Toshkent davlat agrar universiteti


-rasm. Marketing tizimini tashkil etish va tadqiqot olib borish bosqichlari.33



Download 356,31 Kb.
bet30/40
Sana13.09.2021
Hajmi356,31 Kb.
#173332
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   40
Bog'liq
Iqbol diplom ohirgi holati

3.1.1-rasm. Marketing tizimini tashkil etish va tadqiqot olib borish bosqichlari.33

Marketing tadqiqoti uchun zaruriy ma’lumotlar va axborotlarni yig‘ish jarayoni bir-biriga bog‘liq bo‘lgan vositalar, uslublar, bosqichlardan iborat. Marketing izlanishi sohalari va yo‘nalishlari qanday bo‘lishidan qat’iy nazar u 3.1-rasmda ko‘rsatilgan asosiy bosqichlardan tashkil topadi.

Marketing tadqiqoti muammosi va maqsadlarini aniqlash yalpi tadqiqotda eng muhim va mas’uliyatli bosqich hisoblanadi. Ko‘pgina hollarda tadqiqot maqsadi uni vujudga keltirgan muammo bilan bir xil deb qaraladi. Aslida esa, mavjud muammoni hal etish maqsadga erishish imkonini beradi, deb qaralishi lozim.

Muammoni aniq belgilash, bu tadqiqotni to‘g‘ri tashkil etish uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Muammoning mantiqan to‘g‘ri, sodda va maqsad sari yo‘naltirilganligiga alohida e’tibor berish lozim. Aks holda, noto‘g‘ri ifodalangan muammo tadqiqotni maqsad sari yo‘naltirilmaslikka, vazifalarni aniq belgilay olmaslikka, yuqori ortiqcha xarajatga olib keladi. Masalan, lizing xizmatlari bilan faoliyat olib boruvchi A firma oldida turgan muammolar quyidagicha bo‘lishi mumkin. Lizing oluvchilar uchun qanday texnika-texnologiya, asbob-uskuna qancha muddatgi, qanday foizda berilishi ma’qul? Lizing oluvchilar olingan mulklarni qiymatini to‘lashga, foizlarni qoplashga imkoniyatlari bormi? Qanday qilib firma lizing oluvchilar ko‘lami va yo‘nalishlarini oshirishi va samarali tashkil etishi mumkin va boshqalar.

Ushbu muammolar turkumi aniq belgilangan, lekin ularni hal etish tayinli ketma-ketlikni va kelgusi intilishlar uchun zaruriy ma’lumotlarni to‘plash zaruratini yaratadi. Jumladan, ilk lizingga berilgan mulk va lizing oluvchi to‘g‘risida imkoni boricha ko‘proq ma’lumot olish, ularni tilak va istaklarini o‘rganish zarur bo‘ladi.

Tadqiqot rejasini tuzish bosqichida unda safarbar qilinadigan uslublar, tadqiqot qurollari, tanlov tarkibi va belgisi, muloqotdagi jamoa bilan bog‘lanish vositalari belgilab olinadi. Odatda marketing tadqiqotini boshlashdan oldin uni o‘tkazish uslublari, vositalari hususida chuqur mulohaza yuritish va qiyosiy baholash zarur bo‘ladi.

Tadqiqotlarda kuzatish, eksperiment va so‘rov uslublari keng qo‘llaniladi. Lekin ular asosida axborotni yig‘ish vositalari qurollari, tanlov tarkibi turlicha bo‘lishi mumkin.

Kuzatish – birlamchi axborot olishda ko‘p qo‘llaniladigan uslub hisoblanadi. U mutaxassislarning tegishli muammo bo‘yicha shaxsiy kuzatishlari, baholashlari, umumlashtirishlari asosida amalga oshiriladi. Jumladan, yuqoridagi misolimizdagi A lizing xizmatlari ko‘rsatuvchi firmasi ish boshlashidan avval, bozorda faoliyat yuritayotgan boshqa firmalar ish faoliyati bilan tanishishi, lizing oluvchilar fikrini o‘rganish lozim. So‘rov uslubi tadqiqotda o‘rganilayotgan ob’ektning mohiyati, intilish hususiyatlari borasida ko‘proq ma’lumot to‘plashda qo‘llaniladi. Masalan, lizing firmasining ishtiyoqmandlar guruhini aniqlashi borasidagi tadqiqotlari. Jumladan, ularning to‘lov qobiliyati, nima uchun lizingni tanlashi xususida ma’lumotlar yig‘ishi va umumlashtirilishi. Boshqacha qilib aytganda, firma mijozlar ishining tegishli faoliyati xususidagi fikrlari va mulohazalarining bilish maqsadida tashkil qilinadigan tadqiqotlarda so‘rov uslubi ko‘proq qo‘llaniladi.

Eksperiment – tadqiqotlarda muqobil deb belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha istakdagi amaliy holatni vujudga keltirish va bu asosda samarali bo‘lgan yo‘nalishga ta’sir etuvchi omillarni aniqlashga asoslanadi. Masalan, lizing firmasining uzoq muddatga beriladigan mulkni bir necha turlarini amaliy holatda sinab ko‘rish va bunga lizing oluvchilarning munosabatini o‘rganish.

Ekperiment asosida uyushtirilgan tadqiqot bir muncha ko‘proq xarajatlarni taklif etsada, istakdagi yoki sinalayotgan marketing tadbiri xususida to‘laroq va real natija olish imkonini yaratadi. Shu jihatdan eksperiment mahsulot sifatini texnik jihatdan takomillashtirish, qadoqlanishi, reklama va sotish borasida ayrim uslublar va tadbirlarni sinab ko‘rishda ko‘proљ namoyon bo‘ladi.

Guruhli baxs uslubi tadqiqotda murakkab va dolzarb mavzu bo‘yicha yetakchi mutaxassilarning guruh tarzidagi suhbatini, munozaralarini va bu asosda ishlab chiqilgan umumiy takliflarni ishlab chiqishga tayanadi. Masalan, lizing firmasining asbob-uskunalarning turlari, ularning xususiyatlari bo‘yicha turli toifadagi mutaxassislarning munozarasi. Ushbu guruhga lizinga berilayotgan tovarning iste’mol xususiyati bo‘yicha, transport turlari va yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassislar, mulkni baholovchilar, marketing tadqiqotchisi va boshqalar kirishi mumkin. Odatda ushbu guruh 6-10 kishidan iborat bo‘lib, belgilangan mavzu muammolari bo‘yicha har bir guruh vakilining fikr va mulohazalarini o‘rganishga, inobatga olishga asoslanadi. Guruhli bahs uslubida tashkil etilgan tadqiqotlarning yozma shaklidagi bayoni, videolenta tasviri amalga oshiriladi va qayta muќokama qilinadi.

Tadqiqot qurollari sifatida esa anketa (so‘rov varaqasi) texnik jihozlar (magnitafon, videokamera, kompyuter dasturlari va hk.) qo‘llaniladi. Ushbu qurollar qanday tadqiqot uslubiga mos kelishi, samarali natija berishi dastlab belgilab olinadi. Masalan, kuzatish natijalarini qayta ishlashda maxsus kompyuter dasturlarining qo‘llanilishi, uning natijalarini grafik, digramma, jadval tarzida taqdim etilishi.

O‘z navbatida tadqiqot qurollaridan izlanishning turli bosqichlarida bir yo‘la yoki birin-ketin foydalanish mumkin bo‘ladi. Bu esa tadqiqot qurollari vositasida olinadigan natijaning tezroq, kam xarajatlar evaziga amalga oshirilishiga sabab bo‘ladi.


Download 356,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish