Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali qishloq xo’jaligi mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash va mexanizasiya kafedrasi


Paxtani, tolani, chigitni va toylarni transportirovka qilish uskunalari



Download 18,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/207
Sana26.04.2022
Hajmi18,65 Mb.
#583776
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   207
Bog'liq
2 5404494602826683222

2.Paxtani, tolani, chigitni va toylarni transportirovka qilish uskunalari 
Paxtani tayyorlash, uni saqlash, uzluksiz texnologik jarayonlar, xomashyo va tayyor 
mahsulotni tsexlar, zavod ichida bir joydan ikkinchi joyga ko’chirish, og’ir va ko’p 
mehnat talab qiladigan ishlarni mexanizatsiyalovchi maxsus qurilma yordamida amalga 
oshiriladi. 
Og’ir va ko’p mehnat talab qiladigan ishlarni mexanizatsiyalash vositalari ikki 
guruhga bo’linadi: 
• asosiy va yordamchi tsexlarda uzluksiz texnologik jarayonni ta’minlovchi 
vositalar, ya’ni paxtani qayta ishlashga uzatish, chigitni, paxta tolasini, lintni bir 
texnologik jarayondan ikkinchisiga uzatish, xomashyo va mahsulotni texnologik 
mashinalarga taqsimlash va ulardan olib ketish; 
• xomashyoni tayyorlash punktlariga keltirish, ularni omborxona va xirmon 
maydonlariga joylashtirish, tola va lint toylarini transportirovka qilish, chigitni ortish 
maydonchasiga keltirish hamda tayyor mahsulotlarni temir yo’l vagonlariga yoki boshqa 
turdagi transportlarga ortish vositalari, xomashyo va tayyor mahsulotni saqlash uchun 
kerakli vositalar. 
Aslida ko’p mehnat talab qiladigan ishlarni mexanizatsiyalash har xil ko’rinishdagi 
transport qurilmalari yordamida bajariladi. Ular paxtani jamoa xo’jaliklar dalasidan 
tayyorlash punktlariga keltirish va uni punkt maydonida bir joydan ikkinchi joyga 
ko’chirishni ta’minlovchi pnevmatik, mexanik (lentali konveyer, vintli konveyerlar
elevatorlar) va avtotraktorli transport vositalariga bo’linadi. 


2.1. Pnevmotransport qurilmasining tuzilishi 
5-rasmda paxta zavodlarida paxtaning avtotransport qurilmasini joylashtirishning 
asosiy chizmasi keltirilgan. Pnevmotransport qurilmasining unumdorligi paxta zavodining 
quvvatiga qarab o’zgaradi. Bir qatorli paxta zavodi uchun u soatiga 12 tonna paxtani 
tashkil etadi. Transport quvuri magistral uchastka va ko’chma zvenolardan iborat. 
Magistral uchastka payvandlangan konstruktsiyali 2...3 mm varaqli po’lat yoki 400...450 
mm diametrdagi asbestsement quvuridan tayyorlanadi. 
Magistral qo’zg’almas quvurlari 600...700 mm chuqurlikdagi zovurlarga yoki 
estakadalarga yotqiziladi. Quvurlarni yer ostiga joylashtirish ancha qulay bo’lib, zavod va 
paxta punktidagi transport vositalarining o’tish yo’llarini to’smaydi. Quvurning butun 
uzunasi bo’ylab ma’lum masofalarga uzatish quduqlari, alohida omborlarga ketgan quvur 
shaxtalarida qayta ulash quduklari hamda paxtani chiqarish quduqlari o’rnatiladi. Quvur 
zvenolarining barcha tutashish bo’g’inlari va tarmoqqa ulangan boshqa qurilmalar 
bo’g’inlari pnevmotransport qurilmasining germetikligini ta’minlashi kerak. 
Zavod hududida ko’p paxta tayyorlanadigan yirik zavodlarda quvurning uzunligi 
yoki pnevmatikaning harakat radiusi 200...250 metrga yetishi mumkin. Paxta 
xomashyosini pnevmatik transportga ortish tizimini harakat radiusini kattalashtirish uchun 
hovliga o’rnatiladigan pnevmotransport ishlab chiqarilgan (6-rasm). 
Po’latdan yasalgan quvurlarda havo hajmining oshishi, havoning tashqi muhitdan 
so’rilishi hisobiga quvurning har 10 metr uzunligiga 3 foizni tashkil qiladi. SHuning uchun 
diametri 400 mm bo’lgan ishlatilayotgan pnevmoqurilma quvurlarida havoning hamda 
paxtaning harakat tezligi uzluksiz oshib boradi. Bunda ancha quvvat sarflanib 
pnevmoqurilmaning ta’sir radiusi qisqarib boradi. Bu ko’rsatilgan kamchiliklarni bartaraf 
etish uchun paxtani transportirovka qilish tezligini pasaytirishni pnevmotrassaning 
ko’zg’almas uchastkasida diametri 400 mm bo’lgan quvurni 450 mm.li quvurga 
almashtirish bilan amalga oshiriladi. 
Pnevmatik tashish qurilmasi 400 mm diametrli o’zgaruvchan uzunlikdagi ko’chma 
quvurlar uchastkasi (1), tosh ushlagich (2), 450 mm diametrli o’zgarmas uzunlikdagi 
ko’zg’almas quvur uchastkasi (3), separator (4), markazdan kochirma ventilyator (5) va 
atmosfera chiqindilarini tozalovchi qurilmadan (6) tashkil topgan. 
Pnevmoqurilmalarni ishlatganda tez-tez pnevmoquvur zvenolarini paxtani 
texnologik tizimga uzatish joylariga siljitishga to’g’ri keladi. Tosh ushlagichni paxtani 
uzatish yo’nalishga burish uchun u buriluvchi asosga o’rnatilgan. Ishlatilgan havoni 
tozalash uchun yuqori samarali chang ushlash qurilmasi o’rnatilgan. TS7-25-12.8 
ventilyatori, qo’zg’almas uchastkaga o’rnatilgan 450 mm diametrli quvuri bo’lgan 
pnevmoqurilma soatiga 15 tonna paxta uzatganda paxtani 150 metr masofaga 
transportirovka qilishni ta’minlaydi. SHu miqdoridagi paxtani 400 mm diametrli quvuri 
bo’lgan pnevmoqurilma 125 m masofaga uzatishni ta’minlaydi. 



Download 18,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish