Nazorat uchun savollar.
Oziqlantirishning ikkinchi davrida berilayotgan omixta emni birinchi davridan farqlang.
Jo`jalarni davrlar bo`yicha boqish texnologiyasi.
28-AMALIY MASHG’ULOT QUYONLARNI UCHUN OZIQLANTIRISH RATSIONINI TUZISH
Quyon juda badnafs bo’lib, kunduz kuni ham tunda ham yem yeb to’ymaydi. Buning sababi juda tez voyaga yetishi va tez-tez bolalab turishidir. SHu bois ham u turli-tuman yemlarga ehtiѐj sezadi. Quyonga beriladigan asosiy yemlar jumlasiga:ko’k o’tlar (maysa va ildizmevalar palagi, karam bargi, makkajo’xori poyasi va bargi); shirador yemlar (ildizmevalar, poliz va bog’ mahsulotlarining chiqindilari, silos);dag’al yemlar (pichan, somon, shox-novdalar); kuchli boyitilgan yemlar (arpa, suli, bug’doy, makkajo’xori, dukkakli o’simliklar doni va ularning chiqindilari ya’ni: kepak, kunjara, taxtakunjara, kombikorm); qumoqlangan donador yemlar (o’t-alaf uni, kunjara, don chiqindilari, go’sht-suyak ѐki baliq uni va mikroelementlar); minerallar (tuz, bo’r, suyak uni) kiradi. Diqqat! Quyonga zaharli giѐhlar berilmaydi.
Sanitariya chora tadbirlari. Quyonxona va kataklarni yig’ilib qolgan tezak, yem qoldiqlari va to’shamalardan muttasil tozalab borish lozim.
Yilda ikki marotaba, ayniqsa ѐg’ingarchilik ko’p bo’ladigan oylarda (kuz va bahor fasllarida), shuningdek, xo’jalikda yuqumli kasallik vujudga kelganida dezinfektsiyalanadi. Dezinfektsiya vositalarini tayѐrlash usullari:1). 2% li formalin — 1 stakan formalin 1 chelak sovuq suvda eritiladi. 2). 2% li o’tkir natriy — 200 gr modda 1 chelak issiq suvda eri-tiladi. 3). Kaustik (o’tkir) soda — 200 gr soda 1 chelak issiq suvda eri-tiladi. (sanab o’tilgan dezinfektsiya vositalarining 1 litri pol va devorlarning 1 m2 qismiga sarflanadi) 4). Kul suvi (ishqorli suv) — 2 kg ѐg’och kuli 1 chelak issiq suvda eritiladi. Ushbu eritma 2 soat qaynatilgach tindiriladi, ushbu suv 4 chelak suvda aralashtiriladi va takror qaynatiladi hamda qaynoq holatida qo’llaniladi. 5). Xlorli oxakning 1, 2 va 5 %li eritmasi — ѐg’och anjomlar, kataklarning ѐg’och qismlari va hududni dezinfektsiyalash uchun qo’llaniladi. Isitilgan eritmalar (50-60 0S) sovuq holatiga nisbatan samaraliroqdir. SHaxsiy xo’jaliklarda quyonxona, asbob-uskuna va kataklarga olovli ishlov berish usuli eng sodda va samarali usul sanaladi. Buning uchun oddiy payvandlash lampasi ѐki gaz gorelkasi qo’llaniladi. Katakning astoydil tozalangan ѐg’ochlariga och qo’ng’ir tus olganga qadar olov vositasida ishlov beriladi. Yodda tuting! Quyonxona ichi va yaqinida tamaki chekmang. Kemiruvchilarning paydo bo’lishini oldini olish maqsadida ѐvvoyi o’t-alafni o’z vaqtida o’tab tashlash, quyonxona atrofidagi butalarni siyraklashtirish va deratizatsiya tadbirlarini o’tkazish lozim. Yodda tuting! Kasalini davolashdan ko’ra kasallikning oldini olish ham oson va ham arzondir.
Do'stlaringiz bilan baham: |