kerak. SHu sababli, ko’chat ekish uchun chuqurlar hosil qilishda maxsus burg’i bilan jihozlangan mashinalardan foydalaniladi.
Burg’ilovchi chuqurkovlagichning (14.2-rasm) ishchi qismi aylanuvchan vintsimon burg’i 1 dir. Burg’ining pastki uchiga iskanasimon parma 9 joylashtirilgan. Turli o’lchamli chuqurchalarni tayyorlash uchun, mashinada bir nechta almashuvchan (diametri 30 sm dan 80 sm gacha) vintsimon burg’ilar mavjud. Burg’i yerga botib, tuproqni chuqurchadan yuqoriga chiqarib tashlashi uchun, uni majburan aylantirish, kerak bo’lsa pastga bosib botirish lozim. Burg’ining vali maxsus reduktor 8 ga ulanib, undan aylanma harakat oladi. Reduktorga esa harakat traktorning orqa quvvat olish validan kardan val 5 orqali keltiriladi.
Burg’ining vintsimon parragini uchiga abraziv yeyilishga chidamli po’latdan yasalgan lemexcha o’rnatiladi. CHuqurchani kovlash uchun traktorning osish moslamasi yordamida burg’i yerga tushiriladi, majburan aylanma harakatga keltiriladi. Burg’i lemexchasi yerdan yupqa qirindi ko’rinishida tuproqni ajratib oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |