103
bo‘lib o‘sib chiqadi.
Rediskani barcha turdagi ekin o‘stiriladigan
inshootlarda, ko‘proq erta bahorda
va ko‘pincha zichlashtirib eqiladigan ekin sifatida yetishtiradilar. Boshqa mamlakatlar
amaliyotida qo‘llaniladigan rediskani pikirovka qilib yetishtirish uslubi O‘zbekistonda
qo‘llanilmaydi. Rediska boshqa ko‘kat ekinlarga qaraganda yorug‘likka ancha
talabchan va yuqori haroratni yomonroq ko‘taradi.
Shu bois, hamda rediskaga kuz-
qishki aylanishda talab kamroq bo‘lganligi tufayli O‘zbekistonda u bu aylanishda
deyarli ekilmaydi.
O‘zbekiston issiqxonalarida va boshqa himoyalangan yer inshootlarida redis-kani
quyidagi tumanlashtirilgan tezpishar navlari:
mahalliy Lola, Ertapishar, rossiyaning
Saksa, Kruglыy krasnыy s belыm konchikom, serbiyani Veritsa,
hamda chet elning
tumanlashtirilgan tezpishar duragaylari: gollandiyani – F
1
Rudolf, F
1
Printo, F
1
Selesta, F
1
Sora, fransiyaning – F
1
Djolli, F
1
Rao‘nd Skarlet, yaponiyani – F
1
Gloriet,
F
1
Cheriette yetishtiriladi.
Qishki issiqxonalarda rediska bodring yoki pomidorga zichlovchi ekin sifatda
foydalaniladi. Uni urug‘ini asosiy ekin ko‘chatlarini o‘tkazishdan 6-8 kun ilgari, 4-6
qatorli lenta shaklidagi egatlarining ikki tomoniga ekadilar.
Qishki issiqxonalarda rediskani ko‘chat tayyorlanadigan yashiklarda, yorug‘
yo‘llaklarda ham yetishtirish mumkin. Urug‘lar qo‘lda 5
5 sm oziqlanish may-donida,
har uyaga ikkitadan urug‘ tashlab 1,5-2 sm chuqurlikka eqiladi.
Urug‘lar ekish oldidan saralanadi va dorilanadi, ekish uchun diametri 2-2,5 mm
dan kichik bo‘lmagan urug‘lar olinadi. Urug‘ unib chiqqandan so‘ng maysalar yagana
qilinadi.
Quyosh bilan isiydigan bahorgi plyonkali issiqxonalarda
rediskani birinchi
aylanishda fevral boshidan mart o‘rtalarigacha, to asosiy issiqsevar ekinlar
ekilgo‘ncha yetishtiradilar. 1 m
2
450-500 dona yoki 4-6 g urug‘ eqiladi. Urug‘ qo‘lda
marker izlari bo‘yicha 5
5 yoki 6
4 sm oziqlanish maydonida;
shuningdek parnik
seyalkasida eqilganda qatorlar orasini 6-7 sm va qatordagi urug‘lar orasini 3-4 sm
qilib olinadi. Keng lentalar (1,2-1,5 m li) orasida ensiz yo‘llar qoldiriladi
Qishda hosilni urug‘ unib chiqqanidan so‘ng 32-35 kun o‘tgach, erta bahorda esa
25-28 kun o‘tgach yig‘ishtiraboshlaydilar. Ildizmevalarni diametri 2 sm ga yetganda
3-4 marta saralab teriladi. Hosil 10-12 kun davomida yig‘ishtiriladi. Yig‘ishtiril-ganda
ildizmevalar barglari bilan birga sug‘urib olinadi va 10 donadan bog‘-bog‘
qilib
bog‘lanadi yoki bargi kesib tashlanadi. 1 m
2
issiqxona maydonidan 2-3 kg rediska
olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: