sinash uchun namunalar nuqtadan olingan bir xil namunalarning har bir guruhidan alohida
tanlab olinadi. Nuqson va iflos aralashmalaning massaviy ulushi hamda mikroneyr
ko’rsatkichi uchun namuna, nuqtadan olingan namunalar ikki
tarafning har xil joyidan
olingan bir xil tutamdan tashkil topadi.
Sinash uchun olingan namunalarning massasi va soni qollaniladigan sinash usuli
bo’yicha belgilanadi.
Paxta tolasining shtapel massa uzunligi,
chiziqli zichligi, pishib yetilganligi va
solishtirma uzilish kuchi ko’rsatkichlarini tekshirish uchun namuna nuqtadan olingan
namunalarning
ikki tarafidan, hammasi bo’lib, umumiy massasi 4…5 g bo’lgan 16…20
tutam paxta tolasi olinadi.
Olingan qismdan nuqsonlar va iflos aralashmalar olib tashlanadi va uni to’rtta
bo’lakka bo’linadi. Namuna piltasini tayyorlash uchun har bir bo’lak ketma-ket PPL
asbobidan o’tkazilib, tortib tekislanadi.
Birinchi, ikkinchi nav paxta tolalari tortib tekislash asbobi PPL dan kamida uch marta,
uchinchi, to’rtinchi va beshinchi nav paxta tolalari esa kamida besh marta o’tkaziladi.
So’ngra har bir pilta ko’ndalang teng ikki bo’lakka bo’linadi. Har bir piltaning bir
bo’lagidan iborat to’rtta bo’lak ikkitadan ustma-ust qo’yiladi va tortib tekislash asbobi PPL
dan 3…5 marta o’tkaziladi. Piltaning qolgan bo’laklari tashlab yuboriladi. Yangi olingan
ikki pilta ham yana ikkiga bo’linadi, har bir piltaning bir bo’lagidan iborat ikki
bo’lak ustma-ust qo’yilib, yana tortib tekislash asbobi PPL dan 3…5 marta o’tkaziladi.
Piltaning qolgan bo’laklari tashlab yuboriladi.
PPL asbobining tortib tekislovchi valiklar orasidagi
masofa paxta tolasining
uzunligiga qarab, 1-jadvalga muvofiq belgilanishi kerak. Yakuniy pilta tayyorlash uchun
namuna piltasi bo’ylab massasi 190…200 mg bo’lgan qism ajratiladi, bu qism tolalarning
chigallarini yozgan va tekislagan holda sinchiklab tekshiriladi. Qolgan iflos,
tuguncha,
paxta tolasiga va kalta paxta momigiga ega qobiq pinset bilan tozalanadi. Shu tartibda
tekshirilgan paxta tolalarining yaxshi parallellanishi maqsadida tortib tekislash PPL
asbobidan o’tkaziladi.
1-jadval
Paxta tolasining klassifikator uzunligi,
mm
PPL asbobining tortib tekislovchi
valiklari orasidagi masofa, mm
26,1 gacha
Paxta tolasining uzunligi +3
26,2 dan - 32,1 gacha
Paxta tolasining uzunligi +4
32,2 va
undan yuqori
Paxta tolasining uzunligi +5
Olingan 175…180 mg massaga ega bo’lgan yakuniy piltaning kengligi 25 mm.dan
oshmasligi kerak.
2-jadval
Tola sanoat navlarining pishganlik koeffitsiyentlari va uzilish kuchi
Ko’rsatkichlar
Navlar bo’yicha meyor
0
I
II
III
IV
V
V ko’pi bilan
kamida
Pishganlik koeffitsiyenti
2,1
2,0
1,8
1,6
1,4
1,2
1,2
Uzilish kuchi, sN
4,9
4,4
3,9
3,4
3,0
2,5
2,5
Paxta tolasini klasser usulda va HVI sistemasida Xalqaro standartlar bo’yicha sinash
uchun nuqtadan olingan namuna ishlatiladi.
Namuna tanlash, tolaning uzilish kuchi va
chiziqli zichligini aniqlash O’z DSt 618:2014 Paxta tolasi. Pishib etilganlikni aniqlash
usullari standartiga muvofiq pishganlik darajasi
va uzilish kuchiga qarab I, II, III, IV, V
navlarga bo’linadi, u 2-jadvalda berilgan talablarga muvofiq bo’lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: