105
Bir yerda bir o‘simlik surunkali yetishtirilsa, uch yildan so‘ng uning hosildorligi
20-40% gacha kamayib ketadi. Shu sababli har bir sabzavot ekinini eng yaxshi
tuproq-iqlim sharoitiga ega bo‘lgan yerlarga hamda shu o‘simlik uchun o‘tmishdosh
bo‘ladigan sabzavotlardan bo‘shagan yerlarga joylashtirish maqsadga muvofiqdir.
Almashlab ekishda ayrim sabzavotlarni me’yoridan ko‘p ekib, almashlab ekish
tartibiga amal qilmaslik shu o‘simlikka xos bo‘lgan kasallik va zararkunandalarning
ko‘payishyga sabab bo‘ladi. Tuproq tarkibida zararli moddalarning bir tomonlama
ko‘payishi esa tuproqni «
charchash
» holatiga olib keladi. Bu o‘z navbatida hosilni
keskin kamaytirib, uning sifatini pasaytirib yuboradi.
Poliz ekinlari O‘rta Osiyo iqlim sharoitida suv bilan kam ta’minlangan va lalmi
yerlarda, sun’iy sug‘oriladigan yerlarda yetishtiriladi. Masalan, kartoshka harorati
past bo‘lgan tog‘li tumanlarda yaxshi o‘sib, yuqori hosil beradi va aynish kasalliklari
bilan kam zararlanadi.
Bir tumanda tuproq tarkibi va er relefiga ko‘ra sabzavotlarning joylashish
nisbati ham turlicha bo‘ladi. Sabzavot ekinlari organik moddalarga boy, nam va
salqin bo‘ladigan qayir yerlarda yaxshi o‘sadi. O‘rta Osiyoda karam, bodring,
tomatdoshlar va ko‘kat o‘simliklari daryolarning bo‘ylari va en bag‘irlarida, quyi
qismidagi o‘tloq, botqoq-o‘tloq tuproqlarda mo‘l hosil beradi. Bu yerlar bo‘z
tuproqtarga nisbatan chirindi va azotga boy. Ular sernam va ko‘p hollarda sizot suvi
yuz joylashishi bilan tavsiflanadi. Shuning uchun bu xildagi tuproklar harorati bo‘z
tuproqlarnikidan pastroq bo‘ladi.
Piyoz, ildizmevali o‘simliklar o‘stirish uchun yuqori terrasalarning engil soz
tuproqli yerlari ancha qulay bo‘ladi. Poliz ekinlari ham yuqori terrasalardagi bo‘z
tuproqtarda yaxshi o‘sadi. Bunday yerlarda ular fuzarioz so‘lish kasalligi bilan kam
zararlanadi va sershira mevalar beradi. Xorazm va Qoraqalpog‘istonda qovuning
mahalliy navlari sizot suvlari yuza joylashgan yerlarda yaxshi yetishtirilmoqda, sizot
suvlarining yuza joylashganligi uchun ular sug‘orilmaydi. Poliz ekinlari yangidan
o‘zlashtirilgan bo‘z yerlarda, shu jumladan, cho‘l yerlarda ham mo‘l hosil beradi.
Janubiy yonbag‘irlar quyosh nuri ta’sirida shimoliy tomonlarga nisbatan
yaxshiroq qiziydi, sharqiy va g‘arbiy yonbag‘irlar oraliq holatda bo‘ladi. Shuning
uchun issiqlik etarli bo‘lmagan sharoitda o‘sadigan ertagi sabzavotlar birinchi
navbatda janubiy yonbag‘irlarga joylashtiriladi. Yozda ekiladigan, ayniqsa, yuqori
haroratdan qiynaladigan karam, kartoshka kabi ekinlar shimoliy yoki g‘arbiy
yonbag‘irlarda ekilgani ma’qul.
Do'stlaringiz bilan baham: