Аmаliy аhаmiyati. Respublikаmizdа dorivor o’simliklardan sharbat ishlab chiqarishda ushbu usullаrni qo‘llаsh аhаmiyatlidir.
Tаdqiqotlаr nаtijаlаri bo‘yichа ishlаb chiqаrishgа ya’ni eksportyor vа fermer xo‘jаliklаrigа tаvsiyalаr berilаdi.
I-BOB. DORIVOR OʻSIMLIKLARI YETISHTIRISH VA ULARNI QAYTA ISHLAB SHARBAT OLISH TEXNOLOGIYASI TAHLILI (adabiyotlar sharhi)
Dorivor o‘simliklar va ularning o‘rganilishi
Dorivor oʻsimliklar - odam va hayvonlarni davolash, kasalliklarning oldini olish uchun, shuningdek, oziq-ovqat, atir-upa va kosmetika sanoatida ishlatiladigan o’simliklardir. Yer yuzida dorivor oʻsimliklarning 10-12 ming turi borligi aniqlangan. 1000 dan ortiq oʻsimlik turining kimyoviy, farmakologik xossalari tekshirilgan.
O’zbekistonda dorivor oʻsimliklarning 700 dan ortiq turi mavjud. Shulardan tabiiy sharoitda oʻsadigan va madaniylashtirilgan 120 ga yaqin oʻsimlik turlaridan ilmiy va xalq tabobatida foydalaniladi. Hozirgi davrda tibbiyotda qoʻllaniladigan dori- darmonlarning qarib 40-47% [1-5] oʻsimlik xom ashyolaridan olinadi. Oʻsimliklar murakkab tuzilishiga ega boʻlgan jonli tabiiy kimyoviy laboratoriya boʻlib, oddiy noorganik moddalardan murakkab organik moddalar yoki birikmalarni yaratish qobiliyatiga ega.
Dorivor o‘simliklarning ta’sir etuvchi moddasi - alkoloidlar, turli glikozidlar (antroglikozidlar, yurakka ta’sir etuvchi glikozidlar, saponinlar va b.), flavonoidlar, kumarinlar, oshlovchi va boshqa shilliq moddalar. Efir moylari, vitaminlar, smolalar va boshqa birikmalar bo'lishi mumkin. Ko'p o'simliklardan mikroorganizm va viruslarni yo'qotadigan antibiotiklar va fitonsidlarga boy preparatlar tayyorlanadi. Odatda bir guruhga xos o'zaro yaqin kimyoviy birikmalar bir oila yoki turkumga mansublarda uchraydi, shu bilan birga ba’zi kimyoviy birikmalar bir-biriga yaqin bo'lmagan, turli oilaga mansub o'simliklar tarkibida ham bo'lishi mumkin [11].
O‘zbekistonda dorivoro‘simliklardan ko‘proq anor, achchiqmiya, bodom, dorivor gulxayri, yong'oq, jag‘-jag‘ zubturum, isiriq, itsigek, omonqora, pista daraxti, sachratqi, choyo‘t. shildirbosh, shirinmiya, shuvoq, yantoq, qizilcha, qoqio‘t va boshqalar tarqalgan. Achchiqmiyadan - paxikamin, isiriqdan garmin. itsigekdan anabazin, omonqoradan galantamin, shildirboshdan sferofizin alkoloidlari olinadi. Anor po‘stidan gijja haydovchi pelterin tanat va ekstrakt tayyorlanadi. Dorivor gulxayri preparatlari balg‘am ko'chiruvchi va yumshatuvchi, jag‘-jag‘ va lagoxilus dorilari qon ketishni to‘xtatuvchi. pista bujg’uni va choyo'tdan tayyorlangan dorilar meda-ichak kasalliklarini davolovchi sifatida ishlatiladi [6].
Dorivor o'simliklarni 2 xil tavsiflash qabul qilingan:
1. Ta'sir qiluvchi moddalarning tarkibiga qarab - alkoloidli, glikozidli, efir moyli, vitaminli va boshqalar;
2. Farmokologik ko‘rsatkichlariga qarab - tinchlantiruvchi. og‘riq qoldiruvchi, uxlatuvchi, shuningdek, yurak-tomir tizimiga ta'sir qiluvchi, markaziy nerv tizimini qo'zg'atuvchi, qon bosimini pasaytiruvchi va boshqa dorivor o'simliklar.[8]
Dorivor o‘simliklarni serhosil navlarini tanlab olish, ularni chatishtirish yoki poliploidli (xromosom sonlarini oshirish) navlarini olish yo‘li bilan ekiladigan dorivor o‘simliklarning hosildorligini va tarkibidagi biologik faol bo'lgan kimyoviy birikmalar miqdorini oshirish mumkin. Yuqorida aytib o'tilgan sabablarga ko‘ra, ba’zi bir dorivor o‘simliklarni o‘stirish va ularning mahsulotlarini tayyorlash yowoyi holda o'sadigan dorivor o'simliklar mahsulotini yig‘ishga qaraganda iqtisodiy jihatdan ancha arzonga tushadi. O'zbekistonda dorivor o'simliklar asosan turli tuproq iqlim hududlarida joylashgan Qishloq xo'jalik vazirligiga qarashli xo'jaliklarda ekiladi [13].
O'zbekiston tibbiyotida qo'llaniladigan dori vositalarining 38-40% ini dorivor o'simliklardan olinadigan preparatlar tashkil qiladi. Ba’zi og'ir kasalliklarni davolashda ishlatiladigan muhim ahamiyatli ayrim dorivor preparatlarni (yurak glikozidlari, qator alkaloidlar. terpenlar, saponinlar, steroid va fenolli birikmalar va boshqa biologik faol moddalar) shu vaqtgacha sintez yo'li bilan olib bo'lmaydi. Ularni olish manbai hozircha faqat o'simliklar bo'lib qolmoqda. Hamdo'stlik mamlakatlari juda katta turli geografik hududlardan tashkil topgan. Bu hududlar tropikdan tashqari hamma iqlimli tumanlarni: abadiy muzlik bilan qoplangan baland tog'lar, tundra, odam qadami etmagan tayga, o‘rmon, cho‘l, yarim cho‘l, sahro hamda nam subtropik va boshqalarni o‘z ichiga oladi. Shuning uchun ham ularning florasi juda boy. U 19000 dan ortiq 0‘simlik turlaridan tashkil topgan. Shular ichida dorivor o'simliklar ham ko‘p. Ammo hozirgi vaqtda ularni hammasidan ham tibbiyotda kasalliklarni davolash uchun hali to‘liq foydalanilmayapti [6].
Dorivor o‘simliklar xom-ashyosini tayyorlashda quyidagi tadbirlar bajariladi:[17]
1. Dorivor o'simliklarni tayyorlash ishini uyushtirish.
2. Mahsulotni yig‘ish.
3. Yig'ilgan mahsulotni quritish.
4. Yig'ilgan mahsulotni standart holiga keltirish.
5. Mahsulotlarni idishlarga joylashtirish (qadoqlash).
6. Mahsulotlarni transport vositalari bilan jo ‘natish.
7. Dorivor mahsulotlarni saqlash.
Dorivor mahsulotlardan sharbat olishda o‘simliklarning ildizi, bargi, po‘stlog‘i, guli, mevasi va boshqa qismlaridan foydalaniladi. Ularni kimyoviy birikmalar eng ko‘p yig'ilgan davrda у ig‘ishtirib olish kerak.
O‘simlik organlarini quyidagi muddatlarda yig‘ib olish kerak:
Barglar odatda o‘simlik gullashi oldidan yoki gullaganida yig‘ib olinadi. Barglar juda ohistalik bilan, iloji boricha o‘simlikka zarar etkazmasdan yig‘ib olinadi (belladonna, angishvonagul va boshqa o‘simlik barglari). Ba’zan o‘t o‘simliklarning bargini tayyorlash uchun yer ustki qismi o‘rib olinadi, so'ngra barglari teriladi yoki yer ustki qismi quritib maydalanadi. Barglari ajratilib, poyasi bilan shoxlari tashlab yuboriladi. Bunda shox va gullar aralashmasi barglarga qo‘shilib ketishi mumkin (yalpiz, gazanda va boshqa o‘simliklar).
Do'stlaringiz bilan baham: |