Ko‘chat yetishtirish uchun oziqali kubik va tuvakchalar tayyorlash
uchun tuproq aralashmasi tarkibi (Shuvalov Yu. bo‘yicha, 2001)
Tuproq
arashmasini tarkibi
Tuproq aralashmasini turli variantlar uchun qo‘shiladigan
aralashmalar nisbati, hajmiga bo‘lish hisobida
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
Torf (pastki)
6
5
5
6
6
7,5
7,5
5
–
–
Chirindi
2
–
–
–
2
–
–
3
4,5
–
Chim tuproq
1
–
–
–
1,5
–
2
1
5
5
Mol go‘ngi
1
1
3
1
0,5
0,5
0,5
1
0,5
0,5
Ot go‘ngi
–
–
–
–
–
2
–
–
–
4,5
Daraxt qirindisi
–
1
–
2
–
–
–
–
–
–
Tuvakli hamda tuvaksiz ko‘chat o‘stirishda 1 m
2
aralashmaga quyidagi miqdor-
da mineral o‘g‘itlar qo‘shiladi (kg da): bodring uchun – superfosfata – 1,0-1,5,
mochevina – 0,6-0,7 yoki ammiakli selitra – 0,8-1,0, kaliy xlor, kaliy sulfat – 0,5-1,0,
magniy sulfat – 0,2-0,3, pomidor, qalampir va baqlajon uchun: superfosfat – 3,0-4,0,
mochevina – 0,7-1,0 yoki ammiakli selitra – 1,0-1,5, kaliy xlorid yoki kaliy sulfat –
1,0-1,5, magniy sulfat – 0,3-0,4, oqboshli va gul karamlar uchun: superfosfat – 2,0-
2,5, mochevina – 1,0-1,5 yoki ammiakli selitra – 1,8-2,0, kaliy xlorid yoki kaliy sulfat
– 0,6-0,8, magniy sulfat – 0,2-0,3.
O‘zbekistonda ochiq yerga ko‘chatlar yuqori sifatli dala tuprog‘i (40%), chirindi
(40%), oldindan kompostirilangan qirindi, sholi shuluxasi yoki qumdan (20%) tashqil
topgan tuproqlarda yetishtiriladi. Ammo 1 m
3
mazkur aralashmaga quyi-dagi
miqdorda mineral o‘g‘itlar qo‘shiladi (g): ammiakli selitra – 300, qo‘shsuper-fosfat –
400, ammoniy sulfati – 400, kaliy sulfati – 400-500, mis kuporosi – 1,5, ammoniy
molebden sulfati – 3, marganes sulfati – 2,25, natriy sulfati – 0,7, rux sulfati – 0,7.
Yetishtirish muddatlari va texnologiyasiga qarab sabzavot ekinlarini ko‘chatlarini
quyidagi guruhga joylashtirish mumkin:
1.
tuvakli usulda pikirovkasiz o‘stiriladigan ko‘chat yetishtirish muddati 25-35
kun bo‘lganlar – bodring, qovo‘n, tarvuz, qovoq, qovoqcha, patisson, jo‘xori, fasol;
2.
tuvakchali usulda pikirovka qilishga moyil bo‘lgan ko‘chat yetishtirish
muddati 50-70 kun bo‘lganlar – pomidor, qalampir, baqlajon, fizalis, oqboshli va gul
karamlar.
Muddati va yetishtirish texnologiyasiga ko‘ra sabzavot ko‘chatlari ertagi (oq
boshli va gul karam, pomidor), o‘rtagi (o‘rtagi karam, bodring, polizlar, o‘rtagi
pomidor, qalampir, baqlajon), kechki (kechki karam, takroriy ekinda ertapishar
pomidor navlari). Ertagi ko‘chatlarni isitiladigan issiqxonalarda, o‘rtagini plyonkali
issiqxonalarda, istilmaydigan yoki zaruriy isitiladigan issiqxona-larda, kechkisi –
ochiq egatlarda yetishtiriladi.
Ochiq yerga ko‘chatlarni yetishtirishda urug‘larni ekish muddatlari uni dalaga
o‘tkazish muddatlari, yetirishtirish davomiyligi va foydalaniladigan inshootlarning
turlariga ko‘ra aniqlanadi. Plyonkali issiqxonalarda yetishtirish davomiyligi qisqaroq
bo‘lganligi tufayli urug‘ ekishni oynavand issiqxona va parnikga nisbatan 10-12 kun
kechroq boshlaydilar. Urug‘ni ekish me’yorlari ularni yirikligi, o‘simliklarni
oziqlanish maydoni va ko‘chatlarni yetishtirish usullariga bog‘liq
73
Ko‘chat davrida issiqqa talabachanligi bo‘yicha sabzavot ekinlari uch guruhga
bo‘linadilar: sovuqqa chidamli – kunduzgi eng maqbul harorat quyoshli kunda – 14-
18°S, kechasi – 6-10°S (barcha karam turlari); issiqqa o‘rtacha (mo‘tadil) talabchan
(bosh piyoz, poreyo piyozi, salat, seldir) – eng maksimal harorat quyoshli kunda – 16-
18°S ga yaqin, bulutli kunda – 14-16°S, kechasi 12-14°S; issiqni talab qiluvchilar
(pomidor, qalampir, baqlajon, bodring, poliz) – eng qulay harorat pomidor uchun
kunduzgi quyoshli havoda – 20-24°S, bulutligida – 16-18°S, kechasi – 10-12°S,
qalam-pir va baqlajon uchun – kunduzgi quyoshli havoda – 22-28°S, bulutli havoda –
18-20°S, kechasi – 20-22°S, poliz ekinlari uchun esa – 2-3°S dan baland.
Ochiq yerga ko‘chatlarni yetishtirish texnologiyasi nafaqat sog‘lom, balki chin-
iqqan va ochiq yer sharoitiga tayyor bo‘lgan (moslashaoladigan) o‘simliklarni ta’-
minlab berishi kerak.
Ochiq yerga tayyorlanadigan ko‘chatlarni parvarish qilish kompleksiga kasallik
va zararkunandalarga qarshi ko‘rashish ham qiradi. Tayyorgarlik davrida kasalliklarga
qarshi olib borilgan bino, tuproq va urug‘larni zararsizlantirishdan tashqari
ko‘chatlarni parvarishlash jarayonida shamollatish, yumshatish va qo‘shimcha tuproq
solish tadbirlari olib boriladi hamda mineral oziqlantirish tartibiga rioya qilinadi.
Soxta o‘n shudringga qarshi ko‘chatni 1% li bordo suyuq-ligi (0,2 l/m
2
) bilan
purkaladi yoki oxak bilan (pushonka) changlanadi.
Strik va qora songa qarshi pomidor ko‘chatlari 1 m
2
/100 ml hisobida kaliy
permanganati purkaladi. Ko‘chatlar zararkunandalariga qarshi insektitsidlar bilan
ishlov beriladi.
O‘simlik dalada zararlanishining oldini olish uchun ko‘chatga zaxarli ximikatlar
bilan ishlov beriladi. Tanlab olish vaqtida ko‘chatlar kattaligiga ko‘ra saralanadi,
kasallangan, zaif, bo‘yiga ortiqcha cho‘zilib ketgan, uchki kurtakka ega bo‘lmaganlari
chiqitga chiqariladi. Saralab olishda ekish uchun zahiraga qoldir-iladi: tuvaklilardan 2-
3%, tuvaksizlardan 5-7%.
Do'stlaringiz bilan baham: |