18-MASHG‘ULOT MAVZUSI: NASLLI QO‘CHQORLAR, BO’G’OZ VA EMIZAKLI QO’YLARNI OZIQLANTIRISH RATSIONI TUZISH
Mashg‘ulot maqsadi: naslli qo‘chqorlarga oziqa ma’yorini belgilash, ratsion tuzish va oziqlantirish texnikasini o‘rganish.
Uslubiy ko‘rsatmalar. Naslli qo‘chqorlar uchun to‘g‘ri va to‘la qiymatli oziqlantirishni tashkil etishda ularning sog‘ligini saqlash, jinsiy faolligini oshirish va sifatli urug‘ olishda katta ahamiyatga ega.
Naslli qo‘chqorlar uchun oziqlantirish me’yorlari ularning tirik vazni mahsulot (jun, jungo‘sht, go‘shtjun, go‘shtyog‘, po‘stinbop va teri) yo‘nalishi, qo‘ylarni qochirish mavsumida foydalanish jadalligiga qarab ishlab chiqilgan.
Naslli qo‘chqorlarning jinsiy faolligi va ulardan olinadigan urug‘ning sifati birinchi navbatda ularni oziqlantirish va saqlash sharoitiga bog‘liq bo‘ladi. SHuning uchun oziqlantirish ratsionlari energiya, protein, mineral moddalar va vitaminlar bilan tenglashtirilgan bo‘lishi shart. Qo‘chqorlarning semizlik darajasi yil davomida zavod konditsiyasiga ega bo‘lishi kerak. SHuni takidlash joizki, semizlik darajasi o‘rtachadan yuqori bo‘lishi va kam xarakat sharoitda saqlash ularning foydalanish samaradorligi, ayniqsa sun’iy urug‘lantirishda susayadi.
Qo‘chqorlarda spermatogenez muddati 4050 kun tashkil etadi, shuning uchun ularni qochirish mavsumiga 1,52,0 oy oldin qochirish mavsumidagi oziqlantirish ratsionlariga astasekin o‘tkaziladi.
Qo‘chqorlarning 100 kg tirik vazniga qochirishda foydalanilmaydigan davrda o‘rtacha 1821 MDj, qochirish mavsumida esa 2333 MDj almashinuv energiyasi to‘g‘ri kelishi kerak. Quruq moddaga bo‘lgan ta’lab 100 kg tirik vazn hisobiga o‘rtacha 3,23,8 kg ni tashkil etadi, granula shakldagi oziqalar aralashmasi bilan oziqlantirilganda bu talab 4,24,5 kg tashkil etati. Quruq modda tarkibidagi xom kletchatka 27% dan oshmaligi maqsadga muvofiq.
Naslli qo‘chqorlarni qochirish mavsumida oziqlantirishda ratsion strukturasi quyidagi nisbatda bo‘lishi tavsiya etiladi (30jadval).
30jadval
Naslli qo‘chqorlarni oziqlantirishda tavsiya etiladigan ratsion strukturalari (qochirsh mavsumida, %)
Oziqalar turi
|
YOzda
|
Qishda
|
Pichan
|
1520
|
3540
|
Ko‘k o‘tlar
|
3540
|
|
Konsentratlar
|
3540
|
4045
|
Hayvonot olamidan olingan oziqalar
|
510
|
510
|
SHirali oziqalar
|
|
1015
|
Qo‘chqorlarning jinsiy faoliyati va o‘rug‘ sifatiga hayvonot olamidan olingan oziqalar ijobiy ta’sir etadi, shu maqsadda ratsionnga go‘shtsuyak uni, yog‘sizlantirilgan sut va sut qoldqilari, tovuq tuximi va oziqaviy achitqilar kiritiladi.
Qochirish mavsumida foydalanmaydigan davrda qishgi mavsumida bir boshga bir kunda ratsionga o‘rtacha 1,52,0 kg sifatli pichan, 11,5 kg shirali, 0,60,8 kg konsentratlar aralashmasi kiritish mumkin. YOzgi davrda naslli qo‘chqorlarlarning oziqaga bo‘lgan talabi asosan tabiiy yaylov oziqalar va 0,60,8 kg qo‘shimcha konsentrat oziqlarlar bilan qondiriladi. Buning uchun ular hosildorligi yaxshi bo‘lgan, tabbiy va sun’iy yaratilgan yaylovlarda boqiladi.
Qochirishda foydalaniladigan davrda ratsionga 11,5 kg sifatli pichan, 11,5 kg konsentratlar aralashmasi yoki omixta em, 11,5 qizil sabzi, 100 g go‘shtsuyak uni, 50 oziqaviy achitqi, 23 dona tovuq tuximini kiritish muikin, yozda shirali oziqalar va pichanning yarimi 50% ko‘k o‘tlar bilan almashtiriladi. Oziqlantirish me’yorlariga asosan ratsionlar osh tuzi, bo‘r, suyak uni, oziqaviy fosfatitlar, mikroelement tuzlari va vitaminlar bilan boyitiladi.
Qochirilmagan qo‘ylarni oziqlantirish. Qochirilmagan qo‘ylarni to‘g‘ri oziqlantirishning asosiy maqsadi ularni qochirish mavsumiga tayyorlashga qaratilgan bo‘lishi kerak. Mavsumda qochirilgan qo‘ylarning otalanishiga ta’sir etadigan omillardan biri ularning semizlik darajasidir. Qo‘ylarning semizlik darajasiga yaxshi bo‘lgan otarlarda qochirish muddatlari qisqarib qo‘zilatish kampaniyasi ham qisqa muddatlarda o‘tilishi iqtisodiy jihatdan foydalidir. Bundan tashqari, qo‘ylarning otalanish ixtimoli oshadi, egiz tug‘ilgan qo‘zilarning soni yoki pushtdorlik oshadi, homilaning yaxshi rivojlashi va sog‘lom tug‘ilgan qo‘zilarning soni oshishga sabab bo‘ladi.
Qo‘ylarni qochirish davriga tayyorlash 1,5-2,0 oldin boshlab, ularning 100 kg tirik vazniga kamida 1821 MDj almashinuv energiyasi va 3,2-3,8 kg quruq modda to‘g‘ri kelashi kerak. Bu davrda ratsionning umumiy to‘yimliligigini 0,2-0,3 oziqa birligiga oshirish maqsadga muvofiq.
SHu maqsadda qo‘ylarni qochirishga tayyorlash davrda proteinga, vitamin, ayniqsa karotin va E vitaminga boy bo‘lgan ozuqalar bilan oziqlantiriladi. Bu davrda qo‘ylar ko‘k ozuqalarga boy bo‘lgan yaylovlarda boqilib, 1 bosh qo‘yga bir kunda qo‘yshimcha qilib 0,2-0,4 kg konsentrat ozuqalar (arpa doni yoki boshqa boshoqli donlar yormalari, omuxa em, kepak, shrot aralashmalari) bilan oziqlantiriladi. YAylov hosildorligi past bo‘lgan holatlarda ratsionga 1-1,5 kg pichan, imkoniyat mavjud bo‘lgan xo‘jaliklarda senaj yoki silosli ozuqlar qo‘shib beriladi. Bundan tashqari ratsion o‘rtacha 10-15 g osh tuzi va zaruriyat bo‘lsa boshqa mineralli (oliingugurt va fosforga boy) ko‘shimchalar bilan boyitiladi.
Agar qochirish mavsumi og‘ilda boqiladigan sharoitga kelsa, bir kunlik ratsion o‘rtacha 1,5-2,0 kg boshoqli-dukkakli o‘tlar pichan, sharoiti bor xo‘jaliklarda 1-2 kg senaj yoki silos (agar berilmasa uning to‘yimliligi hisobiga pichan beriladi), 0,2-0,3 kg konsentratlar va 10 osh tuzidan tashkil etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |