3
|
O
Korxonaning imkoniyatlari
|
Ichki bozorda ulushni yanada oshirish va egalik qilishi mumkin.
Jamiyatning aksiyalari qiymati 2285,0 so’mdan 2535,0 so’mga oshishi natijasida ustav fondi 105681,8 mln so’mga yetkazib oldi. Bu uning lizing portifelining o’sishini va investitsiyalarni jalb qilishni taminlaydi.
Mavjud marketing imkoniyatlardan foydalanib lizing oluvchilar va lizing texnikalarini yanada ko’paytirish mumkin.
|
4
|
T
Korxonaga havf-xatarlar tasiri
|
Raqobatchilari mavjud va ichki bozorda ko’payib bormoqda.
Hamkorlik qilayotgan korxonalar nufuzli va ish faoliyati bir me’yorda.Uzoq muddatli hamkorlikni davom etirsa bo’ladi.
Kompaniya binoda ijara asosida foydalanadi.
Sug’urta xizmatlaridan foydalanib keladi
|
2.2.6-jadval
“O’zagrolizing”AJning PEST tahlili kompaniya faoliyatiga ta'sir qiluvchi tashqi muhitning siyosiy(political), iqtisodiy(economical), ijtimoiy(social) vatexnologik (technological) jihatlarini aniqlash uchun mo'ljallangan marketing vositasidir. Bunday tahlil o’tkazilishidan asosiy maqsad kompaniya faoliyatiga, kelgusida strategiyasini loyihalashtirish uchun tashqi muhitning tasirini qay darajada ta’sir ko’rsatishini baholash.
“O’zagrolizing” AJning PEST taxlili.
P
|
Siyosiy omillar
Political
|
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 2 noyabrdagi 424-sonli “Qishloqni lizing shartlarida qishloq xo’jaligi texnikasi bilan ta’minlash chora tadbirlari to’g’risida”gi qaroriga muvofiq kompaniya faoliyati yanada kengaytirilgan hamda lizing loyihalarini imtiyozli shartlarda moliyalashtirish, maqsadida O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida “Qishloq xo’jaligini texnika bilan ta’minlashni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash jamg’armasi” tashkil etilgan.
2002-yilda lizing to‘g‘risidagi qonunchilikka, xususan, Fuqarolik kodeksi, Soliq kodeksi, O‘zbekiston Respublikasining "Lizing to‘g‘risida"gi va "Boj tarifi to‘g‘risida"gi qonunlar.
2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishlari bo’yicha harakatlar strategiyasi hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyaev M.ning qishloq xo’jaligi hodimlari kuniga bag’ishlangan tantanali marosimda so’zlagan nutqi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 17 noyabrdagi PF-4857 – sonli “O’zagrotexsanoatxolding” aksiyadorlik jamiyatini tashkil etish to’g’risida”gi Farmoniga muvofiq “O’zqishloqxo’jalikmashlizing” aksiyadorlik lizing kompaniyasi firma nomi “O’zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati etib o’zgartirildi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 17 noyabrdagi PQ-2658 – sonli “O’zagroexsanoatxolding” aksiyadorlik jamiyatini faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qaroriga muvofiq esa “O’zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati huquq va majburiyatlar bo’yicha “O’zqishloqxo’jalikmashlizing” aksiyadorlik lizing kompaniyasihuquqiy vorisi etib belgilandi.
|
E
|
Iqtisodiy omili
Economic
|
Jamiyat tomonida 2012 yil 47 turdagi 42831 ta 167 706,9 mln so’mlik texnika yetkazib berilgan bo’lsa bu ko’rsatkich 2017 yilda 62 turdadi 65508 ta 338 002,1 mln so’mlik texnika mijozlarga yetkazib berildi. Texnikalarni lizingga berish o’tgan davr mobaynida ikki barobarga oshganinin ko’rish mumkin. 2012-yilda Jamiyatning daromadi 19629,0 mln so’mni tashkil qilgan bolsa, 2017 yilga kelib daromadi 65100,0 mln so’mga teng bo’ldi.
|
S
|
Ijtimoiy omillar
|
Jamiyatning O’zbekiston hududida 13 ta filiallari mavjud. Iste’molchilar jamiyat haqida ijobiy fikirlarga ega chunki jamiyat sifatli xizmat ko’rsatib kelmoqda.
|
T
|
Texnik omillar
|
Germaniya va O’zbekiston qo’shma korxonasi “UZ CLASS” da “dominator 130” va “arion 630C” rusumli , “LEMKEN GmbH &Co. KG” hamkorligida tashkil etilgan “LEMKEN chirchiq” da “EurOpal” modelli 2,3,4 va 5 ko’rpusli aylanma osma pluglar, “Karat 9/300” kultuvatorlar va Toshkent qishloq xo’jaligi texnikasi zavodi”AJ tomonidan Janubiy Koreyaning “U-62’va “I-38” mini bog’dorchilik traktorlari eng songi texnologiyalar asosida ishlab chiqarilmoqada va Jamiyat ular bilan hamkorlik qiladi.
|
2.2.7-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |