Himoyalangan yer uchun ko‘chat yetishtirishni avtomatlashtirish va mexa-
nizatsiyalash.
Himoyalangan yerlar uchun ko‘chat yetishtirishda xarajatlarni
kamaytirish, ishlab chiqarish jaaryonlarni bajarish sifatini oshirishda issiqxona
kombinatlarida tuvakcha va kassetalarni aralashmalar bilan to‘ldirishda urug‘ sepishni
avtomat tizimlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Norvegiyaning Vefi firmasini ishlatilishi sodda hajmi kichik va yuqori samarador
bo‘lgan tizimini shaklini misol tariqasida ko‘rish mumkin (51-rasm).34-rasm
Tizim ramadan (1), transporter tasmasidan (2), substrat uchun idishdan (3),
shunda transporter-dozator (4) o‘rnatilgan, markaziy ulagichdan (5), chuqurcha
shakllantiradigan (6) va ekish modulidan (7), urug‘larni yig‘ib oluvchi teshikchali
sepish barabani (8), urug‘ to‘ldirgich (9), havo beruvchi forso‘nka (10), vakuumli
nasos (11), urug‘larni mulchalash uchun sepish dozatori (12), purkagichli tonnel (13)
sug‘orgich (14), zanglamaydigan to‘nkali kassetalar to‘ldirilgan maydon (15),
boshqaruv pultdan (16) iborat.
67
11-rasm.
Kasseta va tuvakchalarni aralashma bilan to‘ldirish va urug‘
ekishni avtomatlashgan tizimi (Firma Vefi)
Tizim quyidagicha ishlaydi. Bo‘nker (4) transporter (2) ustida kasseta va
tuvakchalarni to‘ldirish uchun bo‘lgan 3,5-10 sm balandlikda o‘rnatiladi. Kasseta-lar
transporterga joylashtirilib (2) bo‘nker (4) tagiga olib kelinadi. Keyin bo‘nker
aralashma to‘liq to‘ldiriladi, urug‘ to‘ldirgichdan (9) urug‘ sepiladi, vakuum nasos
ishlatilib barabanda vakuum sodir etiladi va urug‘ to‘ldirgichdagi urug‘lar teshikchalar
so‘rib olinadi va urug‘ sepiladi (8). Bir vaqtni o‘zida forso‘nkalar (10) qo‘shilib
teshikchadagi ortiqcha urug‘larni havo oqimi chetga suradi. Natijada har bir teshikcha
bittadan urug‘ ushlaydi. Bu vaqtda tasmali transporter (2) ulanib (3) ostiga kassetalarni
yetkazib boradi va ularga torfli aralashma tushadi. Aralashmaga to‘ldirilgan kassetalar
har bir uyachaga aralashma bilan kirib, teshikcha shakllantirib bittadan urug‘ solinadi
puansonlar (7) valni (6) ostiga beriladi. Keyin dozatorlar (o‘g‘it sepish moslamasi)
ulanadi, ular mulchalash materiali bo‘lgan perlitni belgilangan miqdorda urug‘
sepilgan uyalarga sepadi (6). Urug‘li kassetalar tonnelga kirishida (13) suv berish
ulanib, purkagichlar (14) orqali mayda zararacha ko‘rinishida urug‘ sepilgan
aralashma usti namlatiladi. Keyin kassetalar transporterdan (2) qabul qiluvchi
maydonchaga tushadi (15), stelajli konterenrlarga joylashtirilib urug‘ o‘ndirish yoki
ko‘chat o‘stirish joyiga jo‘natiladi. Boshqarish pulti (16) tizimi joylashgan uch
dvigatelni boshqarish uchun mo‘ljallangan va markaziy ulagichga ega. Tizimda
«Zimens» rusumidagi elektronika ishlatilgan. Tizimni ishlash tezligi toknnig ko‘p yoki
kamligiga qarab o‘zgartiriladi (37-rasm).
Kassetalarni tizimga
Chuqurchalar
68
uzatish
Ekish moduli
shakllantirish va ekish
Chuqurchada
joylashgan urug‘lar
Eqilgan urug‘larni
mulchalash
Kassetadagi
substratlarni
ustini namlash
Do'stlaringiz bilan baham: |